I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish, ikki palatali parlament joriy etilishi


Download 400.25 Kb.
bet10/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

3. Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish, ikki palatali parlament joriy etilishi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish maqsadida ikki palatali parlament joriy etildi, Prezidentga tegishli ayrim vakolatlar Senat va Bosh vazir zimmasiga o‘tkazildi. 2007 yilda O‘R Konstitutsiyasidan mamlakat prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘I ekanligini belgilovchi norma bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritildi. Unda O‘R Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan – to‘g‘ri saylash huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanishi ko‘rsatib o‘tilgan. 98-moddada O‘R Bosh vaziri va O‘R Oliy majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda depututlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘R Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘R Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasida Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritilgan.


Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament fransuzcha “parle” (“gapiraman”) so‘zidan olingan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament qonun bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi. Parlamentarizm tajribasi shuni ko‘rsatadiki, parlament bir palatali va ikki palatali bo‘lishi mumkin.
1990-1994 yillarda O‘zbekiston parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, bir palatali, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda parlament Oliy Majlis nomi bilan atalib, bir palatali va uning 250 deputati mavjud edi. 2005 yil 27 yanvarda O‘R Oliy Majlisi ikki palatali parlament qilib shakllantirildi. Uning quyi Qonunchilik palatasi 120 deputat, Senat (yuqori palatasi) esa 100 senatordan tashkil topib, jami parlamentda 220 ta a’zo faoliyat yuritdi.
Parlamentning ikki palatali bo‘lishidan quyidagilar ko‘zda tutilgan:
Parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshiradi;
Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borilishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifati keskin oshadi;
Senat asosan mahalliy kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutonosibligiga erishiladi;
Aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lami yanada kengayadi;
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyatisari” prinsipi o‘zining hayotiy ifodasini topadi. Parlament tomonidan qabul qilinadigan qonunlar quyidagi uchustuvor xususiyatlarga ega bo‘ladi:
-qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bo‘lishi shart;
-bu qonunlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi shart;
- jamiyat hayotining qonunlarga mos bo‘lishi qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivojlanishida tutgan roli va mavqeini ko‘tarish, ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va faoliyatini chuqurlashtirish bilan belgilanadi.
Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etilsa, uni uchga asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchidavr — 1991-1994 yillar, ikkinchi davr — 1995-2004 yillar, uchinchi davr — 2005 yildan keyingiyillar.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling