I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Modernizatsiya qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining asosiy omili


Download 400.25 Kb.
bet20/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

Modernizatsiya qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining asosiy omili.

Mamlakatimizda xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun nafaqat sanoatda, balkiqishloq xo‘jaligida ham modernizatsiya ishlarini davr talabi darajasida takomillashtirish ko‘zda tutildi. Bu borada avvalo, tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish ob’ektlarining holatini yaxshilash, ularni zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan ta’minlash, chorva mollarining sifat darajasiga e’tibor kuchaytirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda jami sug‘oriladigan yerlarning qariyb 49 foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, uning deyarli 18 foizi kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardir. Sug‘oriladigan yerlarning 23foizidan ortiqroq qismi boniteti past yerlar toifasiga mansub. Meliorativ holati qoniqarsiz yerlarning katta qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.


Qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan chopiq traktorlarining 55 foizidan ko‘prog‘i va yer haydaydigan traktorlarning qariyb 46 foizidan 15 yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanib kelinayotganligi, ularning quvvati, ish unumi va yoqilg‘i iste’mol qilish darajasi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan.
Chorvachilik sohasini ham modernizatsiya qilish dolzarb masalaga aylandi. Birgina sut sog‘ib olish bo‘yicha ko‘rsatgich Daniya va Janubiy Koreyada 8-9,5 ming kilogrammni, Vengriya, Germaniya, Gollandiya kabi mamlakatlarda esa 6-7 ming kilogrammni tashkil etsa, bu raqam bizning respublikamizda erishilayotgan 1,7 ming kilogrammdan oshmagan11.
“Biz ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ish jarayoni samaradorligini va pirovard natijalarga erishishni jadallashtirish maqsadida ko‘p muammolar va masalalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashimiz lozim. Birinchidan, bizni boqadigan mana shu yer, mana shu tuproq. Uning unumdorligini oshirishimiz kerak. Buning uchun esa, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya ishlarini ustuvor maqsad deb qarashimiz shart. Ikkinchidan, qishloq xo‘jalikni zamonaviy texnologiya, texnika va uskunalar bilan ta’minlash hamda ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va sifati dehqonlarni qoniqtiradigan darajada bo‘lishi kerak. Agar lozim bo‘lsa, ularning texnika, o‘g‘it va boshqa kerakli jihozlar bilan arzonroq, imtiyozli tarzda ta’minlashimiz zarur”12.
Mamlakatda agrar munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish va samarali boshqaruv tizimini yaratish dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning samaradorligini oshirish, shuningdek mazkur sohada mavjud nomutonosibliklarni davlatning aralashuvisiz bartaraf etish oson emas edi. Iqtisodiy o‘zgarishlar jarayoni ko‘p jihatdan respublikada mulkdorlar qatlamini shakllantirishdek dolzarb vazifani hal qilish bilan bog‘liqdir. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali,-deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezident I.Karimov,-biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz
Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam –ya’ni o‘rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko‘p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda13.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez moslashuvchan, o‘zgarib turuvchi talablarga o‘z vaqtida javob berishga qodir bo‘lib, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tezda yetkazib berishning uddasidan chiqadi. Shu sababli fermer xo‘jaliklari zimmasiga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq aholisi turmush darajasini yuksaltirish kabi mas’uliyatli vazifalar yuklandi. Odam o‘zini chinakam mulkdor deb his etmas ekan, o‘z huquqlari uchun, pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun izchil kurashmaydi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda modernizatsiyaga e’tiborni kuchaytirish dolzarb vazifalardan biriga aylantirildi. “Ming afsuski,- deb ta’kidlangan edi O‘zbekiston respublikasining birinchi prezident I.Karimov,- biz modernizatsiya deganda, ko‘pincha sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilishni tushunishga o‘rganib qolganmiz, Xolbuki, sanoat bilan bir qatorda, iqtisodiyotimizning qishloq xo‘jaligi kabi yetakchi sohasini ham modernizatsiya qilish, uningtarkibiga kiradigan deyarli barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va texnologik yangilash ishlarini amalgi oshirishga katta ehtiyoj sezilmoqda14”.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida bu sohada zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqildi. 2008-2012 yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10530,2 kilometr xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida jami 59 milliard so‘mdan ortiq ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, mamlakatimizda 586,6 kilometrlik yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarida, 9 ta meliorativ nasos stansiyalarida, 627 ta melioratsiya quduqlari va boshqa bir qator melioratsiya ob’ektlarida tiklash ishlari bajarilishi natijasida 1 million gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilandi, 300 ming gektar maydonda sizot suvlar sathi pasaytirildi15. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2008 yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi, yer osti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi16.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 2003-2009 yillarda 801,5 ming AQSh dollari qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshirilib, shulardan chet el investitsiyalari hisobiga kiritilgan mablag‘ 560,4 ming dollarni tashkil etgan. Amalga oshirilgan bunday keng qamrovli tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi birmuncha oshdi, fermer xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish imkoniyati kengaydi17. Hozirgi paytda investitsiyalar agrar sohada sifat o‘zgarishlarining muhim omiliga aylanib bormoqda. Jumladan, Respublikaning Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, Markaziy Farg‘ona hududlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida irrigatsiya ishlarini qayta tiklash uchun 2010 yilda xalqaro moliya institutlarining 62 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘lari jalb etilgan.
Mustaqillik yillarida agrar soha olimlari paxtachilik, g‘allachilik, meva-uzumchilik, sabzovot –polizchilik, chorvachilik, veterinariya va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga, yer, suv, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish, tuproq unumdarligini saqlash va oshirish, agrar sohada islohotlarni chuqurlashtirish, fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Jumladan, Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari olimlari tomonidan yaratilgan “Buxoro-102”, “Buxoro-8”, “Andijon-37”, “Xorazm-127”, “Ibrat”, “Navro‘z” va boshqa yangi navlar 509,7 ming gektar maydonga ekildi. Ayni paytda, institutda “Buxoro-9”, “Buxoro-103”, “Oqdaryo-8”, “Parvoz”, “Paxtakor-1”, “O‘zPITI-102”, “O‘zPITI-202”, “O‘zPITI-1001”, “O‘zPITI-2601” singari ko‘plab yangi navlar ustida ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan g‘o‘zaning rayonlashgan S-6524, “Namangan-77”, “Omad”, S-4727, “Sulton”, va S-5641 g‘o‘za navlari 486,8 ming gektarga ekilgan. Ulardan 80-90 milliard so‘mlik iqtisodiy samaradorlik kutilmoqda.
Tashqi muhitning ekstremal sharoitlarida hosildorlik, tezpisharlik va viltga chidamlilik bo‘yicha raqobatbardosh, tola sifati IV-tipga mos g‘o‘za navlarini uzoq duragaylash uslubi asosida yaratishda O‘zG‘SUITIning Qashqadaryo filialida g‘o‘zaning S-9083, S-9084, “Charos”, L-425 nav va tizmalari, Xorazm filialida esa “Charos” navi sho‘rlanishga va suv tanqisligiga chidamliligini aniqlash maqsadida ekildi va Davlat nav sinash uchastkalarida sinovdan o‘tdi. S-9085 g‘o‘za navi 6 ta sinash uchastkasi (Termiz, Jizzax, Qashqadaryo, Xiva va Qorako‘l) da mahsuldorligi bo‘yicha 1,0 dan 4,5 sentnergacha andoza navidan ustunligini ko‘rsatdi. Mazkur nav Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli, Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlarida umumiy 600 gektar maydonga ekilib keng ishlab chiqarish sinovidan o‘tkazildi va gektaridan o‘rtacha 36,0 sentner hosil olindi18.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, modernizatsiyalash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar agrar sektorda sifat o‘zgarishlarini ta’minlamoqda Noqulay ob-havo sharoitlariga va suv taqchilligiga qaramay, 2013 yilda barcha asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha yuqori hosil yetishtirildi va yig‘ib olindi-3,36 million tonna paxta xomashyosi, 7,8 million tonna g‘alla, 8,4 million tonna sabzavot mahsulotlari hosili olindi19.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. 2010 yili respublika rahbarining tashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga ekildi. 2011 yildan boshlab mevali bog‘larning har bir gektaridan 50 – 70 sentnergacha hosil olishga erishildi. Natijada bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora – tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Respublikamiz hududida jami 5,3 ming gektar, jumladan Samarqand viloyati hududida 1300, Toshkent viloyatida 1000, Navoiy viloyatida 750, Qashqadaryo viloyatida 600, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida 400 gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga balki Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Shunday qilib, agrar sektor tarmoqlarida olib borilgan texnik va texnologik yangilanishlar, muntazam takomillashtirilib borilayotgan modernizatsiya jarayonlari qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi. Fan va texnika yangiliklaridan muntazam xabardor bo‘lib turish va ulardan ishlab chiqarishda samarali foydalanish agrar soha vakillarining dolzarb vazifasiga aylandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 1.Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:O‘zbekiston, 2011.

2. Karimov I. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2007.
3. Karimov I.A. Dehqonchilik taraqqiyoti – farovonlik manbai. T.:”O‘zbekiston”,1994.
4. Karimov I. 2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. Xalq so‘zi, 2014 yil, 18-yanvar.
5. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish-taraqqiyotimizning muhim omilidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010 yil 8 dekabr.
6. Karimov I. A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilsin. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamsi majlisidan qilingan ma’ruza. Xalq so‘zi, 2011 yil 22 yanvar.
7. Karimov I.A. 2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. O‘zbekiston ovozi, 2014 yil, 18-yanvar.
8. Agro. us.
9. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan. –Toshkent: “O‘qituvchi”, 2011.
10. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. –Toshkent: “Sharq”, 2000.
11. Sangirov R. Mustaqil O‘zbekistonning agrar siyosati: yutuqlar va muammolar. –Toshkent: “MERIYUS” XMNK, 2013.
12. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida. Xalq so‘zi, 2011 yil 8 noyabr.
13. O‘zbekiston Respublikasi. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2006.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot. “O‘zbekiston ovozi”, 2014 yil 18-yanvar.


Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling