I ma’ruza: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/31
Sana06.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1334308
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Mavzu Telekommunikatsion axborot ta`minotini sport sohasiga qo‘

Ajratilgan serverli tarmoq. Ajratilgan serverli tarmoqda kompyuterlardan biri barcha 
ishchi stansiyalar uchun mо‗ljallangan ma‘lumotlarni saqlash, ishchi stansiyalar 
о‗rtasidagi о‗zaro aloqani boshqarish va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Bunday 
kompyuter odatda tarmoq serveri deb yuritiladi. Unga tarmoq operatsion tizimi о‗rnatiladi, 
yana unga barcha taqsimlanadigan tashqi qurilma - qattiq disklar, printerlar va modemlar 
ulanadi. Ishchi stansiyalar о‗rtasidagi о‗zaro ta‘sir odatda server orqali amalga oshiriladi. 
Markaziy qurilma rolini server bajaradi. Markazlashtirilgan boshqaruv tarmoqlarida ishchi 
stansiyalar о‗rtasida axborot almashuv imkoniyati mavjud. Buning uchun Netlink 
dasturidan foydalanish mumkin.
Ajratilgan serverli tarmoqning afzalligi:
• 
Axborotni himoyalashning ishonchli tizimi;
• 
tezkor harakat;
• 
ishchi stansiyalar sonining cheklanmasligi;
• 
birinchi darajali tarmoqqa nisbatan boshqaruvning oddiyligi.
Ajratilgan serverli tarmoqning kamchiligi:
• 
Server uchun bitta kompyuter ajratilishi tufayli narxining qimmatligi
bir 
darajali (rang) tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.
Ajratilgan serverli tarmoqlar nisbatan keng tarqalgan kompyuter tarmog‗i hisoblanadi.
  
2.2. Lokal tarmoq topologiyasi.  
 Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. 
Lokal tarmoqlarida kо‗pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: 
monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa kо‗pgina topologiyalar shu uchtasidan 
kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish 
uslubining о‗zi zarur.
Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma‘lumotlarni uzatish 
kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar tо‗plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng 
tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Trken-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy 
qurilma bо‗lib, har bir kompyuter tarmog‗iga о‗rnatiladi va tarmoq kanallari bо‗yicha 
axborot uzatish hamda qabul qilishni ta‘minlaydi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling