I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Download 1.14 Mb.
bet12/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


Lazerli printerlarda tasvir yaratilishining elektrografik tamoyili qo’llaniladi, ya’ni: bo’yoq (toner) zarralari elektrostatik potentsial yordamida barabanga tortiladi va shu tariqa barabanda hosil bo’lgan tasvir qog’ozga o’tadi. Lazerli printerning oddiy nusxa olish apparatidan farqi shundan iboratki, printerdagi tasvir bosish barabani kompьyuter komandasiga ko’ra yarim o’tkazgich lazeri yordamida elektrlanadi. Aniqroq aytiladigan bo’lsa, lazer juda ingichka yorug’lik nurini hosil qilib, yorug’lik sezgir barabanning oldindan zaryadlangan yuzasiga nuqtalardan iborat tasvir konturini chizish uchun xizmat qiladi. Elektron surat tayyor bo’lgach, baraban yuzasining lazer nuri bilan razryadlangan (elektrsizlangan) joylariga bo’yoq modda (toner) kukuni yopishadi. Ushbu kukun barabandan qog’ozga o’tadi va yuqori harorat ta’sirida erib, qog’oz yuzasida mahkamlanadi. Lazerli printerning tarkibiy elementlari jumlasiga fotoo’tkazuvchi tsilindr (tasvir bosish barabani), yarim o’tkazgich lazeri hamda nurni ko’chirib o’tkazish uchun mo’ljallangan pretsizion (yuqori sifatli) optik-mexanik tizim kiradi.

Lazerli printerlar monoxrom va rangli tasvirning bosmaxona sifatiga yaqin sifatda bosilishini, shuningdek, printerlarning boshqa



turlari orasida tasvirning nisbatan tez bosilishini ta’minlab, maxsus qog’oz ishlatilishini talab qilmaydi.




Lazerli printerlar bozorida ish
tezligi past (daqiqada 4-6 sahifa) va
o’rtacha printerlar (daqiqada 7-11 sahifa)
hamda bosish resursi katta, ya’ni
daqiqada 12 sahifadan ko’p bo’lib,
bevosita mahalliy tarmoqqa ulanadigan
tarmoq printerlari deb nomlanadigan
jamoa foydalanadigan axborot bosish
qurilmalari alohida ajralib turadi. A-4
formatli qog’ozga bosuvchi lazerli
printerlar uchun

600-1200 dpi, ya’ni bir dyuymga to’g’ri


keladigan nuqtalar soni tasvirni tiniq
bosish qobiliyatining deyarli standart
ko’rsatkichiga aylanib bormoqda. A-3
formatli qog’ozga bosuvchi lazerli
printerlarning tasvirni tiniq bosish
qobiliyati, odatda, 1200 dpi va undan yuqori
bo’lib, bosish tezligi katta bo’lmaydi, ya’ni
daqiqada 3-4 sahifa bosadi.

Printerlarning eng muhim funktsional


imkoniyatlari jumlasiga tasvirni tiniq
bosish qobiliyatini oshirish

texnologiyalari qo’llab-quvvatlanishi,

shriftlar masshtabi o’zgartirilishi (PostScript, TrueType) va xususiy tezkor xotira mavjudligi kiradi.



Yorug’lik diodi vositasida

ishlaydigan printerlar (Light Emitting Diode, LED) o’z nomini yarim o’tkazgich lazer o’rniga juda kichik yorug’lik diodlarining “tarog’i” qo’llanilganligi uchun olgan. Bunday printerlarga aylanuvchi ko’zgu va linzalarning murakkab optik tizimiga ehtiyoj bo’lmaydi, bu esa, o’z navbatida, printerning tan narxi arzonlashishiga imkon yaratadi.

Sublimatsion printerlar (dye sublimation) rangli tasvirlarni o’ta yuqori

sifat bilan bosish uchun qo’llaniladi. Bunday printerlarda bo’yash tasmalari taxminan 400 gradusga qadar qizdiriladi. Natijada bo’yoq modda bug’lanib, maxsus qog’ozga o’tadi.



Foydalanuvchining dialogik vositalari

Terminal – hisoblash tizimi tarkibida yakuniy qurilma bo’lib, axborotni tizimga kiritish va undan chiqarish uchun mo’ljallangan (misol uchun, insonning EHM bilan muloqoti mobaynida). Terminal EHM bilan ma’lumotlarni uzatish kanallari orqali ulanadi. Terminal sifatida misol uchun, displey yoki teletayp kabi qurilmalar qo’llaniladi.

Videoterminallar (monitorlar) – kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotni aks ettirish uchun mo’ljallangan qurilmalar.

Videoterminal videomonitordan (displeydan) va

videokontrollerdan (videoadapterdan) tashkil topgan.

Videokontrollerlar kompьyuterning tizim bloki tarkibiga kirib, tizim platasi ajratkichiga o’rnatiladigan videokarta ustida bo’ladi. Videomonitorlar esa kompьyuterning tashqi qurilmalari jumlasiga kiradi.

Videoadapter (yoki videokarta) video tasvirni saqlash va monitor ekranida aks ettirish uchun mo’ljallangan elektron plata bo’lib, monitor ishini bevosita boshqaradi. Bundan tashqari, monitordagi elektron-nur nayining satr va tasvir yoyish signallarini, tasvir elementlarining yorqinligini va ranglarning aralashish parametrlarini o’zgartirish orqali axborotni ekranga chiqarish jarayonini boshqaradi.

Videoadapter tarkibiga videokontroller, dinamik (o’zgarib boruvchi) xotira qurilmasi, odatda, RAMDAC (Random Access Memory Digital to Analog Converter) rusumli raqam-analog o’zgartirgich, bitta yoki bir nechta kvartsli generator va tizim shinasi bilan birgalikdagi interfeys-mikrosxema kiradi.



Kompьyuterning video kichik tizimi tarkibiga kiruvchi eng muhim element – video xotira yoki freym-bufer deb nomlanadigan kompьyuter xotirasi sanaladi. Xotira ajratiladigan arxitekturaga asoslangan holda ishlaydigan kompьyuterlarda umumiy tezkor xotiraning bir qismi video uchun atayin ajratilishi mumkin.

Kompьyuterning video kichik tizimlari ikkita asosiy video

rejimlardan birida, jumladan matnli yoki grafik video rejimda ishlashi mumkin.

Matnli rejimda monitor ekrani belgiga oid alohida o’rinlarga ajratilib, ularning har biriga faqat bitta belgi chiqariladi. Bugungi operatsion tizimlarda matnli rejim faqat boshlang’ich yuklash bosqichida qo’llaniladi.

Grafik rejimda tasvirning pikselь deb nomlanadigan har bir nuqtasi uchun axborotning 1 bitdan (monoxrom rejim) 32 bitga qadar miqdori ajratiladi. Ko’p hollarda grafik rejim barcha nuqtalarga manzil belgilanadigan (All Points Addresable) rejim deb nomlanadi. Negaki, manzil belgilangan holdagina tasvirning har bir nuqtasiga kirish imkoni bo’ladi. Muayyan video kichik tizimning maksimal imkoniyati va aks ettiriladigan ranglar miqdori birinchi navbatda video xotiraning umumiy hajmi va bitta pikselga to’g’ri keladigan bitlar miqdoriga bog’liqdir.

IBM PC-mos keladigan mikrokompьyuterlar paydo bo’lgan vaqtdan bugungi kunga qadar videoadapterlar va ularga taalluqli tasvir ko’rsatish standartlarining bir nechta avlodi almashib ketdi. Ushbu standartlarning asosiy parametrlari tasvir ko’rsatish imkoniyati (monitor ekranida gorizontal va vertikal bo’yicha joylashadigan belgilar (piksellar) miqdori), ranglar miqdori va tasvir yoyilish chastotasi (tasvirning qayta chizilib borish chastotasi) sanaladi.






Kompьyuter monitori (displey, display
ko’rsatmoq, tasvirlamoq), matnli va grafik
axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli
asbob) ekranida ko’z bilan ko’rish uchun aks
ettiradigan qurilma. Monitorlar rangli va
monoxrom bo’lib, bir-biridan o’lchamlari bilan
farq qiladi. SHuningdek, rostlash va ranglarni
to’g’rilash uchun mo’ljallangan turli vositalar bilan
jihozlanadi. Monitorlarning axborotni

tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan

tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar

soni) turlicha bo’ladi.

Aksariyat zamonaviy stol usti kompьyuterlarida elektron-nur naylari (ENN) asosida tayyorlangan monitorlar qo’llaniladi. Bunday monitorlar ishining tamoyili shundan iboratki, elektron pushka vositasida shakllanadigan elektronlar tarami lyuminofor qoplangan ekranga yetib, uning yorug’lik sochishini hosil qiladi.






Elektronlar tarami yo’lida, odatda, qo’shimcha elektrodlar o’rnatilgan. Bunday elektrodlar jumlasiga elektronlar taramining yo’nalishini o’zgartirish imkonini beradigan og’diruvchi tizim hamda hosil bo’lgan tasvir yorqinligini rostlaydigan modulyator kiradi. Kompьyuter monitori ekranidagi har qanday matn yoki grafik ko’rinishga ega tasvir lyuminoforning ko’plab diskret nuqtalaridan tashkil topadi (xuddi televizor ekranidek). Ushbu nuqtalar piksellar yoki tasvir elementlari (pixel – picture element) deb ham nomlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan tasvir elementlarining (piksellar) soni bilan aniqlanadi. IBM PC-mos keladigan shaxsiy kompьyuterlar uchun qo’llaniladigan monitor ekranlarining diagonal bo’yicha bir nechta, jumladan: 9, 12, 14, 15, 17, 19, 20 i 21 dyuymli oddiy o’lchamlari mavjud. ENN asosida tayyorlangan monitordagi tasvir (kadr) chastotasi, odatda, Gerts o’lchov birligi bilan o’lchanadi va aksariyat hollarda tasvir turg’unligini belgilaydi. Kadr chastotasi qanchalik yuqori bo’lsa, tasvir shu qadar turg’un bo’ladi. Tasvirning vertikal yoyilishi bilan bitta kadrga chiqadigan satrlar soni (axborotni vertikal bo’yicha tasvirlash qobiliyati) ko’paytmasi kilogertsda o’lchanadigan satr chastotasini belgilaydi.

Rangli monitorda uchta elektron pushka bo’lib, ularning har biri alohida boshqarish sxemasiga ega. Bunday monitor ekranining yuzasiga esa uchta asosiy, xususan: qizil (Red, R), yashil (Green, G) va ko’k (Blue, B) rangli lyuminofor qoplangan. Rangli kineskopda ko’lankali niqob (Shadow Mask) yoki apertur panjara (Trinitron texnologiyasi) mavjud. Ularning vazifasi elektron pushkalardan chiqayotgan nurlar lyuminoforning tegishli rangli nuqtasiga tushishini ta’minlashdan iborat. Agar ko’lankali niqob tuynuklar tizimidan tashkil topgan bo’lsa, apertur panjara vertikal tirqishlar tizimini hosil qiladi. Ekranning ichki yuzasidagi lyuminofor nuqtalarining o’lchamlari qanchalik kichik bo’lsa, monitordagi tasvir shu qadar ravshan bo’ladi. Odatda, ushbu nuqtalarning o’lchamlari haqida emas, balki ular orasidagi masofa (dot pitch) haqida mulohaza yuritiladi. Ushbu ko’rsatkich monitor modellarining turlari uchun har-xil bo’lib, 0,41 mm dan 0,21 mm gacha o’lchanadi. Bu masalada me’yoriy daraja ko’lankali niqobga ega ENN uchun 0,26-0,28 mm, apertur panjaraga ega ENN uchun esa 0,25 mm sanaladi.



Zamonaviy monitorlarning deyarli barchasi

mulьtichastotalidir, ya’ni belgilangan muayyan diapazondagi sinxrosignallar chastotasining ixtiyoriy qiymatiga sozlanish qobiliyatiga ega.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling