I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu:. MILLIY SIYOSAT VA DAVLAT


Download 0.79 Mb.
bet6/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

6-Mavzu:. MILLIY SIYOSAT VA DAVLAT QURILISHI MASALALARI


Miliiy siyosat Bolsheviklar partiyasi bosh bo’lgan sovet hokimiyati lur-kistonda uzoqqa mo’ljallangan o’z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko’zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamla-kachilarga xos «orani buz, hokimlik qil» qabilidagi o’z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo’lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chorizmning ko’p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug’ davlatchilik siyosatidan mohiyat e'tibori bilan farq qil-masdi. Faqat uning shakli-shamoyili o’zgargandi, xolos.
Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o’lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ular-ning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o’zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg’on-yashiq va'dalari va da'vatlari bilan mazlum millat kishilarini laqillatishga, o’z hukmlariga bo’ysundirishga, «yagona Turkiston uchun» kurash g’oyasini yo’qqa chiqarishga intildilar.
Turkiston xalqlari o’z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920-yil yanvarida bo’lib o’tgan Turkiston Kompartiyasining V o’lka konfe-rensiyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so’zga chiqib mushtarak Turkiston g’oyasini ilgari suradi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respublika-sini Turk Sovet Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb o’zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo’ mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahs-Jarga sabab bo’ladi. Shu bois «Turkiston masalasi» bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosining 1920-yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Garchand Markaz «Turkiston masalalari»ga yuzadan turib. qiziqish bildirgan bo’lsa-da, biroq Turkistonga mustaqillik berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan edi. Shu zaylda masalaning yechimi cho’zila boradi.
1920-yil 13-iyunda T. Risqulov, N. Xo’jaevlardan iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o’z amaliy tak-liflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V. I. Lenin qabulida bo’ladi. Bu ular uchun so’nggi umid va najot ihnji edi. Oqibat natijada shunday bo’ldiki, na sovet hukumati rahbariyati va na bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko’rgan RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy byurosi turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiy baho bera oldi. Buning aksincha, sovet hukumati va partiya rah-bariyati o’lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to’g'risida» degan nom ostida bir necha qaror-lar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to’g'risida»gi maxsus qarorda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo’mitasining doimiy vakolatxonasi bo’lishi kerakligi zarur, deb ko’rsa-tildi. Mazkur qaror o’lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkam-lashga xizmat qildi.
Shunday qilib, o’lka xalqlarining o’z taqdirini o’zi belgilash, o’z milliy davlatchiligini o’z xohishlaricha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdirildi. o’lka xalqlarining orzu umidlarini ro’yobga chiqarishga muvaffaq bo’la olmagan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi, taniqli arbob T. Risqulov tez orada o’z lavozimidan isteToga chiqishga majbur bo’ladi. Gap shundaki, sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishini emas, balki uning doimiy o’z nazoratlari osti-da bo’lishini xohlardi. o’lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi, xizmat qilishi ularning bir-dan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O’rta Osiyo Byurosi, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organ-larning o’lka hayotining barcha jabhalarini o’z nazorati-ga olishi, o’z iznlariga bo’ysindirish borasida harakat etib kelganligi boisi ham mana shundadir
Garchi bo’lajak Ittifoq sovet respublikalarining do’stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo’ladi deyilsada, biroq uzoqni ko’ra biladigan respublikalarning bir qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, Ukraina Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi kotiblari X. G. Rakovskiy va D. L. Pyatakov yagona ittifoq davlati g’oyasiga qarshi chiqib, umumittifoq hokimiyat organlari bolmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar. Gruzin milliy ziyolilari ham yangi ittifoq tuzish g’oyasi-ni qo’llamadilar. Bir necha bor RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosida, partiyaning s'ezdlari va plenumlarida, shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi. Muhokamalarda, jum-ladan, sovet hukumati arboblaridan biri I. Stalin «avtonomlashtirish» g’oyasini ilgari surdi. Unga ko’ra, sovet respublikalari muxtor (avtonom) respublika maqo-mi bilan RSFSR tarkibiga kirishlari kerak degan g’oya ilgari surilgan edi. Tabiiyki, bunday taklifga milliy respublikalar xohish bildirmasliklari ham mumkin edi. Bu xavfni anglagan Lenin yangi ittifoq RSFSR dan yuqori • bo’ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy respublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o’ziga xos hiylasi edi.
1922-yil 26-dekabrda Sovetlarning Butun Rossiya X s'ezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatiga bir-lashtirishni zarur deb topdi.
1922-yil 29-dekabrda Moskvada to’rt respublika vakolatli delegatsiyalarining konferensiyasi bo’lib o’tadi
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I s'ezdi SSSRni tuzish to’g’risidagi
S'ezd yangi ittifoq — SSSRning yuqori hokimiyat organlari — Markaziy Ijroiya Qo’mitasini va hukumati-ni tuzdi. SSSR MIQ Raislari etib, RSFSRdan M, I. Kalinin, Ukrainadan G. I. Petrovskiy, Belorussiyadan A. G. Chervyakov, ZSFSRdan N. N. Narimanovlar saylan-di. V. I. Lenin SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi.
Shunday qilib, oktabr to’ntarishidan 5 vil o’tgandan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. Uning ta'sis-chilari RSFSR, BSSR, USSR, ZSFSR hukumatlari ^bo’ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. XX asrning 30—40-yillari boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi yangi respublikalar hisobiga kengayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. Shunday qilib yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli sovetlar salta-nati vujudga keldi.
Bu yerda istiqomat qilgan o’zbeklar, turkman-lar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqalpoqlarning xo’jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o’xshash bo’lib, shu muqaddas ona zaminni o’zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. «Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz», degan g’oya azaldan avloddan-avlodga o’tib keladi. Bu g’oya doimo hudud yaxlitligi, birligiga xavf tug’ilganda kuchli, yengilmas tushunchaga aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoqlashib ketishiga yo’l qo’ymagan. Ular hamisha bir-birlariga og’aini, quda-anda bo’lganiar, bir daryodan suv ichganlar, bir yaylov-da chorva boqqanlar. Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, «Bizning ota-bobolarimiz ham, momolarimiz ham bir».
Biroq, afsuslar bo’lsinki, pixini yorgan sovet hokimi-yati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ulaming birlashib davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun butun choralarni ishga solib borganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad— o’lka xalqlarining bir-lashuviga, o’z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo’l qo’ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayoni-ning avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsad-da Turkistonni milliy o’ziga xoslik, til birligi asosida bo’lib tashlash g’oyasi ilgari surildi.
Shunday qilib, O’rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo’iib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm respub-likalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shu-ningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi organ — RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib mahalliy xalqqa ta'sir va tazyiqlar o’tkazib borildi.
Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 11 mayda RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosi komissiyasida ko’rib chiqildi. Unda O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig’ilishida muhokama etilib, asosan ma'qullandi.
1924-yil 25-sentyabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 9 va 11 oktabrda RKP(b) Markaziy Qo’mitasi bu masalani ko’rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiy-lashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma'qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joy-lardagi mahalliy tashkilotlarining 1920—1924 yillar davomida O’rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg’on va'dalar berishni ko’zda tutgan «leninchi milliy siyosat»ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasida o’lkaning tarixan tarkib topgan o’ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo’laklarga bo’lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so’nggi nuqta qo’ydi. Nihoyat, 1924-yilning 27-oktabrida bo’lib o’tgan SSSR BMIQ II sessiyasi O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazish tadbirlarini to’la ma'qulladi.
Shunday qilib, hukmron Markaz zo’ravonlarining bir necha yillik sa'y-harakatlari orqasida O’rta Osiyoning siyosiy jo’g’rofiyasi sun'iy ravishda o’zgartirildi. Bu hududdagi ko’p asrlik milliy davlatchilik tarixi an'analariga chek qo’yildi.
O’rta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston
ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o’rnida endilik-
da O’zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek,
O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi.
Qirg’izlar yashagan hududlar Qoraqirg’iz (Qirg’iziston)
muxtor viioyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Tur-
kistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog’iston
ASSR ixtiyoriga berildi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling