I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Download 1.14 Mb.
bet11/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


qog’oz harakatsiz, pero esa ikkala o’q bo’ylab harakatlanadigan planshet-plotterlarga bo’linadi.

Plotterlarning turli modellari bitta hamda bir nechta rangdor (odatda 4 tadan 8 tagacha) peroga ega bo’lishi mumkin. Perolar ham, o’z navbatida, uch turga bo’linadi. Jumladan:



pilikli (siyohlar qo’llaniladigan);

sharikli (sharikli ruchkaga o’xshash);

naysimon yozuv uzeliga ega perolar (inkograflar).

Plotterlar kompьyuter bilan, odatda,


parallel, ketma-ket va

SCSI-interfeys orqali ulanadi.

Plotterlarning ayrim modellari ichkariga o’rnatiladigan (1 Mbayt) buferlar bilan ta’minlanadi.

XX asrning 90- yillaridan e’tiboran peroli plotterlar o’z o’rnini 4-5 karra tez ishlaydigan purkovchi plotterlarga bo’shata boshladi. Ikkita siyohli kartridj qo’llaniladigan purkovchi plotter 300 dpi imkoniyatiga ega bo’lib, ikkita ish rejimida, xususan:

oqqa ko’chiradigan;

xomaki bosadigan rejimlarda ishlaydi.

Ishning xomaki bosadigan rejimida siyohlar sarfi deyarli ikki barobar qisqaradi.



Printer – axborotni qog’ozga bosib chiqarish uchun mo’ljallangan elektromexanik qurilma. Printerlar monoxrom va rangli, zarb berib (impact) va zarb bermay ishlaydigan (non­impact) turlarga bo’linadi. Ishi izchil kechadigan printerlar




belgilarni qog’ozga ketma-ket bosadi, satrli
printerlar – bitta satrni birdaniga, sahifali
printerlar esa bitta sahifani butunligicha
shakllantiradi. Axborotni bosish

texnologiyasiga ko’ra printerlar:



matritsali;

purkovchi;

lazerli;

yorug’lik diodi vositasida ishlaydigan;

sublimatsion turlarga farq qiladi.




Matritsali printerlar XX asrning 70-, 80-yillarida kompьyuter sohasida eng keng tarqalgan printerlar bo’lgan. Ishi zarb berib (impact dot matrix) izchil kechadigan axborot bosish qurilmalari ignalar yoki ingichka kichik o’zaklarning bitta (ikkita) vertikal qatoriga ega bosuvchi kallak bilan jihozlangan. Ushbu kallak bosilayotgan satr bo’ylab harakatlanadi. Zarur bo’lgan fursatda esa ignalar rangli tasma ortidan qog’ozga zarb berib, bir belgidan so’ng keyingi belgini izchil shakllantirib boradi. Bunday printerlarda muayyan formatli yoki rulon qilib o’ralgan qog’ozdan foydalanish imkoni mavjud. Printer kallagi 9, 18 yoki 24 dona igna bilan jihozlanishi mumkin. Bunday printerlarning keng karetkali (A-3 format) va tor karetkali (A-4 format) modellari mavjud.

Matritsali printerlarning bosish sifati yuqori bo’lmaydi, ishi shovqinli kechib, unumdorligi past bo’ladi. Satr va sahifa bosuvchi matritsali printerlar ishining unumdorligi nisbatan yuqori bo’ladi. Bunday printerlarda nuqtali-matritsali kichik o’lchamli kallaklar o’rniga ignalarning ko’p soniga ega uzun massivlardan foydalaniladi. Bunda, bosish tezligi daqiqada 1500 satrga qadar ortishiga erishiladi. XX asrning 90- yillaridan e’tiboran matritsali axborot bosish qurilmalari o’rnini purkovchi va lazerli printerlar egallay boshladi.






Purkovchi printerlar zarb bermay ishlaydigan (non-impact)
printerlar turiga mansubdir. Bunday printerlarda tasvir,
bosuvchi kallakda joylashgan naychalar (soplolar) vositasida
qog’ozga purkaladigan maxsus siyohlarning
mikrotomchilari bilan shakllanadi. Ushbu
naychalar soni, printerlar modellariga bog’liq
holda, odatda,

12 donadan 256 donagacha bo’ladi. Purkovchi printerlarning aksariyat modellarida tasvirni tiniq bosish qobiliyati bir dyuymga 1440 ta nuqtaga qadar yetadi. Matritsali printerlardan farqliroq purkovchi printerlar ishi ancha shovqinsiz kechib, tasvir sifatli bosilishini ta’minlaydi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling