I mavzu: Dunshunoslik fanining predmyeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 20.68 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi20.68 Kb.
#110795
Bog'liq
1 мавзуДокумент Microsoft Word


I Mavzu: Dunshunoslik fanining predmyeti, maqsadi va vazifalari.
REJA:

1. Dunshunoslik fanining predmeti.

2. Dunshunoslik fanining asosiy maqsadi va vazifalari.

3. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va talim tizimidagi o’rni.


1. Dunshunoslik fanining predmeti. Mustaqilikka erishganimizdan kyeyin ryespublikaning barcha oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida dinshunoslik fani o`qitila boshlandi. Bu ish jamiyatni dyemokratik asoslarda qayta qurilishi, takomillashuvining nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish yo`lida muhim qadam bo`ldi. Zyero, yurtimizning milliy mustaqil taraqqiyot yo`liga chiqishi, iqtisodiyotni yangi tamoyillar asosida boshqarishga o`tilishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi, huquqiy davlat va dyemokratik jamiyat asoslari yaratilayotganligi ijtimoiy fanlar rivojiga alohida e’tibor byerish zaruriyatini kun tartibiga qo`ydi.

Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.

“Dunshunoslik” fani ham ana shu asosda vujudga kelgan bo’lib u talabalarda jahon dinlarining tamadduni, rivojlanishi, tarixi, falsafasi, xalqlar ijtimoiy va manaviy hayotida tutgan o’rni bo’yicha ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek, din niqobi ostidagi turli buzg’unchi g’oyalarning mohiyatini anglab yetish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu fan din, uning kelib chiqishi va ta’limoti, dinlar tasnifi, dunyo dinlari tarixi tushunchasi, pryedmyeti va vazifalari, tamoyillari, manbalari, jahon dinlari, ushbu din vakillari, ularning urf-odatlari, an’analari, dinlar o’rtasidagi bag’rikenglik kabi masalalarni o’z ichiga oladi.

Dunshunoslik fani va dunyo dinlarining insoniyat hayotida tutgan o’rnini ilmiy jihatdan o’rganuvchi fandir. Dunyo dinlari tarixi fani insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lib, jahon dini darajasiga kutarila olgan din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnosiologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini o’rganadi.



2. Fanning maqsadi va vazifalari. Dunyo dinlari tarixi fanining jamiyat hayotida bajaradigan maqsad va vazifalari mavjud bo’lib, fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga jahon dinlarining shakllanishi, mohiyati, tarixi, tamadduni, hozirgi holati, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tarbiyaviy ahamiyati, manaviy madaniyat rivojiga qo’shgan hissasi, diniy e’tiqod, undan kutilgan asosiy maqsad haqida ilmiy malumot berishdan iborat.

O’zbekiston qator Osiyo davlatlari (islomga e’tiqod qiluvchilarning 2/3 qismidan ko’prog’i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% dan ortiqrog’ini tashkil etadi) qatorida islom dini keng tarqalgan mamlakatlardan biri ekanligini hisobga olib, mintaqada VIII asrdan boshlab uning jamiyat hayotiga kirib borishi, xalq madaniyati va manaviyatini rivojlantirishga qo’shgan hissasi haqida talabalarga ilmiy, falsafiy, aynan dunyoviy bilimlar bilan keng, batafsil malumot berish ham nazarda tutilgan. Talabalarni islom dini talimoti va manaviyati, milliy va diniy qadriyatlar uyg’unligi, umuminsoniy qadriyatlar bilan mushtarakligi, mustaqil rivojlanish sharoitidagi ahamiyatidan xabardor qilishni tavsiya etgan holda mazkur darajaga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi yangi tahrirdagi qonun, qator huquqiy kodekslar amali dastur bo’lib xizmat qilyapti.



Fanning vazifasi – talabalar ongiga jahon dinlari turlari, ularda vujudga kelgan yo’nalish va mazhablar, jahon dinlarining ijtimoiy funksiyalari haqida ilmiy-mantiqiy xulosa chiqara olish, shu bilan bir qatorda milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda jahon dinlarining hissasi va o’rnini asosli ravishda tahlil qila olish qobiliyatini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Fanni o’qitishda ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, xolislik tamoyillariga amal qilgan holda an’anaviy usullar bilan bir qatorda davra suhbati va ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Fanning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

- Dinning mohiyati, uning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyoti haqida ma’lumot beish;

- Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy-ma’naviy, ruhiy vazifalari haqida tushuncha berish;

- Dinning tarixiy turlari-ibtidoiy, milliy va jahon dinlari haqida ma’lumot berish;

- Insoniyat jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida dinning tutgan o’rni haqida ma’lumot berish;

- Jamiyatni ma’naviy kamol topishida diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;

- Islom dinning Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga ta’siri haqida ma’lumot berish;

- Dunyoviy davlat va dinning o’zaro munosabatlari haqida,O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunning mazmuni haqida tushunchalar beriish.

Dunyo dinlari tarixi fanining yuqorida bayon etilgan maqsadlari bevosita uning vazifalarini belgilab beradi.

Bular esa:

- din haqida yosh avlod ongida ma’naviyat qadriyat va ma’naviy merosimizning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan diniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirish;

- insoniy xislatlarini tarbiyalashda dinning katta ahamiyatiga ega ekanligini ko’rsatish;

- Islom dini va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish;

- O’zbekiston fuqarolarida diniy va dunyoviy ilimlarni rivojlantirishga hissa qo’shgan ulug’ mutafakkirlarimizning ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg’usini shakllantirish;

-Tarixiy,ma’naviy merosimiz bo’lgan diniy qadriyatlardan barkamol insonni tarbiyalash jarayonida ijobiy tarzda foyfalanish.

Din bag’rida shakllangan ma’naviy axloqiy qadriyatlar bugungi kuda, O”zbekistonda ma’naviy uyg’onish, milliy tiklanish jarayoni ketayotgan,komil insonni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida munosabat olib borilayotgan bir sharoiga muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’zbekistonda din va diniy qadriyatlaga boy tarixiy-ma’naviy meros ma’naviyat hamda qadriyat sifatida munosabatda bo’linib, diniy qadriyatlardan jamiyatni ma’naviy axloqiy poklash va barkamol insonni tarbiyalash jarayonida ijobiy tarzda foydalanilmoqda.



3. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va talim tizimidagi o’rni. Dunyo dinlari tarixi fani axloqshunoslik, nafosatshunoslik, tarix, sotsiologiya, huquqshunoslik, adabiyot, etnografiya, arxeologiya, psixologiya, madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan o’zaro bog’liqdir. Falsafa barcha fanlarning umumnazariy, metodologik asosi sifatida dinning mohiyatini, uning ildizlarini o’rganadi va dinning qarashlar va ta’limotlarining falsafiy mohiyatini yo’ritadi. Dunyo dinlari tarixi fani diniy ta’limotlarning kelib chiqishi va mohiyati, ta’limoti hamda jamiyat hayotida tutgan o’rnini ilmiy jhatdan o’rganib, talabalarga ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga yo’rdam beradi. Dunyo dinlari tarixi fani talabalarda din va uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazxablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to’g’ri dunyoqarashni shakllantirib bunda, O”zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila Kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.

“Dunyo dinlari tarixi” fani umumkasbiy fan bo’lib, fan o’quv ryejasida ryejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (O’zbyekiston tarixi, o’zbek adabiyoti, etnomadaniyat, huquqshunoslik, O’zbyekiston Ryespublikasi Konstitutsiyasi va h.k.) dan yyetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.

Fanning talimdagi o’rni. Fan tarkibida fan tushunchasi, pryedmyeti, uslubi va vazifalari, tamoyillari, jahon dinlari, ularning turlari, vakillari, urf-odatlari va boshqalarni talabalarga yetkazish uchun xizmat qiladi.

Ushbu fan dinshunoslik fanining bir qismi bo’lib, unda jahon dinlari keng qamrovli o’qitiladi.
Download 20.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling