I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
INSTITUT VA MAKTABLAR UCHUN O’ZBEK TILIDAGI ENG YAXSHI REFERATLAR TO’PLAMI VA INTERAKTIV XIZMATLAR www.doc.uz i-kurs 1-MAVZU:TURKISTONDA 1917-YILGIIJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLAR Ma'lumki, Turkiston o’lkasi chor mustamlakasiga aylantirihb, bu hududda o’zga millat hukmdorlarining zo’rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e'ti-boran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o’z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo’I ostiga tobe bo’lib qoldilar. Hattoki Turkistorming so’nggi general-gubernatori A. Kuropatkindek yuqori martabali «zot» ham: «Biz 50 yil tub joy aholini taraqqiyotdan jilovladik, uni maktablar va rus hayotidan chetda tutdik», deb e'tirof etgan edi. Biroq shu narsa haqiqatki, bu o’lka-ning tabiatan mag’rur xalqlari hech qachon o’zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o’zgalar jiloviga bo’ysunib yashashga rozi bo’lmaganlar, balki, aksincha, o’z erki, niilliy mustaqilligi yo’lida mardonavor kurash-ganlar. Olis ko’hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o’rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlonzoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning el boshiga mushkul kunlar tushgan qaltis tarixiy jarayon-larda ko’rsatgan favqulodda jasoratlari bunga jonli guvohdir. Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o’zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o’chmas dog’-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma'nan va ruhan qo’llab-quvvatlab kel-gan asl ma'naviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ular-ning jismi-jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg’ularini asta-sekin so’ndifishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog’ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo’r general Skobelevning: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'a-tini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan behayo so’zlari bekorga aytilma-gan, albatta. o’lka jadidlarining rahnamosi M. Behbudiyning «Haq olinur, berilmas!» shiorida ozodlik uchun kurash , g’oyasining muqarrarligi o’z yorqin ifodasini topgan edi. Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o’lka xalqlarining 1916-yilgi mifliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligi yo’Iiga bag’ishlangan edi. Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini, davlat mustaqilhgini qo’lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi. Uch asr davomida Rossiya saltanatini to’xtovsiz boshqarib kelgan Romanovlar sulolasi hukmronligi ag’darildi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlarida rus bur-juaziyasi doiralari vakillaridan tashkil topgan Muvaqqat hukumat faoliyat ko’rsata boshladi. Ayni chog’da Petrogradda va boshqa joylarda ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida ish yurita boshiadi. Shu tariqa, Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan-kam uchraydigan noyob hodisa — ikki hokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi. Bu hol o’sha vaqtdagi mamlakatda vujudga kelgan siyosiy kuch-lar j»isbatini o’zida aks ettirardi. Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o’zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimqiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta'sir ko’rsatdij o’lka hayotida yuz bergan muhim siyosiy o’zgarishlardan biri— bu chor mustarnlakachiligi boshqaruvi ramzi bo’lib kelgan Turkiston general-guber-natorhgi mahkamasining tugatilganligi bo’ldi. Uning o’rniga Muvaqqat hukumatga bo’ysunuvchi Turkiston qo’mitasi tashkil etildi.(Ayni chog’da viloyatlardagi har-biy gubernatorlik lavozimlari ham tugatildi. Ularning o’rniga viloyat komissarlari lavozimi ta'sis etildi. Eng muhimi, fevral o’zgarishi Turkiston o’lkasi xalqlari hayo-tiga muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi^ Endihkda keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qat-lamlari faol harakatga kela boshladi. o’lkaning yirik sha-harlarida tashkil topgan va asosiy tarkibi mahaUiy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, chunonchi, binokorlar, quruvchilar, ko’nchilar, duradgorlar va boshqa kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlari, ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilib faoliyat yuritdilar.(l917-yilning may oyiga kehb Turkiston o’lkasidan mardikorlikka zo’rlik bilan olinib, Rossiyaning G’arbiy hududlariga safarbar qihngan ko’plab yurtdoshlarimizning o’z ona zaminlariga qaytib kelishlari ham, shubhasiz, inqilobiy kuchlar safini to’ldira bordi. Bu o’rinda fevral o’zga-rishidan keyin o’lka xalqlan nayotida muhim rol o’yna-gan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko’plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar, kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg’u bermoq kerak bo’ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko’plab siyosiy par-tiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o’z faoliyatlarini aktivlashtirib, aholining turli ijtimoiy tabaqalarini o’zlariga jalb qilish, o’z dasturiy g’oyalarini ulajuing ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar 1917-yil 14-martda Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan tuzilgan «Sho’roi Islomiya» shunday tashkilotlardan bo’ldi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar Qori Abdurashidxonov (yetakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo’minboev, Ahmadbek hoji Temirbekov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Salimxon Tillaxonov singari sinalgan yurt rahnamolari o’rin olgan edilarj «Sho’roi Islomiya» musulmon aholining vakolatli orgam (musulmonlar kengashi) sifatida uning irodasini ifoda etdi, manfaatlarini himoya qildi. O'lkaning turli joylarida «Sho’roi Islomiya»ning quyi sho"balari tuzilib, ujar mahalliy aholi orasida qizg’in faoliyat yuritdilar. \\Shuningdek, «Sho’roi Islomiya» ta'sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlar vujudga keldi. Toshkentda «Turon», «Ittihodi taraqqiy», Andijonda «Ozod xalq», «Hurriyat», «Ma'rifat», Sa-marqandda «Mirvaj-ul Islom», «Klub Islomiya», «Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», Kattaqo’rg’onda «Ravnaqul, Islom», «Guliston» va boshqalar shular jum-lasidandirJ Bu tashkilotlar va ularning rahnamolari iLg’or jadidchiTift g’oyalari ta'sirida ish yuritdilar. (M. Behbudiyning «Haq olinur, berilmas!», Munavvar Qorining «Hurriyat berilmas, olinur!» shiorlari ularning chinakam kurash bayrog’iga aylangan edi. Turkiston milliy istiqloli uchun kurashga bel bog’lagan va avvaiboshdan «Shq'roi Islomiya» ta'sirida bo’lgan ulamolarning bir qismi qadimchilar nomi bilan atalardi. Ular islom ta'limoti va aqidalarining murosasiz tarafdorlari sifatida siyosiy vaziyatni o’zlaricha tushunar. muxtoriyat talabiga qarshi chiqqanlar. Bu hol 1917-yil iyuniga kelib qadimchilarning «Sho’roi Islomiya» taraf-dorlari bilan uzil-kesil aloqani uzib, bo’linishining asosiy sababi, eng avvalo, Turkistonning milliy mustaqilligiga erishish yo’lidagi ikki xil qarama-qarshi taktik yondashuvning kelib chiqqanligidadir. Konservativ, mutaas-siblik qarashlar nuqtai nazaridan yondashgan ulamochi-iar Turkiston mustaqilligini faqat hukmron mustam-lakachilarga qarshi g’azovot boshlash, ya'ni qurolli qarshilik ko’rsatish yo’h bilan qo’lga kiritishni yoqlardi-lar.fflg’or ziyolilar — jadidlar esa Rossiyada yuzaga kel-gan qulay shart-sharoitlardan, siyosiy vositalardan foy-dalanib, behuda qon to’kmasdan hosqichma-bosqich yurt mustaqilligiga erishishni yoqlardij Ulaming Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi TurkistorrMuxtoriyati talabi ham shu maqsadni ko’zda tutardi. o’lkaning milhy kuchlari O’rtasida yuz bergan bu ajralish va g’oyaviy ixtiloflar, shubhasiz, ularning harakat birligiga. rahna solar, uning istiqboliga jiddiy putur yetkazardLjAyniqsa «Sho’roi Ulamo»chilarning nashri — «Al-Izoh» jurnali sahifalarida millatning ilg’or kuchlariga, vatanparvar milhy ziyolilarga nisbatan adovat va xusumat urug’i se-pildjj Bu esa aslida dushman tegirmoniga suv quyish bilan barobar edi. Umumturkiston musulmonlari I va II qurultoylari va ular tomonidan ishlab chiqilgan hamda qabulflilingan dasturiy hujjatlarning roli katta bo’lgan. f«Sho’roi Islomiya» tashkiloti tashabbusi bilan 1917-yil 16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirila-djJQurultoy ancha vakolatli anjuman bo’lib, uning ishi-da Turkistonning ko’plab atoqh kishilari, taniqli siyosiy arboblar qatnashgan edilar. \Ular orasida Mustafo Cho’qay, Munavvar Qori, Behbudiy, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Sherali Lapin, Tashpo’latbek Norbo’tabekov, Validiy, Sobir Yusupov, Islom Shoahmedov va boshqalar bor edji Qurultoy kun tartibi-ga 16 ta masalaning qo’yilishining o’zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o’lkaning bo’lajak davlat qurilishiga alohida to’xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya Federatsiyasi tuzilishi g’oyasi ilgari surildi.rQurultoyda Markaziy rahbar organ — Turkiston o’lka musulmonlar Sho’rosini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Uning birinchi yig’ilishida Mustafo Cho’qay Markaz raisi, Munavvar Qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, Behbudiy, U.( Asadullaxo’jaev va boshqalar a'zolar etib saylandilarJ Markaziy sho’ro zimmasiga o’lkadagi bareha tarqoq, o’z holicha ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo’lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashtirish, ular-ning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi.[Bu vazifani uddalashda Markaziy sho’roning joylarda tash-kil etilgan sho"ba (bo’lim)lari muhim rol o’ynadjj Jumladan, Toshkent sho’'basini Munavvar Qori, Samarqand sho"basini Behbudiy, Farg’ona sho’'basini esa Nosirxon To’ra Kamolxon To’ra o’g’li boshqardi. Shu tariqa Turkistonda ilk hokimiyatchilik — Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi, ishchi va soldat de-putatlari soveti va Turkiston o’lka musulmonlar sho’rosi vujudga keldi. Xuddi shuningdek,fTurkiston vakillari ishtirok etgan va 1917-yilning 21—31-iyul kunlari Qozon shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik va mus-taqillik sari harakatlanish yo’lini muvofiqlashtirish borasida muhim qadam bo’kjij Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o’zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya harbiy Sho’rosini ta'sis etish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Shubhasizki, Rossiya musulmonlari vakillarining bu xildagi sa'y-harakatlari mazkur mazlum xalqlarning mushtarak manfaatlariga mos bo’lgan holda ularning milliy mustaqilligi, ichki davlat qurilishi masalalarining hal etilishiga muhim turt-ki bo’lib xizmat qilardi. 1917-yilning 17—20-sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Umumturkiston musulmonlari vakillarining II qurultoyi o’lka xalqlari hayotida niuhim rol o’ynady Unda 500 nafar vakillar ishtirok etdi. Qurultoyning max-sus qarorida tarkibi 12 kishilik Turkiston o’lka qo’mitasi, 24 kishilik «Mahkamai Shar'ia» (parlament) tashkil etili-shi va ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta'kidlangan edi. Qurultoyda «Sho’roi Islomiya», «Sho’roi Ulamo», «Turon» va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona «Ittifoqi Muslimin» («Musulmonlar Ittifoqi») siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Behbudiy nutq so’zlab, hammani birlikka, jipslashishga da'vat etgandi. «Ulug’ Turkiston* gazetasi mazkur qurul-toy ruhini aks ettirib, Turkistonning o’z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo’lgan o’lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy o’ringa qo’ygan edi. Shunday qilib, Turkistonning ilg’or ziyolilari, uning asl yurtsevar, erksevar o’g’lonlari milliy istiqlolga erishish yo’lida o’lkadagi barcha sog’lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da'vat etgandilai,| Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, o’z nafsoniyatiga berilgan hamda o’zaro qarashlarida muxo-lifatchilik ustuvor bo’lgan ayrim mahalliy, milliy tash-kilotlar mana shu yuzaga kelgan noyob imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, vaziyatni ustamonlik bilan o’z izmiga burib yuborishga urinayotgan bolsheviklar firqasiga qo’l keldi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling