Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari


O’rxun enasoy yodgorliklarining fonetik grammatik xususiyatlari


Download 265.5 Kb.
bet14/20
Sana28.10.2023
Hajmi265.5 Kb.
#1731541
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1-29 turkiy til

O’rxun enasoy yodgorliklarining fonetik grammatik xususiyatlari


Reja:



  1. Qadimgi turkiy yodgorliklar haqida.

  2. O’rxun-Enasoy yodgorliklarining fonetik va morfologik xususiyatlari.

1. Qadimgi turkiy yodgorliklar haqida.
XIX asrning birinchi choragidan boshlab Sibir va Mo’g’uliston hududlarida topilgan "sirli» yozuvlar haqida ma‘lumotlar uchraydi. Lekin bu yozuvlar ancha paytgacha o’qilmay, «sirli» bo’lib qolaverdi. 1889 yili Fin olimlari Enasoy bo’yidan topilgan yodgorliklar atlasini tuzdilar. Chunki fin olimlari bu yozuvlar ular o’qilganga qadar fin xalqi o’tmishiga taalluqli deb hisobladilar. Bu matnlarni birinchi bo’lib 1893 yili Daniyalik olim Vilgelm Tomsen o’qib chiqdi. Uning kashfiyotiga suyangan holda rus olimi V.V.Radlov o’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Bular turk hoqonliklari davrida xonlar, sarkardalar qabri ustiga turkiy tilda bitilgan yodgorliklar edi. O’rxun-Enasoy yodgorliklari ichida eng mashhurlari: Kultegin, To’nyuquq, Bilga Hoqon, Moyun Choru kabi xon va sarkardalar sharafiga bitilgan yodgorliklardir.
Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan, ularda xonliklar davridagi turkiy xalqlarning hayot tarzi, davlat tuzilishi, din haqida ma‘lumotlar berilgan. O’rxun- Enasoy daryolari bo’ylarida topilgani uchun O’rxun- Enasoy yodgorliklari deb yuritiladi.
O’rxun-Enasoy yozuvinng kelib chiqishi xususidagi turli fikrlari ham mavjuddir: ba‘zilar uni oromiy yozuvlar bilan bog’lasa, ba‘zilar qadimgi turkiy tamg’alar bilan bog’laydilar. Asli O’rxun-Enasoy yozuvi fonografik yozuv bo’lib, unda 35 belgi mavjud. Har bir harf bir-biriga qo’shilmay alohida yoziladi. Ba‘zan bitta tovushni ifodalash uchun bir nechta belgi qo’llangan. Unli tovushlarda esa 4ta belgi, 8 ta unli tovushni ifodalash uchun xizmat qilgan:

A a(e) o,u


I,i o,u
Unlilarni ifodalovchi harflar so’z boshida va o’rtasida ko’pincha tushirib qoldirilgan:
Lp-alp tg’-tag’
Undoshlar qattiq va yumshoq variantlarga ega bo’lgan, shuning uchun yumshoq undosh uchun alohida belgi, qattiq undosh uchun alohida belgi qo’llangan.
Bing(ming) ben(men)
Yumshoq va qattiq variantlarga ega bo’lmagan undoshlar uchun, asosan, bitta belgi ishlatilgan:
-sh, -p, -ng, -m
O’rxun-Enasoy yozuvida ketma-ket kelgan undoshni bitta harf orqali ifodalash hollari ham mavjud.
-ltt, -nm -nch
2 . O’rxun-Enasoy yozuvining fonetik va morfologik xususiyatlari.
O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi ko’pgina turkiy tillar uchun xarakterli bo’lgan palatal singarmonizm mavjud. Labial singarmonizm yodgorliklarida muntazam uchramaydi, ya‘ni ba‘zi hollarda unga amal qilinmaydi. Bu Erda shuni aytish kerakki, singarmonizm nima? Singarmonizm deb so’zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o’zakka qo’shimchalarning talaffuz jihatdan uyg’unlashishiga aytiladi: singarmonizmning ikki qonuni, ya‘ni palatal-tanglay uyg’unligi-so’zdagi tovushlarning bir-biriga va qo’shimchalarning o’zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvi: qag’anqa(hoqonga), ilgaru oldinga, barig’ (borish); Lab uyg’unligi-birinchi bo’g’indagi unliga keyingi bo’g’indagi unlining yoki o’zakdagi unliga qo’shimchadagi unlining lablanish jihatidan moslashuvi: ishig (ishni), inim (ukam), kozum(ko’zing) kabi.
Undoshlar so’zning boshida ketma-ket kelmaydi. So’z o’rtasida va oxirida sonor tovushlar bilan jarangsiz undoshlarning ketma-ket kelishi xarakterlidir: kuntuz, kuchlik, o’rt,kelti.
So’z oxirida G’ va G undoshlari saqlanadi: tag’,elig, otuz(ellik)
Undoshlar geminatsiyasi kam uchraydi. Otuz, toquz, sakiz.
O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi turkiy tillarda qo’llaniladigan o’rinlarda d tovushi ishlatilgan: adaq, adg’ir, yadaq(yayaq( kodi( quyi(bod(bo’y.
Hozirgi turkiy tillarda ishlatiladigan o’rinlarda (so’z boshida yodgorliklarda asosan, b qo’llangan: bangan-menga, bung-mung, bengu-mangu, bing-ming,bin-min.
O’rxun-Enasoy yozuvlaridagi morfologik xususiyatlar xususida to’xtalganda shuni aytish joizki, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi-qa shaklidan tashqari-garu, g’aru kabi murakkab shakli ham, -a shakliga ega bo’lgan: ilgaru, yoqaru, og’lima, budunima.
Tushum kelishigining -ni, -in shakllaridan tashqari, -ig’, -ig shakllari ham bo’lgan: budunig’-xalqni, tashig’(toshni) kabi. Bu davrda alohida vosita kelishigi shakli ham bo’lgan: -n, -in: yayin(yoz davomida -ko’lukin (qora moli vositasida). Murakkab sonlarning joylashishi ham hozirgi turkiy tillardan farq qiladi. Bunda avval birlik, keyin o’nlik sonlar keladi: Eti, Egirmi-o’n Etti, bir o’tuz) yigirma bir.
Fe‘lning sifatdosh shakli: -mish, -duk, -tagi, -ig’ma shakllari ham mavjud bo’lgan: yaratmish -yaratilgan, qalmish -qolg’an, o’ltachi -o’layotgan, keligma -kelayotgan. Ravishdosh shakllaridan biri-pan bo’lgan: yoripan -yurib, yuribon.
Hozirgi o’zbek tilida mustaqil qo’llanishi juda chegaralangan -a ravishdosh shakli u paytda mustaqil ishlatilgan: tuta-tutib, basa-bosib-bosa.
O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarning tarixini va til taraqqiyotini o’rganishda muhim manbadir. Bu yozuv yodgorliklari VI- XI asrlarda Mug’ulistondan boshlab to Dunay daryolarigacha yashagan xalqlar tomonidan yaratilgan. Shu sababli ham bu yodgorlik turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi.



Download 265.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling