I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy negizi


Download 400.25 Kb.
bet18/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy negizi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish va chuqurlashtirishda iqtisodiyotning xususiy sektorini-tarmog`ini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog`liq masalalar muhim ahamiyatga egadir.
Xususiy tarmoqni rivojlantirish davlat mulkchiligiga asoslangan totalitar tuzumdan xususiy mulkchilik printsiplari amal qiladigan demokratik jamiyatga o`tish jarayonining uzviy qismi bo`lib, o`ta muhim va hal qiluvchi o`rin tutadi. Ayni mulkchilik shaklining o`zgarishi iqtisodiyot va jamiyat hayotida ortga qaytarib bo`lmaydigan jarayonlar va o`zgarishlar uchun mustaqil zamin, keng asos yaratadi. SHundagina jamiyat hayotida ishlab chiqarish va ishlab chiqarish munosabatining tamomila yangicha tamoyillari amal qila boshlaydi.
Xususiy tarmoqni rivojlantirish istiqbollari haqida gapirilganda, eng avvalo, kichik va o`rta biznes hamda xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish to`g`risida gap boradi.
Xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyot va davlat taraqqiyoti , shu bilan birga, farovonlikka erishish yo`lidagi ishlarning samaradorligiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Bu sohaning afzallik tomoni moslashuvchanlik, tez orada faoliyat yo`nalishini o`zgartirish xususiyatidir. Katta-katta kompaniya millionlab so`mlik mahsulot chiqarib, to`satdan boshlangan inqiroz tufayli uni sota olmay sinishi mumkin. Kichik va o`rta biznes vakillari bunday vaziyatlarda, tabiiyki, ancha oson echim topadi.
Xususiy sohalarni rivojlantirish uchun mamlakatda puxta qonunchilik asoslari yaratilgan. O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasida shaxsiy mulkning daxlsizligi va uning davlat tomonidan himoya qilinishi aniq belgilab berilgan (53-moddaga qarang).
Mamlakatmizda mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e`tibor berildi. Jumladan, qishloqda ham bu sohaga alohida e`tibor berilmoqda. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”ning belgilanishi, 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e`lon qilinganligi fikrlarimizning dalilidir. Bu boradagi ijobiy ishlarni e`tiborga olib YUrtboshimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisidagi ma`ruzasida (2010 yil 12 noyabr) alohida ta`kidlaganidek, “mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikning roli va ulushini yanada kengaytirishni ta`minlay oladigan qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun dolzarb bo`lib qolmoqda.
O`zbekistonning 2010 yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi 50 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, afsuski, bu soha real iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoatda etakchi o`rinni egallay olmayapti”1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o`rta biznes taraqqiyoti muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan katta mablag` talab etmaydigan va resurslarning o`sish tezligini kafolotlovchi kichik va o`rta biznes korxonalari iqtisoddagi katta tuzilishlar bilan bog`liq bo`lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf harajatlarsiz echishga, ichki bozorni, moliyaviy resurslar chegaralangan bo`lishiga qaramay , iste`mol mollari bilan to`ldirishga qodirdirlar.
Kichik va o`rta biznesni taraqqiy etishi ko`p ustuvorliklarga ega:
  • Jamiyatda siyosiy turg`unlikni kafolotlovchi bosh garant – o`rta sinfning shakllanishida;


  • Turli ijtimoiy guruhlar daromadlarining mutanosibligini ta`minlab turuvchi iqtisodiy jihatdan faol bo`lgan aholi ulushining o`sishidir;


  • Faol va tadbirkor shaxslarni tarbiyalashda;


  • Nisbatan kam mablag` harjlab, yangi ish o`rinlarini yaratishda;


  • Texnologik, texnik va tashkiliy yangiliklarni ishlab chiqarishda va joriy etishda;


  • Raqobat muhitini yuzaga keltirishda;


  • Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni safarbar etishda, ulardan yanada samaraliroq foydalanishda;


  • Iqtisodning turli sektorlari o`rtasidagi o`zaro aloqani yaxshilashda;


Amaldagi qonunlarga muvofiq xolda va o`rta biznes egalari quyidagi guruhlarga ajratiladi:


YAkka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yhatidan o`tganligi haqida guvohnomasi bo`lgan jismoniy shaxs;
Mikrofirma – mulk shaklidan qat`iy nazar ishlab chiqarish tarmoqlarida aholi bandligining o`rtacha yillik hisobda 10 kishigacha savdo sohasida, xizmat ko`rsatish va boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarida – 5 kishigacha xodimi bo`lgan korxona;
Kichik korxona – mulkchilik shaklidan qat`iy nazar sanoat sohasida band aholining o`rtacha yillik soni 40 kishigacha bo`lgan; qurilishda, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat sohasida, chakana savdo va ishlab chiqarish bilan band bo`lmagan boshqa tarmoqlarda 10 kishigacha bo`lgan korxona;
O`rta korxona mulkchilik shaklidan qatiy nazar, ishchilarning o`rtacha yillik hisoboti kichik korxonalar uchun belgilangan sondan yuqori bo`lgan, lekin sanoat tarmog`ida – 100 kishidan; qurilishda – 50 kishidan, chakana savdoda, xizmat ko`rsatish va boshqa ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan tarmoqlarda – 20 kishidan oshmagan korxona.
Dunyodagi eng rivojlangan, jahon iqtisodiyotida etakchi mavqega ega bo`lgan ayrim mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ko`p masalalarni hal etishga, birinchi navbatda, aholi turmush darajasining doim yuqori bo`lishini ta`minlashga, avvalo, kichik va o`rta biznesni jadal rivojlantirishni rag`batlantiradigan davlat siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi.
O`zbekistonda ham mustaqillik yillarida bu borada izchil davlat siyosati olib borilib, muayyan ijobiy natijalar qo`lga kiritildi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi birinchi bosqichda qishloq xo`jalik sohasida:
- qishloqda xo`jalik yuritishning yangi shakllarini va etishtirilayotgan mahsulotning to`la huquqli xo`jayinlar deb his qildiradigan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish;
- er maydonlarini fermer (dehqon) xo`jaliklariga berish, shaxsiy tomorqa erlarini kengaytirish va erni meros qoldirgan huquqi bilan umrbod foydalanishga berish;
- qishloqda qayta ishlovchi korxonalarni, kasanachilik va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko`rsatadigan fikrlarni rivojlantirish;
- qishloqda ijtimoiy va ishlab chiqarish ijara strukturasini faol shakllantirish amalga oshiriladi.
O`zbekistonda demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishning bugungi kundagi va istiqboldagi vazifalari Prezidentimiz Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Qo`shma majlisidagi (2010, 12 noyabr) belgilab berildi. Jumladan, YUrtboshimiz ta`kidlaganlaridek, “Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”, “Xususiy korxona to`g`risida”, “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo`yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo`lib xizmat qilmoqda”.1
Tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida bo`lgan, o`tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat o`zini faqatgina erkin bozor girdobiga tashlab qo`ya olmaydi va bu sharoitda davlatni rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuvi zaruriyati tug`iladi. Bozor munosabatlariga o`tishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalarning davlat tomonidan tartibga solishi, ayniqsa muhimdir. Bu esa, birinchi navbatda, tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini tartibga solish mexanizmlarini o`zgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya`ni oqilona tashqi iqtisodiy siyosat yuritishni talab etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish deganda, eng avvalo, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashuvchilarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tashqi savdoni tartibga solish ma`muriy uslublarining ma`lum qadar qisqarishi, mavjud to`siq va g`oyalarini bartaraf qilishi tushuniladi. Bu mutlaqo muqarrar, ichki iqtisodiy munosabatlar erkinlashuvinng mantiqiy oqibatlaridir. Samarali bozor mexanizmini faqatgina jahon bozor munosabatlari bilan uzviy alohida tashkil qilingan bo`lishi mumkin. YAna bunda eng muhimi turli mamlakatlar iqtisodiy va huquqiy shakllarining ma`lum darajada o`xshashligidir. Tashqi iqtisodiy siyosatni erkinlashtirish islohotlarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi, o`tish davri iqtisodiyoti masalalari echimini tenglashtradi.
Bunday erkinlashtirishning asosiy shakllari – to`g`ridan – to`g`ri xorijiy investitsiyalarning mamlakatga kirib kelishini kuchaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarning davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishiga barham berish, import qilish jarayonidagi ortiqcha to`siqlarni olib tashlash, eksportning rivojlanishini faollashtirish, milliy valyutaning konvertatsiya qilinishini ta`minlashdir.
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo`ladi:
  • tashqi siyosat va iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;


  • tovarlarni eksport va import qilishning imtiyozli tartibini joriy qilish va notarif tovarlar ro`yxatini qisqartirish;


  • xorijiy investorlar uchun imtiyozlar tizimini vujudga keltirish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish;


  • xorijiy kreditlar va investitsiyalarni birinchi navbatda kerakli, ustuvor tarmoqlarga jalb qilish;


  • tashqi iqtisodiy faoliyat infrostrukturasini rivojlantirish.


Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga alohida e`tibor berildi. “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi, “CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida”gi qonunlar qabul qilindi.


Mazkur qonunlar sponsorlarni jalb qilishni, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashni va rivojlantirishni rag`batlantirishga yo`naltirilgan.
SHuningdek, Prezidentimiz Islom Karimov O`zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur`ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda ta`kidlaganidek, “erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilinishi hayotning o`zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to`hrisida”, “Investitsiya va axborot almashuvi to`g`risida”, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to`g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir”1.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling