Proyektor bu teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo‘laveradi


Download 69.65 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1634991

Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan tasvirning yorqinligi zalda o‘tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko‘rinadigan darajada bo‘lishi lozim. Ekran maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir sifati ham xiralashib boradi. Shuning uchun, ekran o‘lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar oshirilishi umumiy maydonning to‘rt karra kattalashuviga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun, proyektor ekranidan chiqayotgan yorug‘lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim bo‘ladi.
Kinoteatrlar ataylab qorong‘ulashtiriladi. Shundagina ekranga tushirilgan tasvir yorqinligi sifati nisbatan yaxshi bo‘ladi. Bunda, proyektorning plyonkani (umuman, tasvir manbaini) yorituvchi nuri istisnosiz ravishda faqat oq bo‘lishi lozim. Shundagina, proyektorda hosil qilingan rangli tasvirlar o‘zining asl tabiiy rangida proyeksiyalanadi. Bunday ham juda yorqin va oppoq rangdagi kuchli yorug‘lik nuri oqimini hosil qila oladigan yagona manba bu - gaz razryadli lampalardir.
Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo‘laveradi. Fotoapparat - tasvirni o‘zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor esa aksincha, o‘zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o‘ziga xos jihatlari ham mavjud.
Proyektor ish jarayonida yorqin oq rang parabolik ko‘zgu yordamida to‘planadi va tasvir manbasi (plyonka) orqali o‘tkaziladi. Yorug‘likni bu tarzda intensiv parallel oqimga yo‘naltirish jarayonini fanda kollimatsiya deyiladi.
Download 69.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling