I. Malakaviy o‘quv amaliyotining mazmuni
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
4 2 Malakaviy o\'quv aмалиёт дастур 2 kursga 2
2 3 I. Malakaviy o‘quv amaliyotining mazmuni Mazkur malakaviy o‘quv amaliyoti dasturi barcha bakalavriat ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalari majmuini o‘z ichiga oladi. 1.1. Malakaviy o‘quv amaliyotining maqsadi va vazifalari: Malakaviy o‘quv amaliyotini o‘tkazishdan maqsad – talabalarda fan haqidagi nazariyalar shakllanishi va rivojlanishini, mazmun-mohiyatini tushungan holda ijtimoiy voqelikka mustaqil munosabatini shakllantirish, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan iborat. Malakaviy o‘quv amaliyoti talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalariga asoslanadi. Malakaviy o‘quv amaliyoti davomida talaba: ixtisoslik fanidan turli tip va turdagi darslarni tashkil etish va ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish; o‘zi va kursdoshlari, shuningdek, o‘qituvchilar darslarini tahlil qilish; o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash; ixtisoslik bo‘yich sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish; ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va olib borish; ta’limning texnikaviy vositalaridan foydalanish; sinf rahbari sifatida ish olib borishi lozim. Malakaviy o‘quv amaliyotining vazifalari: - bo‘lajak maktab menejmenti o‘qituvchisida avvalgi bosqichlarda egallagan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida darslarni tashkillashtira olish va ularning natijalarini tahlil qila olish malaka va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash; - fanning imkoniyatlaridan foydalanib turli hujjatlar tahlil qilishni o‘rganish; - amaliyotchi-talabalarning oliy o‘quv yurtida egallagan bilimlarini 4 mustahkamlash va o‘quvchi-talabalar bilan olib boriladigan dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni amaliyotida tadbiq etishni o‘rgatish; - amaliyotchi-talabalarda uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta‘limiy-tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o‘rganish, dars, darsdan tashqari turli ko‘rinishdagi ta’limiy- tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil qilish, o‘quv-malakalarini takomillashtirish; - talabalarda dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish o‘quv malakalarini shakllantirish; - talabalarni sinf rahbari yordamchisi sifatida, sinf rahbari vazifalarini bajarishga, o‘quvchilar bilan individual va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish; - talabalarni ta’limiy-tarbiyaviy ishlar sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga jalb etish; - talabalarda pedagogik faoliyatga ijodiy, ilmiy va amaliy yondashish munosabatlarni, ijtimoiy pedagogik faollikni tarkib toptirish; - erkin va mustaqil fikrlovchi, o‘z ustida muntazam ishlovchi shaxs bo‘lish ko‘nikmasini qaror toptirish; - hozirgi zamon uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimidagi pedagogik faoliyatga ijodiy, tanqidiy yondashishni shakllantirish; - amaliyot ob’ektlaridagi o‘qitishning yangi texnologiyasi bilan yaqindan tanishish; - amaliyotchi talabalarda kasbga qiziqishni va muhabbatni shakllantirish asosida pedagogik faoliyatga tadqiqotchilik va ijodiy yondoshishni qaror toptirish; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning ta’minotidan foydalanish, ixtisoslik fanlari o‘qituvchilarining darslarini kuzatish va tahlil qilish; darslarni texnologik xaritasini ishlab chiqish; o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish; o‘quvchilar bilimlarini baholash va nazorat qilish shakllarini o‘rganish; o‘tkaziladigan malakaviy o‘quv amaliyoti kundalik daftarini muntazam yoritib borish; dars mavzulariga doir didaktik materiallarni tayyorlash; mavzular bo‘yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o‘rganish; o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy 5 texnologiyalardan samarali foydalanish; malakaviy o‘quv amaliyoti yuzasidan hisobot hujjatlarini tayyorlash va boshqalar. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling