I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Jamiyatning ma`naviy yangilanishi – demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish omili


Download 400.25 Kb.
bet24/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

Jamiyatning ma`naviy yangilanishi – demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish omili.
Ma`naviyat va ma`naviy yangilanishning jamiyat va inson hayotidagi o`rni haqida Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish o`rinli deb hisoblaymiz: “Ma`naviyatni tushunish, uni anglash kerak. SHuning uchun ham o`zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab etgan har qanday odam bu haqda o`ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin”.
Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlardan, jamiyatni ma`naviy yangilashdan ko`zlangan bosh maqsad – YUrt tinchiligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik kabi masalalardan iborat. O`tgan 20 yil davomida amalga oshirilgan ulug`vor ishlar bu haqda muayyan tasavvur beradi.
Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosati o`zbek xalqini ham o`z tarixidan, madaniyatidan, ma`naviy quvvatidan, milliy hissiyotidan, o`zligidan ayrishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og`ir “meros” haqida keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o`z xalqining tarixini, uning ruhi va urf odatlarini, o`z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”1.
SHukurlarkim, xalqimiz ongi, qalbiga chuqur singigan minglab yillik ma`naviy qadriyatlarimiz, milliy an`analarimiz uni zo`rlik bilan yulib tashlashga harakat qilingan kommunistik mafkuraning domiga to`liq tushib qolmadi. Ammo Abdulla Qahhor ta`biri bilan aytganda: “Erning sho`rini yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho`rini yuvish qiyin” ekanki, “manqurtlik kasali”ning asoratlari ba`zi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini qurishda tarixni, ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy merosni o`rganish va amalda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy taraqqiyot yo`lida insoniyat to`plagan tajriba va saboqlar ma`naviy mezon va qarashlar tizimi sifatida avloddan-avlodga meros bo`lib o`tadi. I.A.Karimovning tarixchi olimlar bilan suhbatda ta`kidlaganidek: “Tarix – xalq ma`naviyatining asosidir”2.
Tarix saboqlari insonni ruhiy evrilishdan asraydi. Biroq ta`kidlash joizki, ma`naviyat faqat meros bo`lib avloddan-avlodga o`tadigan tarixiy qadriyat bo`lmay, doimiy rivojlanib, yangi davr qadriyatlari bilan boyib, uyg`unlashib boradigan, doimiy harakatdagi hodisadir. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ta`kidlaganidek: “Bizning an`anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg`unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo`shilishining garovidir”3 . SHuning uchun ham mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning to`rt asosiy ma`naviy negizlari ichida “umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya o`zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, erkin bozor munosabatlari, so`z erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida bu borada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari Prezidentimiz Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vaSenatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek, “Mustaqillik yillarida bosib o`tgan yo`limiz va to`plagan tajribamizni xolisona baholash, qo`lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo`yicha biz tanlagan modelning naqadar to`g`ri ekanini va shu yo`ldan bundan buyon ham og`ishmay qat`iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko`rsatmoqda... SHuningdek, deb ta`kidlanadi ma`ruzada ... bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish , aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so`z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta`minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o`z fikr va g`oyalarini, sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarda erishib bo`lmasligini o`zimizga yaxshi tasavvur etamiz”1 .
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan bir paytda, demokratik tamoyillarni egallash, fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, shaxs erkinligini amalda joriy etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik me`yorlar asosida ko`ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi organlarining ayrim vakolatlarini bosqichma-bosqich jamoat va o`z-o`zini boshqarish tashkilotlariga o`tkazish kabi vazifalar umuminsoniy qadriyatlarni o`zida ifoda etgan holda ma`naviyat bilan tutashadi.
Bugungi kunda har qanday milliy tiklanish va milliy rivojlanishning asosi bo`lgan ma`naviy meros, urf-odatlar, an`analar, yuksak qadriyatlar, tarixiy xotira xalqimizga qaytarildi. Milliy o`zligini, huquqlarini tobora teranroq anglab borayotgan xalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish yo`lida bu boy imkoniyatlardan foydalanish, barcha moddiy va ma`naviy boyliklarni milliy rivojlanishga, O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etishga safarbar etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlaridan va yutuqlaridan faxrlanish bugungi kunda fuqarolarimizda, yoshlarimizda kelajak uchun ma`suliyat bilan birga Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg`usini ham shakllantirmoqda. O`tgan 20 yil davomida mustaqillik biz uchun eng ulug`, eng aziz qadriyat bo`lib, milliy o`zligimiz, or-nomusimiz, g`urur-iftixorimiz timsoli, ezgu, orzu – intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan mustahkam o`rin egallamoqda.
YUrtboshimiz Islom Karimov da`vat etganidek, “bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar jarayoni butun jamiyatimiz, saxovatli zaminimizda yashayotgan har qaysi insonni amaliy ishlarga safarbar etadigan umumiy maqsadga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaylik, el-yurtimiz manfaati, ona-Vatanimizning ravnaqi va kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilaylik”1.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy ma`rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq xo`jaligi tarmoqlariga ham tegishlidir.
YUrtboshimiz Islom Karimov “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” asarida yozganidek, “Iqtisodiy islohotlardan ko`zda tutilgan maqsad-mamlakat aholisi uchun insonga munosib bo`lgan hayot va faoliyat sharoitini yaratish, xalqni ma`naviy-ahloqiy jihatdan tiklash, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta`minlashdan iboratdir”. SHu sababli ham islohotlar jarayonida ilgari qabul qilingan ayrim qonunlarga o`zgartirishlar kiritilib, boyitildi. Jumladan, Respublikamiz Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo`jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari to`g`risida”gi farmonidan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Qishloq xo`jaligidagi bu islohotlar iqtisodiy o`zgarishlarning eng muhim bo`g`ini deb e`tirof etildi va “Er kodeksi”, “Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida”, “Fermer xo`jaligi to`g`risida”, “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi yangi tahrirdagi qonunlar va tegishli hukumat qarorlari amalga kiritilib, me`yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, o`ziga xos jihatlarini aniq, hayotiy misollar asosida tushuntirib berishga o`qituvchi e`tibor berishi zarur.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling