I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 400.25 Kb.
bet27/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

Bosh Assambleya – BMTning eng oliy organidir. Uning har yili sentyabr oyida chaqiriladigan sessiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlarning delegatsiyalari qatnashadi. BMT faoliyatiga Bosh kotib rahbarlik qiladi. 2009 yildan buyon Pan Gu Mun BMT Bosh kotibi vazifasini bajarib kelmoqda.
Siyosiy masalalar va xavfsizlik kengashi ishlari departamenti 15 davlat vakillaridan tashkil topgan. Ularning 5 tasi doimiy a’zo (AQSH, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya), qolgan 10 ta a’zo esa har ikki yilda almashib turadi. Xavfsizlik kengashi, BMT nizomiga muvofiq, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xavfsizlik kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega. Rasmiy qarorlar 15 a’zodan kamida 9 tasi ovoz bergan taqdirdagina qabul qilinadi. Doimiy a’zolar qabul qilinayotgan hujjatga “veto” qo‘yish, ya’ni u bo‘yicha norozilik bildirish huquqiga ega. “Veto” qo‘yilgan hujjat qabul qilinmaydi. Nizomga muvofiq, BMTning barcha a’zolari Xavfsizlik kengashi qaroriga bo‘ysunishi va uni bajarishi shart. SHuningdek, Xavfsizlik kengashi turli davlatlar o‘rtasida vujudga keladigan tortishuvlar, harbiy tajovuz va agressiyaning oldini olish, BMTga yangi a’zolar qabul qilish va boshqa masalalarni o‘rganadi, xalqaro hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi yoki tavsiyalar beradi. Bugungi kunda BMTning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari faoliyati terrorizmga qarshi qaratilgan asosiy xalqaro uyushmalar qatorida etakchi o‘rin egallaydi (1.1-rasm).
1.1-rasm.


Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar kengashi (departamenti) xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohalariga oid masalalar bilan shug‘ullanadi.
Vasiylik kengashi va o‘zini o‘zi boshqarmaydigan hududlar departamenti tobe hududlar masalalarini nazorat etib boradi.
Xalqaro sud – xalqaro siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, hududiy masalalarni hal etishda yuzaga kelgan barcha muammolar bo‘yicha, vaziyat talab qilganda, o‘z fikrini aytadi yoki tegishli hukmni chiqaradi.
BMT kotibiyati tashkilotning kundalik ishini yo‘lga qo‘yadi.
SHu bilan birga, BMTning Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi va boshqa bir qancha kengashlari mavjud. BMTning rasmiy tillari – ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling