Shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial
kabeldan foydalanish bilan bog‗liq. Ma‘lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bо‗yicha
har ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi.
Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga jо‗natilgan bо‗lsa, faqat о‗shagina
qabul qila oladi. Xizmat kо‗rsatish tartibi parallel.
Bu hol shinali topologiya bilan LHTning tezkor harakatini ta‘minlaydi. Tarmoqni
kuchaytirish va konfiguratsiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. Shinali
topologiya tarmog‗i alohida uzellarning buzilish ehtimolligiga chidamli. Ushbu turdagi
topologiya tarmog‗i hozirchi kunda joriy etilgan. Shuni ta‘kidlash lozimki, ularning
kо‗lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini
beradi.
Yulduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar
ulanadi. Har bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan alohida о‗z aloqa tarmog‗iga
ega. Barcha ma‘lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborot
oqimini retranslyatsiya qiladi va yо‗lga soladi.
Yulduzsimon topologiya LHT uzellarining bir-biri bilan о‗zaro ta‘sirini osonlashtiradi.
Ayni paytda LHTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga
bog‗liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi
mumkin.
U yoki bu topologiyani tanlash LHTni qо‗llash sohasi, uning uzellari geografik
joylashuvi va tarmoq hajmi bilan belgilanadi.
Tarmoq kommutatori- bu bir necha kompyuter tarmog`i uzellarini bir sohadagi
segmentda birlashtirish uchun qo`llaniladi. Konsentratorlardan uning farqi biriga berilgan
traffic qolgan barchasida ham shunday bo`ladi, konsentrator faqat kerakli qabul qiluvchiga
uzatadi. Bu esa xavfsizlik va imkoniyatni oshiradi ma`lumotlani boshqa tarmoq segmenti
bajarishi shart emas bo`ladi.
Kommutatorlar OSI modelidagi kanal darajasi bilan ishlaydi va umuman olganda u
tarmoqdagi har bir uzelga MAC adressi bilan bo`g`lanadi. Bir necha tarmoqlarni yana
tarmoq ko`rinishida ulash uchun marshrutizatorlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |