I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Download 1.14 Mb.
bet9/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


LPT1 LPT4 ko’rinishida belgilanadigan parallel kiritish-chiqarish portlari, odatda, kompьyuterga turli printerlarni ulash uchun xizmat qiladi.

SOM1 – COM4 ko’rinishida belgilanadigan ketma-ket kiritish-chiqarish portlarga esa sichqon, modem va shu kabi boshqa qurilmalar ulanadi.

Tashqi qurilmalar jumlasiga:



axborotni kompьyuterga kiritish qurilmalari; axborotni kompьyuterdan chiqarish qurilmalari; foydalanuvchining dialogik vositalari; aloqa va telekommunikatsiya vositalari kiradi.

Axborotni kompьyuterga kiritish qurilmalari

Klaviatura – (nem. klaviatur, lat. clavis – kalit), muayyan tartibda joylashtirilgan pishang-tugmalar to’plami bo’lib, kompьyuterga sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini dastaki kiritish uchun mo’ljallangan.

Grafik planshetlar (digitayzerlar) – maxsus ko’rsatkichni

(peroni) planshet ustida yuritish yo’li bilan grafik axborotni, tasvirlarni kompьyuterga dastaki kiritish uchun mo’ljallangan. Pero yuritilayotganida u joylashgan joy koordinatalari avtomatik ravishda hisoblab chiqarilib, kompьyuterga kiritiladi.






Digitayzer (ingl. Digitizer)

kompьyuterga ikki o’lchamli, shu jumladan


rangdor tasvirni rastr shakl (juda mayda
nuqtalar) ko’rinishida kiritish imkonini
beruvchi kodlashtiruvchi qurilma.

Digitayzerlar asosan kompьyuterli


grafika sohasida ijod qiluvchi
rassomlar tomonidan qo’llaniladi.
Bundan tashqari, digitayzerlar yordamida
uch o’lchamda modellashtirish va
avtomatlashtirilgan tarzda

loyihalashtirish tizimlarida (CAD/CAM – Computer-Aided Design/Modeling) ma’lumotlar kiritiladi.



Digitayzer (grafik planshet)

tarkibiga datchik (qabul qiluvchi va


uzatuvchi qurilma) bilan birgalikdagi
maxsus ko’rsatkich (pero) kiradi. Uning
xususiy kontrolleri planshet yuzasining
ostida joylashgan o’tkazgichlar to’ri
orqali impulьslar yuboradi. Bunday
signallarning ikkitasini qabul qilgan
kontroller ularni kompьyuterga

uzatiladigan koordinatalarga

aylantiradi. Tasvir chizish uchun mo’ljallangan planshetlar pero bosimiga nisbatan ta’sirchanlik xususiyatiga ega bo’lib, bunday ma’lumotlarni chiziq yo’g’onligi yoki rangiga oid ma’lumotlarga aylantiradi.

Digitayzer kompьyuterga, odatda, uning ketma-ket kiritish-chiqarish porti orqali ulanadi. Digitayzer, odatda, 2400 dpi imkoniyatidan foydalanib, pero bosimi darajalariga nisbatan ta’sirchanlik xususiyati yuqoriligi bilan tavsiflanadi (256 daraja).

Axborotni qo’lyozma usulida kiritish tizimlari ham xuddi shu tarda ishlaydi. Faqat bunda qo’lyozma harflar maxsus farqlab olish dasturlari yordamida sonli ko’rinishga aylanadi. Axborotni






pero yordamida kompьyuterga kiritish qurilmalari mukammal klaviaturaga ega bo’lmaydigan o’lchami juda kichik (jajji) kompьyuterlarda qo’llaniladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling