I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Download 1.14 Mb.
bet10/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


Skaner (scanner) mashinkada
yozilgan qog’ozdagi matnni,

shuningdek, grafik tasvirlar,


rasmlar, chizmalar, slaydlar va
fotosuratlarni avtomatik

hisoblab, kompьyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.



Aksariyat skanerlarda

tasvirni raqamli shaklga

aylantirish uchun zaryadli

bog’lanish asboblari asosida


tayyorlangan yorug’lik sezgir
elementlar (ingl. Charge-Coupled
Device, CCD
) qo’llaniladi.
Hisoblovchi kallak bilan

tasvirning bir-biriga nisbatan harakatlanishiga ko’ra skanerlar:



dastaki (ingl. Handheld);

rulon (ingl. Sheet-Feed);

planshet (ingl. Flatbed);

proektsion skanerlarga

bo’linadi.



Proektsion skanerlar

jumlasiga fotoplyonkalarni

skanerlash uchun qo’llaniladigan slayd-skanerlar kiradi. Yuqori sifatli poligrafiyada esa baraban-skanerlar qo’llanilib, ularda yorug’lik sezgir element sifatida fotoelektron ko’paytirgichlardan foydalaniladi.

Bir marotaba yurib o’tadigan planshet-skanerning ish tamoyili mazmunan quyidagidan iborat. Harakatsiz shaffof oyna ustiga joylashtirilgan tasvir bo’ylab yorug’lik manbasiga ega skanerlovchi karetka yurib o’tadi. Skanerning ob’ektiv va ko’zgulardan yoki prizmadan tashkil topgan optik tizimidan aks etgan yorug’lik har biri tasvir komponentlariga oid axborotni

qabul qilib oladigan, zaryadli bog’lanish asboblari asosida tayyorlangan o’zaro parallel joylashgan uchta yorug’lik sezgir elementga borib tushadi.



Ko’rsatish qurilmalari (grafik manipulyatorlar) kursorning8 ekran bo’ylab harakatini boshqarish orqali grafik axborotni monitor ekraniga kiritish, shundan so’ng kursor koordinatalarini kodlashtirib, kompьyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilmalar (misol uchun, djoystik, sichqon, trekbol, maxsus ko’rsatkich yoki pero (yorug’lik perosi)). Ushbu qurilmalar grafik interfeysga ega operatsion tizimlar paydo bo’lishi bilan ommalashib ketdi.




Sichqon (ingl. mouse) qo’l kaftiga bemalol sig’adigan, tugmali quticha ko’rinishiga ega kompьyuter manipulyatori, ko’rsatish qurilmasi.

Sichqon stol yoki shunga o’xshash boshqa yuza ustida qanday surilsa, monitor ekranidagi kursor ham xuddi shu tarzda surilib boradi. Sichqondagi tugmalar yordamida kompьyuterga turli komandalar beriladi.

Sichqon grafik to’plamlarda keng qo’llaniladigan menyu, piktogramma kabi ob’ektlar bilan manipulyatsiya qilish amallarini qulaylashtiradi. Eng birinchi kompьyuter sichqonini Kseroks firmasining xodimi Duglas Endjelbart ixtiro qilgan. Epl (Apple) kompaniyasi esa o’zi ishlab chiqarayotgan Makintosh (Macintosh) rusumli kompьyuterlarni birinchi bo’lib sichqonlar bilan butlagan.

Kompьyuter sichqonlarining (mexanik sichqonlarning) aksariyatida surilishni kodlashtirishning optik-mexanik tamoyili qo’llaniladi. Bunda, rezina bilan qoplangan, vazni og’ir, nisbatan katta diametrga ega kichik shar stol yuzasiga tegib turadi. SHar yuzasiga siqib qo’yilgan g’ildirakchalar esa bir-biriga perpendikulyar, ikkita datchikka ega o’qlarga o’rnatilgan. Optik juftlikni (svetodiod-fotodiod juftligini) tashkil etgan ushbu datchiklar tirqishlarga ega disklarning boshqa-boshqa tomonlariga joylashtirilgan. Yorug’likka ta’sirchan elementlarning yorilish tartibi sichqon suriladigan yo’nalishni, ushbu elementlardan keladigan impulьslar chastotasi esa – tezlikni belgilaydi. SHarning stol yuzasi bilan yaxshi mexanik kontaktda bo’lishini



8 Kursor (ingl. cursor – ko’rsatkich) EHM tomonidan displey ekranida ko’rsatilib, uning ish nuqtasini belgilaydigan (identifikatsiyalaydigan) harakatchan belgi.

maxsus gilamcha ta’minlaydi.

Kursorning ekranda muayyan vaziyatga yanada aniq kelishiga optik sichqon yordamida erishiladi. Bunday sichqonni ishlatish uchun yuzasiga bir-biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan qoramtir va och rangli chiziqlardan iborat juda mayda to’r yuritilgan maxsus gilamcha qo’llaniladi. Sichqonning quyi qismida joylashgan ikkita optik juft gilamchani yoritib, harakat mobaynida kesib o’tilgan chiziqlar soniga ko’ra surilishning qiymati va tezligini aniqlaydi. Koordinatalarni hisoblab chiqarish uchun mo’ljallangan sichqon ichiga joylashtirilgan qurilmalarning imkoni 400 dpi ni tashkil etib (Dot per Inch – dyuymda nuqtalar soni), mexanik qurilmalarning o’xshash ko’rsatkichlaridan ustun keladi.

O’lchamlari kichik kompьyuterlarda sichqon o’rniga trekbol, tachpad va trekpoynt qo’llaniladi. O’yin o’ynashda foydalaniladigan djoystik ham manipulyatorlar jumlasiga






kiradi.

Trekpoynt (ingl. Track Point) ilk bor Ay-Bi-Em (IBM) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan noutbuklarda paydo bo’lgan bo’lib, diametri 5-8 mm keladigan usti paxmoq jajjigina pishang ko’rinishiga ega. Trekpoynt klavishlar orasida joylashgan bo’lib, barmoq bilan bosilib boshqariladi.

Tachpad (ingl. Touchpad) sezgir panelь bo’lib, ustiga qo’yilgan barmoq harakati kursorni harakatga keltiradi. Aksariyat zamonaviy noutbuklarda aynan tachpad qo’llaniladi. Negaki, ichida harakatchan qismlar yo’qligi uning yuksak ishonchliligini kafolatlaydi.

Trekbol (ingl. Trackball) taglik ustiga o’rnatilgan shar ko’rinishiga ega bo’lib, uning aylantirilishi kursorning ekran bo’ylab harakatini yuzaga keltiradi. Jajji trekbollar o’lchamlari kichik shaxsiy kompьyuterlarda keng qo’llaniladi. Korpusga o’rnatiladigan trekbollar tashqi tomonga maxsus qisqich yordamida mahkamlanib, noutbukning har-xil joylariga joylashtiriladi, interfeysga esa kabelь vositasida ulanadi. Ishlatilgan sari vaqt o’tib shar yuzasi va yo’naltiruvchi g’altaklar ifloslanishi trekbollarning asosiy nuqsoni bo’lganligi sababli keng tarqalmadi.




Djoystik (ingl. Joystick) pishang ko’rinishiga
ega manipulyator. Djoystikning deyarli har
qanday zamonaviy modelini elektr ta’minoti
uchun 5 Volьtli kuchlanish manbasidan
foydalaniladigan ikkita reostat datchik
sifatida tasavvur etish mumkin. Djoystik
dastasi ikkita o’zgaruvchan rezistorga bog’langan
bo’lib, dasta harakatga keltirilganida, ushbu
rezistorlar qarshiligi ham o’zgarib boradi.
Rezistorlardan biri harakatni X koordinatasi,
ikkinchisi esa Y koordinatasi bo’ylab kechishini
belgilaydi. Djoystikdagi adapterning

vazifasiga rezistorlar qarshiligi

parametrining o’zgarishini raqamli kodga aylantirish kiradi. Djoystiklarning tashqi ko’rinishi muayyan o’yinning sinfiga bog’liq holda boshqaruv dastasi, samolyot shturvali, avtomobilь ruli, tugmalar o’rnatilgan tekis yuza ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin.



Sezgir ekran – displey poliekranidan9 tasvir, dasturlar yoki komandalarning ayrim elementlarini kompьyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.

Axborotni kompьyuterdan chiqarish qurilmalari

Plotter (ingl. plotter – kartograf), (rus. grafopostroiteli) – grafik axborotni (rasm, chizma va xaritalarni) qog’ozga chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma. Peroli plotterlar eng birinchi chiqarilgan va an’anaviy ravishda keng qo’llanilayotgan plotterlar sanaladi. Plotterlarning keyingi avlodi - purkovchi plotterlarda esa zamonaviy texnologiya qo’llaniladi.

Dastlabki plotterlar uch guruhga bo’linadi. Jumladan:



o’qning bir yo’nalishida qog’ozni, boshqa yo’nalishida peroni harakatlantirish uchun friktsion (chig’iriqli) bosim qo’llaniladigan plotterlar;

9 Poliekran (bir vaqtning o’zida tasvirning bir-biriga bog’liq qismlarini namoyish qilish uchun ishlatiladigan bir necha ekran guruhi).

chetlari teshilgan uzluksiz tasma-qog’ozni harakatlantirish uchun maxsus traktor (Tractor Feed) qo’llanilgan plotterlar;




Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling