I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida
Download 1.14 Mb.
|
Kompyuter savodxonligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafik planshetlar
- Digitayzer
- CAD/CAM – Computer-Aided Design/Modeling
LPT1 – LPT4 ko’rinishida belgilanadigan parallel kiritish-chiqarish portlari, odatda, kompьyuterga turli printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. SOM1 – COM4 ko’rinishida belgilanadigan ketma-ket kiritish-chiqarish portlarga esa sichqon, modem va shu kabi boshqa qurilmalar ulanadi. Tashqi qurilmalar jumlasiga: axborotni kompьyuterga kiritish qurilmalari; axborotni kompьyuterdan chiqarish qurilmalari; foydalanuvchining dialogik vositalari; aloqa va telekommunikatsiya vositalari kiradi. Axborotni kompьyuterga kiritish qurilmalari Klaviatura – (nem. klaviatur, lat. clavis – kalit), muayyan tartibda joylashtirilgan pishang-tugmalar to’plami bo’lib, kompьyuterga sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini dastaki kiritish uchun mo’ljallangan. Grafik planshetlar (digitayzerlar) – maxsus ko’rsatkichni (peroni) planshet ustida yuritish yo’li bilan grafik axborotni, tasvirlarni kompьyuterga dastaki kiritish uchun mo’ljallangan. Pero yuritilayotganida u joylashgan joy koordinatalari avtomatik ravishda hisoblab chiqarilib, kompьyuterga kiritiladi. Digitayzer (ingl. Digitizer) kompьyuterga ikki o’lchamli, shu jumladan rangdor tasvirni rastr shakl (juda mayda nuqtalar) ko’rinishida kiritish imkonini beruvchi kodlashtiruvchi qurilma. Digitayzerlar asosan kompьyuterli grafika sohasida ijod qiluvchi rassomlar tomonidan qo’llaniladi. Bundan tashqari, digitayzerlar yordamida uch o’lchamda modellashtirish va avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirish tizimlarida (CAD/CAM – Computer-Aided Design/Modeling) ma’lumotlar kiritiladi. Digitayzer (grafik planshet) tarkibiga datchik (qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilma) bilan birgalikdagi maxsus ko’rsatkich (pero) kiradi. Uning xususiy kontrolleri planshet yuzasining ostida joylashgan o’tkazgichlar to’ri orqali impulьslar yuboradi. Bunday signallarning ikkitasini qabul qilgan kontroller ularni kompьyuterga uzatiladigan koordinatalarga aylantiradi. Tasvir chizish uchun mo’ljallangan planshetlar pero bosimiga nisbatan ta’sirchanlik xususiyatiga ega bo’lib, bunday ma’lumotlarni chiziq yo’g’onligi yoki rangiga oid ma’lumotlarga aylantiradi. Digitayzer kompьyuterga, odatda, uning ketma-ket kiritish-chiqarish porti orqali ulanadi. Digitayzer, odatda, 2400 dpi imkoniyatidan foydalanib, pero bosimi darajalariga nisbatan ta’sirchanlik xususiyati yuqoriligi bilan tavsiflanadi (256 daraja). Axborotni qo’lyozma usulida kiritish tizimlari ham xuddi shu tarda ishlaydi. Faqat bunda qo’lyozma harflar maxsus farqlab olish dasturlari yordamida sonli ko’rinishga aylanadi. Axborotni pero yordamida kompьyuterga kiritish qurilmalari mukammal klaviaturaga ega bo’lmaydigan o’lchami juda kichik (jajji) kompьyuterlarda qo’llaniladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling