I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari


Download 142.24 Kb.
bet10/18
Sana03.12.2020
Hajmi142.24 Kb.
#157900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
ma'ruza

3. Metodologiya tushunchasi


Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ulanadigan mutaxassis izlanish ob’ekti, predmeti, tadbiq qilinadigan usullar, uslubiy va konseptual vositalar to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Bunday mulohaza metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.

Metodologik mulohazalarga bo‘lgan ehtiyojni tadqiqotni ko‘p bosqichli va ko‘p tomonlama  jarayonga ko‘p bosqichli  aylanishi, izlanish ob’ekti, ob’ektni tushuntiradigan g‘oyalar va nazariyalarni tobora murakkablashib borishi, tadqiqot usulini roli va ahamiyatini ortib borishi taqozo etadi.

Metodologiyani o‘zini quyidagicha ta’riflash mumkin: metodologiya – insonning ilmiy va amaliy faoliyatini tashkil qilish, tadqiqot faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan usullar, ularning bilishdagi roli va  ahamiyati, izlanishda vujudga keladigan nazariy va uslubiy muammolarning xususiyati haqidagi ta’limotdir.

Tadqiqotda ma’lum mantiqiy qoidalar, tafakkur shakllari va usullaridan foydalaniladi. Bular orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilamiz, qayta ishlaymiz. U yoki bu usuldan foydalanish uslubiy faoliyatni bildiradi. Uslubiy faoliyat esa tadqiqot faoliyatini tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Oldingi bo‘limda biz ilmiy tadqiqot va usul o‘rtasidagi bog‘lanish, usulni tadqiqotda amalga oshiradigan funksiyalari xususida mulohaza yuritdik. Aslida bunday mulohazalar metodologik mulohaza turiga kiradi.

Metodologiyaning mazmuni, predmeti va vazifalarini chuqur anglashga yordam beradigan fan falsafadir. Falsafa metodologiyaning metanazariy asosidir.

Ayniqsa, fan bir tarixiy tipdan boshqasiga, xususan, noklassik ilmiy bilish bosqichidan postnoklassik ilmiy bosqichga o‘tish davrida tadqiqot ob’ekti, predmeti, tafakkur tarzi va boshqa tarkibiy qismlarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarga talqin berish, ularning mohiyatini ochib berish falsafani vazifasidir. Bundan tashqari falsafa metodologiya masalalari mazmuni, istiqboli, paradigmal yangilanishini tahlil qilib beradi, yangi falsafiy -metodologik muammolarni o‘rtaga tashlaydi.

Shunday qilib, tadqiqot metodologiyasi ilmiy bilish jarayonida bevosita tatbiq qilinadigan umumilliy va sohaviy usullar, yondashuvlar, ilmiy faoliyatni tashkil qilish shakllari va modellari, tadqiqot tuzilishi va samaradorligi masalalari bilan shug‘ullanadi.

Tadqiqot metodologiyasiga oid nazariy va amaliy bilish usullari, modellari va dasturiy loyihalarni o‘rganish mutaxassislarni yangi ilmiy tamoyillar, ko‘rsatmalar va izlanish vositalari bilan qurollantiradi.

 

4. Tadqiqot usullari tasnifi


Hozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, gorizontal va vertikal aloqalarga ega bo‘lgan, cheksiz kataklardan iborat global golografik tuzilmani eslatadi. Tadqiqot ob’ekti, predmeti, qo‘yilgan maqsad va ishlab chiqarishga tatbiq qilish xususiyatiga qarab bunday tuzilma bilish sohalari, tarmoqlari va yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi. Ularni tasniflashda birinchi navbatda fundamental va amaliy-texnologik fanlarni farqlaydilar.

Fundamental fanlarda (metematika, fizika, umumiy sotsiologiya va boshqalar) nazariy bilish usullardan, amaliy-texnologik fanlarda (texnikashunoslik, qishloq xo‘jaligi fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) tajribaviy – eksperimental usullardan foydalanish ustuvor ahamiyatga ega.

Tatbiq qilish sohalariga qarab izlanish usullari 3 ta katta guruhga bo‘linadi. Birinchisiga eng umumiy tadqiqot usullari-falsafiy izlanish usullari kiradi. Bular plyuralistik yondashuv, tanqidiy ratsionalizm, dialektik, germenevtik, fenomenologik va boshqa falsafiy tadqiqot usullari bo‘lib, ular nazariy tafakkurni yuqori qatlamlarida amal qiladi. Bu qatlamda ilmiy tadqiqot usullarini mohiyati, funksiyalari, o‘zlariga xos xususiyatlari tahlil qilinadi, yangi g‘oyalar va tamoyillarning nazariy va uslubiy mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama qilinadi.

Ikkinchisiga umumilliy tadqiqot usullari kiradi. Bu  tadqiqot usullaridan fanning turli sohalari va tarmoqlarida foydalanadilar, shu bois ular fanlararo, tarmoqlararo tatbiq qilish hislatiga ega.

Umumilmiy tadqiqot usullarini tasniflash ilmiy bilish darajalari tushunchasi bilan bog‘langan. Xususan, empirik bilish darajasida kuzatish, taqqoslash, eksperiment usullari qo‘llaniladi. Nazariy tadqiqot sohasida tuzimli yondashuv, aksiomalashtirish, mavhumlashtirish, formallashtirish usullaridan foydalanadilar.

Hozirgi paytda umumilmiy maqomga ega bo‘lgan ob’ektlarni sinergetik yondashuv  tamoyillari asosida o‘rganish keng tarqalmoqda. Ayni paytda sinergetik tadqiqot metodologiyasi ham shakllanmoqda.

Shunday usullar mavjudki, ular ham empirik, ham nazariy bilish darajasida qo‘llaniladi. Masalan, axborotli (informatsion) yondashuv, modellashtirish, kompyuterli eksperiment va boshqalar.



Uchinchi guruhni  maxsus ilmiy tadqiqot usullari  tashkil qiladi. Barcha ilmiy yo‘nalishlarda konkret tizimlar, xossalar va qonuniyatlarni o‘rganish maqsaida juziy (maxsus) ilmiy usullar ishlab chiqiladi. Aytaylik, fizikada spektral tahlil usuli, biologiyada xromatografik tahlil va modellashtirish usuli, matematikada tenzor hisoblash usuli, madaniyatshunoslikda komparativistik tadqiqot usuli va boshqalar shular jumlasidandir.

Xulosa qilib aytganda, fanda ilmiy yutuq va samaradorlikka erishishni muhim shartini tadqiqot usulini ishlab chiqish va tatbiq qilish, fan va texnologiya taraqqiyotiga javoban usul va uslubiy yondashuvlarni yangilash tashkil qiladi.

Tadqiqot usuli fanda o‘ziga xos richag (pishang) rolini o‘ynaydi, ob’ektni yangi hislatlari va qonuniyatlarini ochish, olingan ma’lumotlarni tavsiflash, tahlil qilish, gipoteza, g‘oya va nazariyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Shu bois tadqiqot usuli masalalarini qo‘yish, ularni ishlab chiqish, samaradorligini ko‘tarish fanda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Yana bir marta qaytaramiz!

1.                Inson o‘z faoliyati samaradorligini oshirish uchun turli vosita va usullardan foydalanadi.

2.                Usul-bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan qoida, ko‘rsatma va tamoyillar tizimidir.

3.                Usul biron – bir faoliyatni amalga oshirish quroli sifatida oldin jismoniy mehnat, keyinchalik aqliy faoliyat sohasida keng tatbiq qilingan.

4.                Usul izlanish samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol bo‘lib, ilmiy tadqiqotda belgilangan muammolarni hal qilishni muhim shartidir.

5.                Izlanish ob’ekti qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik takomillashgan tadqiqot usullaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

6.                Olimlar va faylasuflar har doim tadqiqot usuli muammolari bilan shug‘ullanishgan.

7.                Tadqiqot va usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Yangi ishlab chiqilgan g‘oyalar va tushunchalar keyingi tadqiqotlarda uslubiy qoida, tamoyil sifatida foydalaniladi.

8.                Tadqiqot usuli ob’ektga berilgan savolga javob olish vositasidir.

9.                Usulga doir mulohazalar metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.

10.           Fan yoki mavjud nazariyada tub o‘zgarish sodir bo‘lganda, tatbiq qilinayotgan usullar qayta ko‘rib chiqiladi, yangi tadqiqot ob’ektiga mos izlanish usuli ishlab chiqiladi. Bu ish metodologik faoliyat doirasiga kiradi.

11.           Metodologiya usul, uning mohiyati va funksiyalari, usullarning ijodiy hislatlari haqidagi ta’limot bo‘lib, doimo tadqiqotchining diqqat markazida turadi.

12.           Fanda sodir bo‘layotgan differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (birlashish) jarayonlari usullar ko‘pxilligi hodisasini keltirib chiqaradi.

13.           Tadqiqot usullari tasnifini bir qancha asos  yoki belgi bo‘yicha amalga oshirish mumkin:

         - yo‘nalishlar bo‘yicha, matematik, fizik, biologik va usullar;

         - soha va darajalar bo‘yicha: tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-gumanitar tadqiqotlar usuli;

         - tatbiq qilinish miqyosi bo‘yicha : eng umumiy, umumilliy, maxsus ilmiy usullar.

Savollar va vazifalar

1.                Inson faoliyati va usul o‘rtasida qanday bog‘lanish mavjud? Misollar keltiring.

2.                Usul nima?

3.                Usulni samaradorlik (foydali) jihatlari nimalardan iborat? Izohlab bering.

4.                Tadqiqot jarayoniga usulni nima aloqasi bor?

5.                Usulning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini ko‘rsating?

6.                G.Galiley qanday usul yoki yondashuvni tanqid qilgan, o‘zi qanday usuldan foydalanishni tavsiya qilgan?

7.                R.Dekart ishlab chiqqan usul qanday qoidalardan iborat?

8.                Qanday fizik kashfiyot usulga aylandi?

9.                Tadqiqot usulini tanlashda qanday metodologik qoidalarga rioya qilish kerak?

10.           Metodologi ya nima?

11.           Metodologiyani zarurligi nimadan kelib chiqdi?

12.           Metodologik mulohazalar predmetini izohlab bering?

13.           Qaysi davr yoki sharoitda metodologiya masalalariga diqqat-e’tibor kuchayadi.

14.           Tadqiqot usullari tasnifi nima?

15.           Usullar tasnifini bilish nima uchun kerak?

16.           Qanday asoslar yoki belgilar bo‘yicha usullar tasnifi ishlab chiqilgan?

17.           Mavjud tadqiqot usullari tasnifini izohlab bering?

 

 

 



 

 

 



 


Download 142.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling