I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
Ta’limning kutilayotgan davomiylik muddati*
Download 400.25 Kb.
|
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1990 Yil 2000 yil 2005 yil
- 1991 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan ta’lim tizimi 1991 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan ta’lim tizimi
- SHAXS
Ta’limning kutilayotgan davomiylik muddati*:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010) asosiy tendensiya va ko‘rsatgichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. – T.: “O‘zbekiston”, 2011. 1991 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan ta’lim tizimi 1991 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tizimi O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish borasida 1997 yil 29 avgust kuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi muhim qadam bo‘ldi. Dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Birinchi bosqich – 1997-2001 yillar Ikkinchi bosqich – 2001-2005 yillar Uchinchi bosqich – 2005 va undan keyingi yillar. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat: SHAXS – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; DAVLAT VA JAMIYAT – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; UZLUKSIZ TA’LIM malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini , kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tizimi va turlari quyidagilardan iborat: Maktabgacha ta’lim; Umumiy o‘rta ta’lim; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; Oliy ta’lim; Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta’lim. Oliy ta’lim quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim milliy ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (2012 yil 24 iyul) hamda O‘zRes Vazirlar Mahkamasining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi Qarorining (2012 yil 28 dekabr) qabul qilinishi muhim ishlardan biri bo‘ldi. Bu ta’lim bosqichi 3 yilni o‘z ichiga oladi. SHakllari:
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti; Mustaqil izlanuvchilik. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassisliklarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi. 3. Global o‘zgarishlar davrida ta’lim-tarbiyaga ehtiyoj ortib boradi. CHunki hayot o‘zgarish sur’atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot sohalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari, ijtimoiy ong va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan holda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi. Globallashuv sharoitida milliy g‘oya negizlariga to‘g‘ri kelmaydigan “ommaviy madaniyat” va “axborot hurujlari”, “ma’naviy tahdid” ko‘rinishidagi turli xil yot va zararli g‘oyalarning oldini olish, ayrim yoshlarda milliy-madaniy meros va qadriyatlarga nisbatan pisandsizlik bilan qarash kayfiyatini uyg‘otishga urinishlar, “yoshlarni va yoshi ulug‘larni bir-biriga qarshi qo‘yish”, zararli g‘oyaviy mafkuraviy maqsadlarni oldini olishda milliy g‘oya negizlariga tayangan holda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borish amaliy ahamiyatga ega. SHuning uchun ham hozirgi davrda milliy g‘oya va ta’lim-tarbiyaning uzviy aloqadorligini hisobga olish va unga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir. Bu, avvalo, mustaqillik tufayli ta’lim-tarbiyaning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari, negizlari tubdan o‘zgarganligi bilan bog‘liq, ya’ni, ta’lim-tarbiya sohasi tubdan isloh etildi, u yagona kommunistik g‘oya prinsiplari, maqsad va vazifalaridan xolos bo‘ldi. Bugun, milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati mafkurasi sifatida, uning asosiy tushuncha va tamoyillariga asoslangani holda ta’lim-tarbiya amalga oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‘rnida yangi, ya’ni hozirgi zamonda ta’lim-tarbiya sohasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan holda ta’limni amalga oshirishga, ta’lim sohasiga yangi innovatsiyalarni joriy etish davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. Uning yutuqlarini esa dunyo e’tirof etmoqda. Masalan, ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ikkinchi o‘rinni olganligi ham bunga dalildir1. Mustaqillik yillarida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta’lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondashuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasida muhim o‘rin tutadi. Uni amalga oshirish, avvalo, milliy g‘oya negizlariga tayanishni taqozo etadi. Bunda milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarga hamda hozirgi paytda dunyoda erishilayotgan ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlarni bilish, undan samarali foydalanish orqali, tegishli ko‘nikma va malakani egallash mas’uliyati va madaniyatini yangi avlod vakillarida qaror topib borayotganligi o‘zining samarasini berishi tabiiy. Ular, birinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tarbiyaga joriy etish, uning moddiy-texnik bazasini yangilash, modernizatsiyalash orqali amalga oshirilmoqda; ikkinchidan, kompyuter, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu, internet tizimi, kompyuter, elektron doska, elektron darsliklar yaratish va undan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Ingliz tilini o‘rganish va bilishga davlat siyosati darajasida ahamiyat berila boshlandi; uchinchidan, ta’lim sohasida amal qilib kelgan eskicha (an’anaviy) usullardan voz kechildi. Bilimni baholashning test tizimiga o‘tildi. Bu ta’lim sohasida mavjud bo‘lgan ayrim salbiy holatlarning ham oldini olish imkoniyatini bermoqda. Bu sohada ayrim eskicha qarash va yoshdashuvlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, bu tizimning afzalligini, ta’lim tizimini yanada yangilashga xizmat qilayotganligini ta’kidlash lozim; to‘rtinchidan, oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashda ikki bosqichli tizimga o‘tilganligi oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda bir bosqichli tizimi joriy etilib, doktorantura institutini amal qilishi bilan me’yorlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etila boshlanganligini ham bu sohada dunyo mamlakatlarini erishgan yutuqlari, tajribalarini hayotga joriy etish bilan bog‘liq. Bu ta’lim sohasini yanada modernizatsiyalashga xizmat qiladi. Milliy g‘oya va ta’lim-tarbiya tizimida ayrim muammolar mavjudligi hisobga olinishi lozim. Bular, birinchidan, milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini ta’lim tizimiga samarali qo‘yish, milliy g‘oya, uning ishonch va e’tiqodini chuqurroq anglashi orqali, uni har bir yoshning ishonch-e’tiqodiga aylanib borishiga erishish bilan bog‘liq. CHunki milliy g‘oyaning negizlarini ta’lim-tarbiya tizimidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo hamma yoshlarda ham milliy-madaniy meros va ilm-fan yutuqlariga, uning sirlarini bilishga intilish bir xilda yuqori emas; ikkinchidan, ta’limni tarbiyadan ayri holda tushunishlar mavjud. Bugun tarbiya mamlakatimizning mustaqil taraqqiyotini ta’minlashdagi muhim omil ekanligi globallashuv davrida turli mafkuralar kurashi davom etayotgan sharoitda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Bu, tegishli ta’lim-tarbiya muassasalari va boshqa ijtimoiy institutlarning, milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi, ma’naviyat targ‘ibot markazi faoliyatida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga, zamon bilan hamnafas bo‘lishga alohida ahamiyat berilishi muhim; uchinchidan, milliy g‘oya maqsadlarini va vazifalarini ta’lim tarbiyaning muhim ajralmas qismi ekanligini, uni mustaqil demokratik taraqqiyotini, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlash lozim. Globallashuv davrida ta’lim sohasida dunyo fan yutuqlari, texnologiyalardan foydalanish qanchalik zarur bo‘lsa, tarbiya sohasi esa milliy-madaniy qadriyatlarga tayangan holda olib borishni taqozo etadi. Ta’limda – dunyoviylik, tarbiyada esa milliy ma’naviy qadriyatlarni hisobga olish, o‘zligimizni yanada boyib, yangilanib borishiga xizmat qiladi. Bu ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ham hisobga olinishi muhim, deb o‘ylaymiz. Bugun globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya sohasida ayrim muammolar mavjudligini hisobga olish lozim. Birinchidan, ta’lim va tarbiyadagi ayrim uzilishlar bilan bog‘liq ob’ektiv va sub’ektiv holatlar, ya’ni ta’limni tarbiyadan yoki tarbiyani ta’limdan orqada qolishi ayrim insonlar va yoshlar hayotida kuzatiladi. Ikkinchidan, tarbiya jarayonida so‘z va ishning bir-biridan farq qilish holatlari mavjud. Bu qonunga rioya etmaslik, adolat prinsiplarini buzish, loqaydlik, insonlar hayotiga befarq qarash bilan bog‘liq ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari nosog‘lom mahalliychilik, urug‘-aymog‘chilik, tanish-bilishlik holatlari ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uchinchidan, ta’lim-tarbiya jaryonidagi ayrim muammolar xalqimizning milliy madaniy merosi va qadriyatlarini, urf-odat va an’analari bilan bog‘liq ortiqcha moddiy harajatlarga yo‘l qo‘yishlar bilan bog‘liq. To‘rtinchidan, yoshlarning ta’lim olish, bilim sirlarini egallash, bugungi zamon talablariga javob beradigan kasb-hunarga ega bo‘lish talabining ayrim yoshlarning hayotida hisobga olinmaslik xolati saqlanib qolmoqda. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga bo‘lgan intilishning etishmayotganligi holatlari mavjud. Beshinchidan, globallashuv tufayli zamonaviy internet tarmoqlari orqali turli xil saytlarda yoshlarning o‘zaro muloqotidagi tarbiyaga zid bo‘lgan nosog‘lom ko‘rinishdagi munosabatlarning shakllanayotganligi tarbiyaning milliy ma’naviy negizlariga to‘g‘ri kelmaydi. Bunda mana shunday zararli va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda yoshlarda mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo‘lib, zararli g‘oyalarni farqlashlari uchun g‘oyaga qarshi g‘oya bilan javob bera olish madaniyatining shakllanib borishi ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim- tarbiya jarayonlarida yangi pedtexnolgiyalarni qo‘llash zamon talabiga aylandi. Bu ta’lim jarayonini hozirgi fan texnika yutuqlaridan orqada qolmasligi uchun uning talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu o‘qituvchilar oldida ham yangi talablarni qo‘yadi. Zamonaviy o‘qituvchi kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi ekanligini chuqur his etishi lozim. Bu undan mustaqillik tafakkuriga va zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayoni ta’lim-tarbiya bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshrishda ta’lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol o‘ynaydi. Uchinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o‘zgaradi. Uni boshqaruvchilik faoliyatiga yangicha talablar qo‘yiladi. Boshqarish – bu yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rganish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni hamda maslahat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyada donishmand va mutafakkirlarning, xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyaiga ega. To‘rtinchidan, ta’lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar talabalar yoshlar oldiga ham muhim vazifa qo‘yadi. Ular izlash, kerakli bilimlarni mustaqil qidirib topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog‘liq. Umuman olganda globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon qo‘yayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya sohasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi. Download 400.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling