I. kirish psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushunchasi
Download 136 Kb.
|
I. kirish psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushuncha-1
STANAYNLAR.
Standart shkalaga nochiziqli keltirishga stanaynlar shkalasi ( ang. Standart nine – standart 9 ) misol bo’ladi. Unda baholar 1 dan 9, M=5, б=2 ko’rsatkichga ega bo’ladi. Stanaynlar shkalasi o’zida standart shkala ko’rsatkichlarini, yutuqlarini va protsentillarning soddaligini mujassam etgani holda yanada keng yoyilmoqda dastlabki ko’rsatkichlar osongina stanaynlarga keltiriladi. Buning uchun sinovdan o’tayotganlarning natijalarini ortishi bo’yicha ajratishadi va ulardan test natijalarini normal taqsimlashdagi proporsional aniqlangan baholar chastotasidagi shaxslar sonini guruhlar tuzishadi. STENLAR. Baholarni stenlar shkalasiga ( ang. Standst ten - standart 10 ) keltirishda yuqoridagi jarayonga o’xshash ish bajariladi, faqat farqi bu shkala asosida 10 ta standart interval yotadi. Metodikani standartlashtirishdagi yana bir muhim bosqich diagnostik sinovlar natijalarini taqqoslash o’tkaziladigan mezonni tanlash hisoblanadi; chunki diagnostik metodikalar ularni yechishda ijobiy yoki salbiy natijalarni oldindan belgilangan standartlarni bermaydi. Metodikani standartlashtirish uni mo’ljallangan tarzdagi katta tanlovada o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Sinovdan o’tayotgan guruhga nisbatan bajarishning nafaqat o’rtacha darajasi balki o’rtacha darajaga nisbatan yuqori va past variyantlarini ham ko’rsatuvchi me’yorlar ishlab chiqiladi. Statistik me’yorlarni bajarish uchun me’yorlarni matematik statistikaning X [] [] usulidan (X- o’rtacha arifmetik, []- standart og’ish ) foydalaniladi. X [] 5 []. Protsentill bu standartlashtirish tanlovidagi individlarning foiz (%) nisbati. Gurevich boshchiligida ishlab chiqiladigan testlarda hisob boshlash nuqtasi sifatida sinov natijalarida mustaqil bo’lgan obektiv keltirilgan ijtimoiy psixologik normativ yuzaga chiqadi. U testni tashkil etuvchi vazifalar uyg’unligida amalga oshiriladi. Testning o’zi hajmi bo’yicha bunday normativi hisoblanadi. Hisob boshlashning istalgan nuqtasini ishlab chiqish va qo’llashda sinovdan o’tayotganlarning tanloviga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. Matematik statistikada bosh uyg’unlik ( general ), ( populyatsiya) va farqlashadi. Biz xulosa chiqaradigan insonlarning har qanday katta uyg’unligi general – bosh uyg’unlik deyiladi. Tanlov bu uyg’unlikning qismi yoki ko’plik osti. Populyatsiya uchun tadqiqot o’tkazish qabul qilinmaydi. Odatda undan insonlar guruhi ajratib olinadi, bu standartlashtirish tanlovi bo’lib, uning ustida test o’tkaziladi va uning yordamida general – bosh uyg’unlik baholanadi. Tanlov ishonchli xarakter kasb etgani baholash uchun ko’rsatilayotgan populyatsiya uchun tasavvur etib bo’ladiga bo’lish kerak. Ya’ni uning ehtimolli hossalari general – bosh uyg’unlik hossalariga mos tushish yoki yaqin kelish kerak. Tanlovni tasavvur qilib bo’ladiganligini ta’minlashni usullaridan biri bu populyatsiyani cheklash hisoblanadi ( jins, yosh, kasb, sog’liq, ijtimoiy – iqtisodiy mavqeyi va h.k. lar. ). Bunday populyatsiya spetsifik ( o’ziga hos ) sifatida ta’riflanadi. 1) Standartlashtirishni tanlashda sinovdan o’tayotganlarni tanlash. 2) Strukturasida o’zgaruvchan axamiyatli, kam axamiyatli ( yosh, jins ) larni aniqlangan, populyatsiyani belgilash. 3) Populyatsiya axamiyati o’zgartiruvchilarga bog’liq holda qismlarga bo;linadi. 4) Sinovdan o’tuvchilar tasodifiy tartibda va uyg’unlikni har bir axamiyatli qismi soniga nisbatan propoirtsional tanlab olinadi. Tanlovning minimal chegarasi - 200 kishi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling