I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
-Mavzu:O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi
Download 400.25 Kb.
|
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mintaqa xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekistonning o‘rni va roli.
- PF–5687-sonli
- Harakatlar strategiyasida
12-Mavzu:O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi
REJA: 1.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda e’tirof etilishi. 2. Jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish masalalari. 3. Mintaqa xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekistonning o‘rni va roli. O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z nufuzini yuksaltirish yo‘lidan bormoqda. Mamlakatimiz izchillik bilan islohotlarni amalga oshirar ekan, milliy reytingimizni belgilayotgan agentliklar ularni munosib baholamoqda. Avvalo, reyting nima uchun kerak, degan tabiiy savol tug‘iladi. Reyting turlicha bo‘lishi mumkin, biznes reytingi, investitsiyaviy jozibadorlik reytingi va boshqalar. Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori o‘rinda bo‘lsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun keng ko‘lamli islohotlar olib borayotgan va rivojlanish pallasida bo‘lgan davlatlar, albatta, reytinglarda munosib o‘rinlarni egallashga intilishi tabiiy. Negaki, bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik o‘rnatish istagida bo‘lgan davlatlar va tashkilotlar umume’tirof etilgan reytinglarga, albatta, e’tibor qaratadi. Bugun O‘zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda o‘z obro‘-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bu, avvalo, qo‘shni davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati, shuningdek, davlat organlarining xalq manfaatlarini to‘la ifoda etishiga qaratilayotgan e’tiborning samarasidir. So‘nggi qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta’minlash, so‘z erkinligi, biznes yuritishda yengillik va imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etildi. Natijada O‘zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarga ko‘tarilib, o‘z ijobiy imijini yaxshilab bormoqda. Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va investorlar mamlakatimizga istiqbolli hamkor sifatida munosabat bildirmoqda. Oddiy aytganda, O‘zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bo‘lyapti. Lekin, ishonch bilan aytish kerakki, mamlakatimiz bundan-da yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishga qodir. Ma’lumotlarga ko‘ra, davlatlar mavqeini belgilab beradigan 100 dan ortiq xalqaro reyting va indekslar bor. Ming afsuski, ba’zi bir reytinglarda umuman o‘ringa ega emasmiz yoki quyi pog‘onalardan o‘rin olganmiz. Sabab esa bu borada tizim va faoliyat olib boruvchi organ bo‘lmagan. Aslida o‘sha reytingda bizning real holatimiz yuqori o‘rinni egallashga munosib bo‘lishi mumkin. Mamlakatning xalqaro ijobiy imiji milliy manfaatlarni samarali ilgari surishning asosiy omili va davlat farovonligini yuksaltirish hamda barqaror rivojlanish, milliy iqtisodiyotning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan strategik masalalarini xal etishdagi eng muhim shartlaridan biridir. Avvalo, Imij so‘zi inglizcha (image) – siymo, timsol, qiyofa tasvir, obraz, ma’nolarini anglatadi. Imij tushunchasi reyting, obro‘, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan ham hamohang. Xususan, imijxarakteriga ko‘rakorporativ,indvidual,talab etiluvchi,xarizmatik,yopiq va faoliyat jabhasidagi turlari mavjud. KeyingiyillardaO‘zbekistonningbarchaijtimoiyvaiqtisodiysohalaridaamalgaoshirilayotgankengqamrovliislohotlarhamdamamlakatimizningyangi, ochiqtashqisiyosatiO‘zbekistonRespublikasiningjahonxamjamiyatidagiijobiyimijivaobro‘sinimustahkamlashgaxizmatqilmoqdadesak,mubolag‘abo‘lmaydi. O‘zbekistonizchilrivojlanayotgan, demokratik, xalqarohuquqningumume’tirofetilgannormalarivatamoyillarigasodiq, tinchlik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglikhamdadavlatlaro‘rtasidagio‘zarohurmatvahamkorlikg‘oyalarinifaoltarg‘ibqiluvchidavlatsifatidadunyodakenge’tirofetilmoqda. O‘zbekistongaturlimamlakatlarvaxalqarotashkilotlartomonidane’tiborortibbormoqda, xorijiysheriklarningO‘zbekistonRespublikasibilanbarchasohalardahamkorliknimustahkamlashgaqaratilganintilishikuchaymoqda. Xorijiysamoyadorlar, ishbilarmonlarvaturistlartomonidanO‘zbekistongabo‘lganqiziqishsezilarlidarajadaoshmoqda. XalqaromaydondaO‘zbekistonningijobiyimijinisamaralimustahkamlashvabujarayonningbarqarorliginita’minlashuchunqatorchoravatadbirlarko‘rilmoqda. Xususan, davlat va jamoatchilik darajasida O‘zbekistonning xalqaro imijini shakllantirish va targ‘ib qilishning yaxlit tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohada eng dolzarb vizifalardan biri - mamlakatning betakror imij xususiyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘lib, bular qatoriga boy madaniy, tarixiy, ma’naviy va intellektual meroslar, ko‘p asrlik davlatchilik, mintaqaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirofi, samimiy darajadagi millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy totuvlik, boy tabiiy resurslar, rivojlangan transport va kommunikatsiya infratuzilmalari, mafkuraviy dunyoqarashlardan qat’iy nazar teng huquqli hamkorlikka tayyorligi kabilardir. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida ijobiy e’tirof etilishini yanada yaxshilash va O‘zbekistonning salmoqli imij salohiyatidan ustuvor iqtisodiy, ijtimoiy, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy va boshqa vazifalarni amalga oshirishda samaraliroq darajada foydalanish borasida davlat muassasalari faoliyatini jadallashtirishning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu yo‘nalishdagi faoliyat davlat va jamoatchilik tuzilamalari va institutlarining yaqindan hamkorligi va muvofiqlashtirilishi orqali muntazam ravishda olib borilishi lozim. Xalqaro reyting agentliklari o‘z tahlillarida 2016 yilda hokimiyatga Shavkat Mirziyoev kelishi bilan kelgusida iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlash uchun qator iqtisodiy va institutsional islohotlar boshlanganini qayd etmoqda. Bo‘lib o‘tgan forumda so‘z olgan xalqaro agentliklar vakillari ham O‘zbekiston keyingi 3 yil ichida turli yo‘nalishlarda reyting pog‘onalaridan ko‘tarila boshlaganini aytib o‘tishdi. Tan olish kerak, O‘zbekiston bir qator muhim xalqaro reyting va indekslarda keyingi o‘rinlarni egallab kelayotgan edi. Xususan, Jahon Bankining yillik “Biznes qilish” reytingida O‘zbekiston 74-o‘rinda qayd etilgan. Korrupsiya bo‘yicha har yili tuziladigan Xalqaro Transparensi indeksida 2018 yilda 180 davlat ichidan 158-o‘rinni egallagan. Shuningdek, siyosiy va diniy erkinliklar, hamda matbuot erkinligi va qonun ustuvorligini baholaydigan Freedom House tashkilotining oxirgi reytingida O‘zbekiston “Erkin emas” deya ta’rif berilgan davlatlar qatoriga kiritilgan. Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xideki Morining ta’kidlashicha reytinglarning fikrlash ozuqasi – bu raqamlardir. Turli xalqaro reyting agentliklarining baholash uslubi turlicha. Ammo shu o‘rinda aytish lozimki, barcha reyting agentliklarining xulosalari ham aniq emas. Uning ta’kidlashicha, jahonda sanoqli xalqaro reyting agentliklari to‘g‘ri reyting yuritadi. Bular Garvard, Moody’s, Fitch va Standard & Poor’s kabi agentliklardir. Jumladan, so‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Bu hol, kelgusida mazkur masalaga jiddiy yondoshuv lozim ekanligini anglatadi. Prezidentimizning 2019 yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi PF–5687-sonli Farmoni ayni maqsadlarni ko‘zlaydi.Farmonga muvofiq hozirda O‘zbekistonda turli sohalarida jahon hamjamiyatida reyting va indeks ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Negaki, mamlakat iqtisodiyotining rivoji, xorijiy yetakchi biznes korchalonlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish hamda investorlar e’tiborini jalb etish, ularning ishonchini kafolatlash uchun solishtirma reytinglarning yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublika kengashi tashkil etilgan. Mazkur Kengashning asosiy vazifalari: -mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish; -O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish; -davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish. Shu munosabat bilan,O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi mazkur Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Kengash ishchi organlari taqsimlangan vazifalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan nazorat o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda mamlakat imiji masalasida qator ishlar amalga oshirilayotganini quyidagi parametrlar bilan dalillashtir mumkin: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ustuvor siyosiy va huquqiy reyting va indeks ko‘rsatkichlarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini targ‘ib qilish uchun xalq diplomatiyasi vositalarini rivojlantirish va joriy etish. O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni xalqaro maydonda faol va keng yoritish. Milliy raqamli diplomatiyani rivojlantirish. Turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan omillar va sharoitlarni aniqlash maqsadida xorijiy investorlar va turistlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish va o‘tkazish. Siyosiy xavflarning iqtisodiyot, moliya va tashqi savdo sohalariga ta’sir qiluvchi omillarini aniqlash, shuningdek, ularning ta’sirini kamaytirish. O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini ilgari surishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llashda hamkorlik qilish uchun xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish. O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy ma’lumotlarni tarqatish, o‘zbek brendlarini reklama qilish, respublikaning xalqaro maydondagi imijini ilgari surish maqsadida mashhur xorijiy blogerlar bilan aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish. Milliy brendlarni ommalashtirish va mamlakatning ijobiy imijini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalq amaliy san’ati xalqaro festivallarini tashkillashtirish, shuningdek, chet elda o‘tkaziladigan xalq ijodiyoti festivallari va yarmarkalarida faol ishtirok etish. YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga O‘zbekistonning yangi ob’ektlarini kiritish va boshqalar Yangilanayotgan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijiga ijobiy ta’siretgan omillar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 sentabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi va 2020 yil 23 sentabrdagi 75-sessiyasidagi ma’ruzasida mintaqaviy va xalqaro xarakterga ega bo‘lgan g‘oya va takliflarni ilgari surgani hamda mazkur takliflarni xalqaro maydonda e’tirof etilishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ichki siyosiy faoliyatga nazar tashlasak, o‘tgan to‘rt yil ichida milliy parlamentimiz Oliy Majlisning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana qayta tiklangani mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada oshirdi. Jumladan, milliy parlamentimiz Parlamentlararo Ittifoqda, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Parlament Assambleyasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasida o‘z faoliyatini tiklagani, shuningdek, xalqaro ekologik kongressda parlamentimiz vakillarining ishtirok etgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrda milliy manfaatlarimizni ilgari surish hamda faol tashqi siyosat yuritish mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga va Vatanimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi. 2020 yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida ma’ruza qilib, dunyo davlatlarini qiynab kelayotgan 9 ta masala bo‘yicha o‘z takliflari va g‘oyalarini ilgari surdi. Jumladan, Orol bo‘yi mintaqasida ekologik muhitni barqarorlashtirish yuzasidan bildirgan taklifi ham BMT rahbariyati va xorijiy davlatlar rahbarlari tomonidan e’tirof etildi. Darhaqiqat, hozirgi kunda eng yirik global ekologik falokatlardan biri Orol dengizi fojiasi bo‘lib, uning ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari tufayli mintaqa sog‘liqni saqlash, genofond va unda yashayotgan odamlar kelajagining barqaror rivojlanishiga bevosita tahdid solmoqda. Shuningdek, global ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orolbo‘yi inqiroz zonasi bevosita Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston, bilvosita esa, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bugun Orolning qurigan qismida 5,5 million gektarga teng hududda yangi tuzli cho‘l paydo bo‘lgan. Bu hududlarda yiliga 90 kundan ortiq davr mobaynida chang bo‘ronlari sodir bo‘ladi va 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni atmosferaga ko‘tarib, minglab kilometrlarga yoyib yuboradi. Shuning uchun ham Orol inqirozining atrof-muhit va mintaqa aholisi hayotiga salbiy ta’sirini qisqartirish, iqlim ta’sirining yanada yomonlashishi oldini olish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72–sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Orol dengizining ekologik fojiasiga alohida e’tibor qaratgandi. Chunki Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish xalqaro sa’y-harakatlarning faol mustahkamlanishini talab qiladi. Shundan kelib chiqib, 2018 yilning 24 avgust kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston rahbari tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish taklif etilgan edi. O‘zbekiston mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz tashabbusi bilan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tuzilgani, bu fond og‘ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish hamda ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani Ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash xalqaro kuni sifatida nishonlash taklifini bildirdi. BMT maxsus rezolyusiyasini qabul qilish g‘oyasi 2019 yil 25 oktabrda Nukus shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tgan “Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb nomlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada taklif etilgan edi. Mazkur rezolyusiya investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning yomonlashuvi, barqaror urbanizatsiya va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, qashshoqlik va tengsizlik kabi keng qamrovli masalalarga e’tibor berish orqali asosiy xavf omillarini bartaraf etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro, mintaqaviy va milliy siyosatlarning uyg‘unligiga erishish, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik inqiroz zonasida mavjud xavf-xatarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik zaiflikni yanada chuqur tizimli tushunishni rag‘batlantirishga qaratilgan innovatsion chora-tadbirlar uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi. Ushbu rezolyusiyaning qabul qilinishi mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish masalalarida O‘zbekistonning yetakchi o‘rinlarda bo‘lishi, shuningdek, mamlakatning xalqaro nufuzini yana bir bor namoyish etishiga shart-sharoit yaratadi. BMT tomonidan Ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash xalqaro kunining belgilanishi esa global muammolarni hal qilishda siyosiy iroda va resurslarni safarbar qilish, bu boradagi muammoli masalalardan keng jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, insoniyat yutuqlarini mustahkamlash imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini xalqaro miqyosda tan olinishi mamlakatimizda ekologik vaziyatning yaxshilanishiga ulkan hissa qo‘shishi barobarida, yurtimizning jahon maydonidagi imiji mustahkamlanishi va reytingining yuqorilashida ham alohida o‘rin tutadi. Download 400.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling