I-mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari Reja


Download 23.32 Kb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1313387
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari



I-Mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari
Reja:
1.1. Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi
1.2. Korxonanaing tashkiliy-huquqiy shakllari
1.3. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti



    1. Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi

Bozor munosabatlari sharoitida korxona butun iqtisodiyotning asosiy bо‘g‘inidir, chunki korxonada aynan shu darajada jamiyat uchun zarur bо‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi, zarur xizmatlar kо‘rsatiladi.


О‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat о‘zgarishlariga sabab bо‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yо‘naltirilgan, bozor munosabatlariga о‘tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xо‘jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bо‘g‘ini bо‘lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat kо‘rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’muriy buyruqbozlik xо‘jaligidan farqli о‘laroq iqtisodiy faoliyat markazi barcha iqtisodiyotning asosiy bо‘g‘ini bо‘lmish – korxonalar tomoniga siljib о‘tadi.
Mahsulotlar yaratish va xizmatlar kо‘rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va kо‘nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan hoda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi.
Korxona ish о‘rinlarini beradi ish haqi tо‘laydi soliqlar tо‘lash yо‘li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.
Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan о‘zaro aloqasi amalga oshiriladi.
Korxona о‘z faoliyatini о‘zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa tо‘lovlarni tо‘lagandan sо‘ng qolgan qismini tasarruf etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xom ashyo yetkazib beruvchilar va haridorlar baholarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qо‘llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.

Korxonalarni kо‘plab mezonlarga kо‘ra tasniflash mumkin, eng muhimi korxonalarni tasniflashda quyidagi omillar mavjud:


- faoliyatning maqsadi va mohiyati,
- ishlatilgan manbalar,
- sohaga qarashli;
- Manzil;
- korxona hajmi;
- mulkchilik shakli;
- tashkiliy-huquqiy shakli kabilar
1. Faoliyatning maqsadi va xususiyatiga kо‘ra korxonalarning ikki turini ajratish mumkin:tadbirkorlik (tijorat)vatadbirkor bо‘lmagan (notijorat), ularning mavjudligi davlatning byudjet tomonidan moliyalashtirilishi bilan ta’minlanadi.
2. Amaldagi resurslarning xususiyatlariga kо‘ra korxonalar quyidagilarga bо‘linadi.
- asosan mehnat resurslaridan foydalanish (mehnat talab qiladigan);
- ishlab chiqarish vositalaridan intensiv foydalanish (kapital talab qiladigan);
- materiallardan intensiv foydalanish (material talab qiladigan) korxonalar mavjud.

Kapital kо‘p talab qiladigan korxonalarda, ayniqsa, ishlab chiqarish vositalari juda kо‘p bо‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining muhim qismi amortizatsiya tо‘lovlari hisoblanadi.






Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling