I. Kirsh II. Asosiy qism


Aholi nominal daromadlari


Download 81.13 Kb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi81.13 Kb.
#1578504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aholi daromadlarining shakillanishi va uning tarkibi

Aholi nominal daromadlari - bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi kompensatsiya to’lovlari va h.k.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:

  1. Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.

  2. Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.

  3. Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.

  4. Turar joy sharoitlari.

  5. Ma‘lumot va madaniyat.

  6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.

  7. Aholining daromadlari va xarajatlari.

  8. Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari.

  9. Transport vositalari.

  10. Dam olishni tashkil etish

  11. Ijtisoiy ta‘минот

  12. Inson erkinligi.

Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin.
Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta‘minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.

Download 81.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling