Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
O'zbek va uyg'ur tillarining grammatiik xususiyatlari
Download 265,5 Kb.
|
1-29 turkiy til
O'zbek va uyg'ur tillarining grammatiik xususiyatlari
Eski o`zbek adabiy tili uning tashkil topishiga dastlabki davrlardan boshlab fonitek, leksik va grammatik jihatdan qaoluq chigil va uyg`ur dialekt guruhi negizida shakllangan sharqiy turkiy adabiy tilga xos barcha asosiy xususiyatlarni o`ziga singdirib oladi. Ayni vaqtda bu xususiyatlar eski o`zbek adabiy tilida takomilga erishgan holda bir qator o`zgarishlar uchraydi. Bu o`zgarishlar avvalo adabiy tilda so`z qo`llash jarayonida ochiq ko`rinadi. Jonli xalq tiliga xos juda ko`p so`z va iboralar adabiy tilga kirib qoladi, ular asosida ko`plab yangi so`z va shakllar,yangi tasviriy vositalar yaratildi. Adabiy asarlarda tilning soddaligi, ravonligiga katta e`tibor berish bilan birga xalq tiliga qo`yma iboralar, maqol va hikmatli so`zlardan foydalanish asosida obrazlilikka, badiiy pishiqlikka erishildi. Eski o`zbek adabiy tilinig XI-XIII asrlardagi taraqqiyoti, yuqorida eslatib o`tilganidek, o`sha davrdagi tarixiy-siyosiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy voqealar bilan brg`liq ravishda davom etdi. Uning rivojlanishi dastlab Qoraxoniylar davrida Movarounnaxr va Qoshg`arda tarkib topgan turkiy adabiy tilning taraqqiy etishi, takomiliga erishuvi bilan bog`langan edi. Aniqrog`i, eski o`zbek adabiy tili - bu eski turkiy adabiy tilning bevosita tarixiy qonuniy davomidir, uning yana ham silliqlashuvi, aniq bir qolipga tushuvi va me`yorlashuvi jarayonining davomidir. N.A. Baskakovning ko`rsatishicha Qoraxoniylar davri adabiy tili asosida rivojlangan va keyinroq «chig`atoy tili» nomi bilan yuritilgan til sharqiy qarluq chigil-uyg`ur hamda g`arbiy o`giz-qipchoq yoki Oltin O`rda – Xorazm tillari unsurlarini o`zida birlashtirgan holda taraqqiy etadi. Bu til O`rta Osiyodagi barcha yozma adabiy tillarning shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Qoraxoniylar davrida va XIII asr boshlarida eski turkiy adabiy tilda ko`pgina adabiy - badiiy asarlar yaratildi. Bu asarlarda eski turkiy adabiy tilning lug`aviy jihatdan boy ekanligi, ancha pishiq grammatik shakllarga, xilma-xil uslubiy-tasviriy vositalarga ega ekanligi ochiq namayon bo`ldi. «Qutadg`u bilig», «Devoni lo`g`atit turk», «Xibatul haqoyiq», «Devoni hikmat», «O`g`iznoma», «Tafsir», «Qissai rabg`uziy» kabi asarlar shu davrlarda yaratildi. «Qutadug` bilig»- turkiy tilda yaratilgan birinchi badiiy asar, turkiy dostonnavislikning dastlabki namunasi.bu asar katta hajmdagi falsafiy- didaktik doston bo`lib, XI asr adabiy tili, adabiyoti va tarixining eng nodir yodgorligi sifatida katta ilmiy- tarixiy qimmatga ega. eski turkiy adabiy tilning eng nodir yodgorligi sifatida katta ilmiy - tarixiy qimmatga ega. eski turkiy adabiiy tilning rivojlanishiga, uning leksik - grammatik me`yorlarini tartibga keltirishga, ayniqsa turkiy tilning adabiy badiiy uslubini shakllantirishda bu asarning ahamiyati nihoyatda katta. Qarluq-chigil-uyg`ur tillari negizidayozilgan bu asar Qoraxoniylar davlati xududida yashagan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo`lgan, shu qabilalarning til xususiyatlarini o`ziga mujassamlashtirgan. hunga ko`ra u O`rta Osiyodagi hozirgi barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligi sifatida ularning umumiy til xususiyatlarini aks ettiradi. Axloq va odob, a`lim va tarbiya, ilm-ma`rifat masalalariga bag`ishlangan «Qutadg`u bilig» hijriy 462 yilda, melodiy 1069-1070 yilda, Yusuf Xos Xojib Bolasog`iniy tomonidan Qoshg`ardayozib tugallangan va Qorag`oniylar hukmdorlaridan Tavgach Bugraxonga taqdim qilingan. Muallif asarning yozilgan yili haqida sShunday deydi: Yil oltmish ikki to`rt yuz bila Bu so`z so`zladim man tutib jan sura. Hozirgi vaqtda «Qutadg`u bilig» asarining uchta qo`lyozma nusxasi ma`lum. Bular Vena, Kohira va Namangan nusxalaridir. Vena nusxasi 1439 yilda Xirotda uyg`ur yozuvi bilan ko`chirilgan bo`lib, uni XIX asrning birinchi choragida mashhur sharqshunos olim Xammer Purgshtal istambulda sotib oladi va Vena Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Dostondan olingan ayrim namunalarni fransuz olimi Jaubert Amedeye 1823 yilda nashr ettiradi. Venger sharqshunosi X.Vamberi esa 1870 yilda asarning ayrim qismlarininashr ettiradi,nemis tiliga tarjima qiladi. Mashhur rus olimi V.V Radlov 1891 yilda shu nusxaning faksimlesini nashr ettiradi. «Qutadg`u bilig» asarining XY asrda arab yozuvi bilan ko`chirilgan ikkinchi qo`l yozma nusxasi 1896 yilda Kohirada topiladi. 1897 yilda V,V, Radlov shu qo`l yozmaning ko`chirmasini olgach, 1910 yilda Vena va Kohira nusxalarining solishtirilgan matnlarini va transkrepsiyasi bilan nemis tilida mukammal tarjimasini e`lon qildi. Bu asarning arab yozuvi bilan ko`chirilgan uchinchi nusxasi 1914 yilda Namanganda topildi. O`zbek olimi A.Fitrat 1924 yilda bu nusxani Toshkentdagi Respublika kutubxonasiga keltirib topshirdi. U 1928 yilda «Qutadg`u bilig» dan ayrim parchalarni izohlar bilan nashr ettirdi. Bu nusxa Vena va Kohira nusxalariga nisbatan ancha mukammalroq bo`lib, eng qadimiy nusxa ekanligi taxmin qilinadi. Mashhur sharqshunos S.E. Malov 1929 yilda shu nusxadan ayrim parchaar, uning izohi va tarjimasini beradi hamda boshqa nusxalar bilan chog`ishtirib, ularning farqlarini izohlaydi. 1941-43 yillarda turk tili jamiyati tomonidan Istanbulda har uchala nusxaning faksimilyasi va tarjimasi nashr etildi. 1951 yilda Toshkentda «Qo`tadg`o` bilig» asarining o`zbek olimi K.Karimov uning transkrepsiyasi va hozirgi o`zbek tiliga tavsifi bilan nashr ettirdi. «Qutadg`u bilig» xalq og`zaki ijodining ta`siri ostida yaratilgan yozma adabiyotning turkiy tildagi birinchi namunasidir. Buni asarning mundarajasi, badiiy- taviriy vositalari, asarni tili va unda ishlatiladigan maqolalar, hikmatli so`z va iboralar ham ko`rsatib to`radi. Mas: «Qutadg`u bilig» da keltirilgan har bir hikmatli so`z va iboralarning o`sha davr qabilalari tilida ko`llanilganligini «Devoni lo`g`atit to`rk» va «Xibbatul haqoyiq» asarlarining til faktlari ham tasdiqlaydi. Bu asar til jihatidan X-XIIasrlarda O`rta Osiyo va harqiy Turkistonda tashkil topgan turkiy adabiy tilda yozilgan bo`lib, Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo`lgan, ularning tilida umumiy xususiyatlarni birlashtiradi. Download 265,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling