Xotiradagi faylni ishga tushirish. Diskdagi faylni operativ xotiraga chaqirish uchun menyudagi ФайлОткрыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichkoncha» tugmachasi bosiladi. Faylni chaqirish uchun [Ctrl][F12] yoki [Ctrl][O] tugmachalar majmuasi ham ishlatilishi mumkin. Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va kerakli fayl tanlanadi hamda unda «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Matn qismlari bilan ishlash(matn qismini belgilash, boshqa joyga ko’chirish yoki nusxalash, o’chirish). Kompyuter xotirasiga kiritilgan matn bo’laklari bilan ishlash uchun dastlab u belgilanadi. Matn bo’lagini belgilash quyidagi usullarda bajariladi: Kursor belgilanishi kerak bo’lgan matn bo’lagining boshiga keltiriladi va
1. [Shift] tugmachasi bilan birgalikda , [End], [Home], [Page Up], [Page Down] va hokazo tugmachalaridan biri bosiladi.
2. «Sichqoncha»ning chap tugmachasi bosiladi va uni qo’yib yubormasdan belgilanishi kerak bo’lgan matnning oxirigacha suriladi.
Matnning barcha qismini belgilash uchun menyudan ПравкаВыделитьвсе vse buyrug’i tanlanadi yoki klaviaturadan [Ctrl][5] tugmachalari bosiladi(5 sonini klaviaturaning o’ng tomonidagi sonlardan bosish kerak).
Belgilangan matn bo’laklari ustida turli amallarni bajarish mumkin:
- uni o’chirish uchun [Delete] tugmachasi bosiladi;
- uni boshqa joyga nusxalash uchun uskunalar majmuasidan belgilaridan biri tanlanadi;
- tugmachasi belgilangan matn qismini qirqib oladi;
- tugmachasi belgilangan matn qismidan nusxa oladi;
- tugmachasi qirqib olingan yoki nusxalanayotgan matn qismini kerakli joyga qo’yadi.
Agar matn bo’lagi belgilangan vaqtda biron-bir simvol kiri- tilsa, u belgilangan matn qismining o’chirilishiga olib keladi, bundan esa ehtiyot bo’lish kerak.
Simvollar o’lchamini o’zgartirish. Word dasturining afzallik tomoni shundan iboratki, unda kiritilgan simvollar o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Buning uchun uskunalar majmuasidagi tugmachadan foydalaniladi. Masalan 14 o’lchamda terilgan «O’zbekiston» so’zining o’lchamini o’zgartirish quyidagicha bajariladi: Dastlab bu so’z belgilanadi: O’zbekistonva so’ngra tugmachasi bosiladi va kerakli o’lcham tanlanadi(masalan, 36),
va unda «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Natijada, O’zbekiston so’zining o’lchami o’zgaradi va quyidagi ko’rinishni oladi:
O’zbekiston.
Do'stlaringiz bilan baham: |