I lm fan ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 43.08 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi43.08 Kb.
#1013731
Bog'liq
Ergasheva Dildora Abduxalilovnauu


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/

BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022





BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI ONA TILI DARSLARIDA MASHQLAR VOSITASIDA KREATIV FIKRLASHGA O’RGATISH METODLARI
Ergasheva Dildora Abduxalilovna
Namangan davlat universiteti
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistranti
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlangich sinf oquvchilarini ona tili darslarida mashqlar vositasida kreativ fikrlashga o`rgatish metodlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: kreativlik, zamonaviy ta’lim, mustaqil fikrlash, individ, kreativ fikrlash, ijodiy qobiliyat, PISA.
Annotation: this article discusses methods for teaching elementary school students to think creatively through exercises in their native language classes.
Keywords: creativity, modern education, independent thinking, individual, creative thinking, creative ability, PISA.
Аннотация: в этой статье обсуждаются способы научить учащихся начальной школы творчески мыслить с помощью упражнений на уроках родного языка.
Ключевые слова: креативность, современное образование, самостоятельное мышление, личность, творческое мышление, творческое способности, PISA.

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qachon bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.


Sh.M.Mirziyoyev

Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik masalan,” fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish” kabi ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.


Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va taʼlim orqali takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak, tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng, ammo ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi.
Plucker, Beghetto va Dow (2004) ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi va ijtimoiy mohiyatini hisobga olgan holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – layoqat, jarayon va strategik konsultativ guruh ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni ishlab chiqish jarayoni. U muayyan bilim, koʻnikma va yondashuvni talab etadi. Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar va uslublararo bogʻlanishlarni qurish kiradi», deb ta’riflagan. Muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Biz ushbu maqolada “Kreativlik” haqida so’z yuritar ekanmiz, avvalo, bu terminni fanga kirib kelishi bilan tanishsak. Kreativlik so’zi ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo’llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta’riflagan.
Kreativlik– bu insonning noodatiy g’oya, fikr bera olish, muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an’anaviy shakllaridan voz kecha olishga bo’lgan qobiliyatidir.
Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror narsa, voqea, xolatni ifoda etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi.
Kreativlik– individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.
Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar ustida ishlash alohida o’rin tutadi. O’quvchi o’zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o’quv tajribasiga tayanib og’zaki yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda har bir fanning o’zi uchun noma’lum qirralari xususida o’qituvchi bilan faol hamkorlik qilish uchun ruhiy tayyorgarlik paydo bo’ladi. U mavzu yuzasidan berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun mustaqil ijodiy izlanishlarga harakat qiladi. O’qituvchi bunday hamkorlik jarayonida o’quvchilarning kreativligini o’stirish bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya’ni o’quvchilarning qobiliyati , qiziqish doirasini aniqlaydi, kreativ iqtidorini chamalaydi. Kreativlikni rivojlantiruvchi topshiriqlar ustida ishlash jarayonida bu g’oyat muhimdir.
O’quvchi o’qitish va tarbiyalash jarayonining o’zidayoq bilim va tarbiya oluvchi shaxsga aylanadi. Sh.A.Amonashvili ta’lim jarayonida o’quvchi bilan hamkorlik munosabatini o’rnatish lozimligini ta’kidlab, shunday deydi: «O’quvchining o’quv-biluv faoliyati nafaqat qiziqarli o’quv materiali va uni tushuntirishning turli metodlari vositasida, balki pedagogning ta’lim jarayonidagi muomala xarakteriga ko’ra tartibga solinadi. Mehr, ishonch, hamkorlik, hurmat mavjud bo’lgan muhitda o’quvchi o’quv topshiriqlarini oson o’zlashtiradi. Yutuqlari, mustaqil fikri, ijodiy izlanishlari yuqori baholanayotganini ko’rgan o’quvchi yanada murakkab bo’lgan o’quv topshiriqlarini bajarishga intila boshlaydi».
Boshlangich sinf oquvchisining ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishini belgilovchi koplab omillar orasida ona tili darslarida mashqlarni ozlashtirish jarayonida bolada kreativ fikrlash, tasavvur, tafakkur, muloqot qobiliyatlari ham rivojlanishi mumkin. Bu jarayonda bola va oqituvchi birgalikda bolaning aniq kreativ fikrlashiga boysunadigan ochiq muammolar tizimiga aylanadi. Bu jarayon yosh oquvchi uchun qulay bolgan shakllarda amalga oshirilishi kerak. Ushbu nazariya doirasida kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlardan samarali foydalanish, darsning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, bu oqituvchi tomonidan pedagogik ssenariyning yaratilishi va yosh oquvchilar tomonidan ijodiy faoliyat jarayonida yangi harakatlarning indikativ asosini o`zlashtirilishi bilan belgilanadi.
Boshlangich sinflarda ona tili darslarni otkazish, tashkil etishda, kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar quydagilar:
“Men kimman yoki nimaman?” o’yini
O’yinning maqsadi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, topqirlikka, izlanuvchanlikka, har bir ta’rifga kreativ fikrlagan holda to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatish.
O’yin jihozi: mavzuga doir shakl, predmet, biror kasbkor kishisi va h.k.
O’yinning borishi: doskaga bir o’quvchi chiqariladi va uning boshiga aniqlanadigan narsa, shakl, rasm, kiydiriladi. Kiydirilgan narsani o’quvchi ko’rmaydi. Sinfdagi o’rtoqlarning boshidagi belgilarini navbat bilan aytib turadilar. Ular aytib turib belgilarni diqqat bilan eshitib, mushohada qilib, o’zining kimligini, ya’ni boshidagi shakl, narsaning nomini topishi kerak bo’ladi.
Ona tili darsi uchun: 3-sinf darsligida “Ot so’z turkumi” mavzusi o’rganilayotganda darsning mustahkamlash bosqichida shu o’yindan foydalansa bo’ladi.
O’quvchilar: U nima? so’rog’iga javob bo’ladi. U eng aziz ne’mat. U un mahsulotidan tayyorlanadi. O’quvchilar nonning belgilarini sanayotganlarida, o’quvchi “Men eng aziz ne’mat nonman” deyishi mumkin.
Hulosa qilib aytganda, oquvchilarga turli muammolar bilan mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan oldin, ularni mashqlar yordamida hal qilishning umumiy algoritmlarini korib chiqish kerak. Oquvchilar vazifalarni bajarishda muammoning mohiyati bolgan ob’yektlar qanday muammoligini farqlashni va bunday muammolar qancha ekanligini aniqlash va hal qilish tamoyilini ozlashtirishi lozim. Bunday analitik vazifalar, spekulyativ rejada ishlashga, bosqichma-bosqich otishni amalga oshiradi. Bunday holda, har bir xususiyat alohida tahlil qilinmaydi, balki butun xususiyatlar toplami hisobga olinadi. Shu bilan birgalikda tegishli tushunchalar, vazifalarning yonma-yon joylashishi, taqqoslanishi, qarama-qarshiligi, korib chiqilayotgan faktlardagi oxshashlik va farqlarni aniqlashga katta ahamiyat beriladi. Oquvchilarda ona tili darslarida kerativ fikrlashni rivojlantirish mazmuni tahlili shuni korsatdiki, ona tili fanini vazifalari bilan birga ona tili darslarida oquvchilarning kerativ fikrlashni rivojlantirish uchun yosh oquvchilarning mustaqil tahlil qilish va fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, intellektualni shakllantirish uchun sharoit yaratish, harakatlar, masalan turli mashqlardagi vazifalarni solishtirish, ularning tasnifini otkazish, taklif qilingan vaziyatni tahlil qilish va xulosalar bilan muhim xususiyatlarni ajratib korsatish, ozlashtirilgan harakat usullarini yangi oquv vaziyatlarida qollash. Boshlangich sinflarda kreativ fikrlashni maqsadli shakllantirish uchun psixologik-pedagogik sharoit yaratish izchil, tizimli ish olib borish kerak, bu orqali yosh oquvchilarning kreativ fikrlashi rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.S.B.Qorayev, S.B.Allayorova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari”.
Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami. 2020-yil
2. S.B.Sangirova, J.A.Raxmatov, S.G’.Xasanova, M.T.Hojiyeva “Umumta’lim maktablari uchun STEAM ta’limini joriy etish(Metodik qo’llanma).
Toshkent. 2022-yil
3.G.A.Yusufaliyeva, N.N.Abduraxmonova, A.M.To’rabekova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda o’qituvchining roli”. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami. 2021-yil.
4.Sh.Ismatova, N.Sherboyeva “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida mashqlar vositasida kreativ fikrlashga o’rgatish metodlari mazmuni”. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami. 2020-yil

KONFERENSIYA |





Download 43.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling