I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 400.25 Kb.
bet4/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar.
1.Vatan tarixini o‘rganishning zaruriyati va ahamiyati nimada?

2.Vatan tarixini o’rganishda tarixiylik metodologiyasining ahamiyati nimada?


3.Mustamlakachilik davrida Vatan tarixini o’rganishda qanday xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilgan.
4.O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishga e’tiborning oshishi sabablari nimada?

2- mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
Reja:
1. 1960-1980-yillarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan jarayonlar.
2. Qishloq xo‘jaligini ekstensiv rivojlanishi. Ekologik muammolarning kuchayishi.
3. Aholi turmush sharoitining og‘irlashuvi, milliy munosabatlardagi ziddiyatlar.
4. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida boshlangan o‘zgarishlar. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.


Tayanch so‘zlar:
Farg‘ona voqealari, Mustaqillik deklaratsiyasi, suverenitet, prezidentlik boshqaruvi, parlament, Oliy Majlis, ikki palatali parlament, qonun chiqaruvchi palata, senat, ko‘p partiyaviylik, ekologik harakat, demokratiya, “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” konsepsiyasi, mahalla, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, munitsipalitet, fuqarolik jamiyati huquqiy asoslari.


1. 1960-1980-yillarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, qayta qurish, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan jarayonlar.
1970 yillaridagi turg‘unlik davrida boshlangan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri hisoblangan SSSRning parchalanishini tezlashtirdi. Turg‘unlik yillarida rahbar xodimlar, xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xizmati xodimlari o‘rtasida manfaatparastlik, aqidaparastlik, davlat xazinasiga qo‘l urish, xizmat lavozimlarini suiste’mol qilish, poraxo‘rlik va boshqa salbiy holatlar kuchaydi. O‘zlarini yangi bir qatlam sifatida his qilgan mansabdor shaxslar el-yurt sha’niga dog‘ tushira boshladilar. Bu hol, ayniqsa, davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston KP MQning birinchi kotibi bo‘lgan SHarof Rashidovning vafoti (1983 yil 6 oktyabr) dan so‘ng siyosiy hokimiyatni egallagan I.Usmonxo‘jaev ma’muriyati davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Respublikaning yangi rahbariyati, asosan, Markazning “ko‘rsatmasi” bilan ish tutib, uning topshiriqlarini so‘zsiz bajarish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bu davrda namoz o‘qish, islom farzlariga rioya qilish, “Qurbon” va ”Ro‘za” hayitlari, ”Navro‘z” bayramlari “eskilik qoldiqlari” sifatida qoralandi. Biroq kommunistik partiya o‘z g‘oyalarini singdirish uchun barcha usul va vositalardan foydalanishiga qaramasdan, ular xalqimizning qalbidan joy ololmadi. Qaytaga ommaning partiya va hukumatga ishonchi so‘na boshladi.

O‘zbekiston KP MK ning XU1 plenumida (1984 yil) respublikaning yangi rahbarlari butun aybni boshqalarga (jumladan, marhumlarga ham) ag‘darishdan toymadilar. Ular markazga qayta-qayta murojaat qilishib, respublikada qattiq tartib o‘rnatish uchun kadrlar yuborishni iltimos qildilar. Bu rahbarlar egallab turgan lavozimlarini va jonlarini asrab qolish uchun qo‘yilgan ayblarni SH.R. Rashidovga va o‘z xalqiga ag‘darishdan ham toymadilar.


Markaz mamlakat miqyosida sodir bo‘layotgan tushkunlik holatidan xalqni chalg‘itish maqsadida o‘z siyosatini “oqartirib”, “bo‘yab” ko‘rsatishga urindi. SHunday vaziyatda, “paxta ishi” degan uydirmalar o‘ylab topildi. 1983 yilda Markaz tomonidan shunday uydirmalar asosida O‘zbekistonda paxtani yig‘ib olish va qayta ishlashning moliyaviy jarayonlarini tekshirish va tergov qilish bilan markaziy prokuratura va ichki ishlar organlari maxsus shug‘ullandi. SSSR prokuraturasi va Xavfsizlik xizmati komiteti tashabbusi bilan tergov guruhlari tuzildi. 1983-1989 yillarda T.Gdlyan va Ivanovlar rahbarligidagi tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda “o‘g‘irlik”, “qo‘shib yozish” bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib borilishi jarayonida qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi.
Maxsus buyurtma asosida olib borilgan tergov ishlari haqiqatni yuzaga chiqarishdan ko‘ra, tezda respublika sha’niga dog‘ tushirishga qaratilganligi ayon bo‘la boshladi. Qisqa vaqt ichida yuqori lavozimlardagi bir qancha shaxslar qamoqqa olindi. Jamoa xo‘jaliklari raislari va sovxozlar direktorlarining 60 %dan ko‘prog‘i, qishloq xo‘jaligi etakchi mutaxassis-larining qariyb 45 %, har uchta paxtachilik brigadasi boshlig‘idan biri vazifasidan olinib jinoiy javobgarlikka tortildi. Ularning aksariyati tergov izolyatorlarida bo‘lishgan (jami 40 mingga yaqin fuqaro tergov qilingan). SHu ishlar bo‘yicha 5 ming kishi qamoqqa olingan, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. “Aybdorlar”dan 100 mln. so‘mdan oshiq pul yig‘ib olindi. Qamoqqa olinganlardan ko‘pchiligining fuqarolik huquqlari poymol qilinib, ular qonunga xilof ravishda sudsiz, tergovsiz qamoqxonalarda ushlab turildi.
Albatta boshqa respubliklarda ham katta “jinoyatlar” ochilgan. Biroq “paxta ishi” katta shov-shuvlar bilan eng “katta jinoyat” sifatida butun ittifoqqa yoyildi. Bir qator Rossiya gazetalarining zo‘r berishi tufayli “paxta ishi” “o‘zbeklar ishi” ga aylantirildi. O‘zbekiston aholisining misli ko‘rilmagan tarzda “boyib” ketganligi haqida afsonalar to‘qildi. Markaziy matbuot organlari o‘zbek xalqi sha’niga har xil bo‘htonlar yog‘dirishdan toymadilar. “Paxta ishi”ni umumiy qoralashning salbiy ruhi butun o‘zbek xalqiga nisbatan qo‘llanilishi katta nohaqlik edi. O‘z-o‘zidan ma’lum ediki, sobiq ittifoq miqyosida ishlab chiqarishda qo‘shib yozishlar, hisobotlarda belgilangan topshiriqlarni muddatidan oldin bajarish va shunga da’vat etish odatlari sotsialistik tizimning afzalligini “ko‘z-ko‘z” qilishga qaratilgan edi. Biroq sobiq ittifoqdosh respublikalarda ommaviy tus olgan bu jarayonni faqat O‘zbekiston misolida bo‘rttirib ko‘rsatilishi o‘zbek xalqiga nisbatan adolatsizlik bo‘lib, bu jamoatchilikni sovetlar tizimiga nisbatan munosabatini o‘zgartirib, nafratini oshirdi. Bu o‘z navbatida, o‘zbek xalqining mavjud tuzumga ishonchini so‘ndirib, markazning rahbarlari va huquq-tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi.
O‘zbekiston xalqi va yangi siyosiy rahbariyati “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi”ga oid bo‘htonlarga barham berilishi hamda nohaq jazolanganlarni qamoqdan ozod qilishni so‘rab, Markazga murojaat qildi. Biroq murojaatlar e’tiborsiz qoldirildi. Bu hol Markaz bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirdi. Vaziyat respublikaning mustaqillikka erishishi zarurligini jiddiy taqozo qila boshladi.
Mamlakatda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tanglik holati kuchaygan bir vaziyatda KPSS MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov «qayta qurish» siyosatini ilgari surdi. Bu siyosat vaqt e’tibori bilan 1953-56, 1964-65, 1982-83 yillardagi islohotlardan jiddiy farq qilib, 1985 yildan sovetlar jamiyatida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni kompleks tarzda yangilashni nazarda tutgan edi. SHu maqsadda boshlangan qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-87 yillar)da ilmiy-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng tadbiq etish va jamiyatda inson omilini faollashtirishga asoslanib, iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishishni ko‘zda tutgan.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-90 yillar) jamiyatning barcha sohalarini isloh qilishni ko‘zda tutgan. Xususan, oshkoralik asosida jamiyatni to‘la demokratlashtirishga erishish nazarda tutilgan.
Qayta qurish borasidagi tajribalarning ko‘rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kunlardanoq «qayta qurish» konsepsiyasida qo‘yilgan ziddiyatli masalalar (jumladan, qayta qurish va ayni paytda jadallashtirish siyosati) ni hal qila olmadi. Ilmiy jihatdan asoslanma-gan bu konsepsiya jamiyatning ijtimoiy-siyosiy talablariga javob bera olmay tanazzulga uchradi. Unda ittifoqdosh respublikalarning manfaatlari va muammolari chuqur tahlil qilinmagan edi. O‘sha davrda sovetlar tuzumining iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlari yuqoriligi ta’kidlanib, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. Sotsializmga sun’iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud illatla-riga «tasodifiy hol», «ularni boshqaruv tizimidan olib tashlashning o‘zi kifoya» deb qaraldi. Sovet davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muammolar tobora ko‘payib bordi. Ayni paytda, bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida rivojlanib borayotgan dunyoning etakchi mamlakatlari bilan qiyoslanganda, jamiyatning sotsialistik ishlab chiqarish usuli talabga javob bermayotganligi oydinlashdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimov qayta qurish siyosati davrida ro‘y bergan buzilishlarni quyidagicha ta’riflaydi: “Inqiroz sabablari va omillarini to‘liq tasavvur etmagan, o‘zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo‘lmagan butun iqtisodiy siyosat empirik xarakterda bo‘lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og‘ishlardan boshqa narsa emas edi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tishning turlicha yondoshuvlarga asoslangan dasturlari loyihalarining ko‘pchiligi islohotlarning aniq maqsadi yo‘qligidan, ularni ro‘yobga chiqarish muddatlari-«besh yuz kun» deb belgilab qo‘yilishi esa zarur o‘zgartirishlarning tub mohiyati va nihoyatda murakkabligi to‘la anglab etilmaganligidan dalolat berar edi».
Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatida respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, avvalo ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari keskin pasaydi, fondlar hisobidan keladigan foyda kamaydi. Respublika iqtisodiyoti, jumladan, sanoat ishlab chiqarishining barqarorligi muttasil ekstensiv omillar, uyushtirilgan qiyin-qistovlar hisobiga saqlab turildi. Bu aholining turmush darajasiga ham sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, ishchilar va xizmatchilarning ish haqi O‘zbekistonda umumittifoq bo‘yicha 1975-yildagi 93,7% dan 1987 yilda 81,3% ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste’mol fondi hajmi tegishli ravishda 66% dan 58% ga kamaydi. Natijada davlat tomonidan qilinayotgan o‘zgarishlarga munosabati o‘zgarib, unga nisbatan ishonchi yo‘qola bordi. 1970- yillarda boshlangan turg‘unlik holati mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Bularning hammasi ittifoq hukumatini 1988 yilda «turg‘unlik»ning haqiqiy sabablarini oydinlashtirishga, yangilanish «konsepsiyasi»ni yanada chuqurroq ishlab chiqishga undadi. “Qayta qurish” natijasida vujudga kelgan oshkoralik tufayli sovet jamiyatidagi haqiqiy ahvolni tahlil qilish va mamlakatda yo‘l qo‘yilgan xatolarga ochiqchasiga baho berish zaruriyati vujudga keldi. Respublikalarda oshkoralik orqali haqiqatni bilishga intilishining kuchayishi kommunistik mafkura ta’siriga putur etkazdi.
KPSS MK respublikalarning Markazdan chetlashishga qaratilgan harakatlarini to‘xtatishga, ular ustidan ilgarigidek o‘z hukmronligini saqlab qolishga urindi. Biroq, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining ijtimoiy ongi va kayfiyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ma’muriy-buyruqbozlik muhiti ostida yashashdan ustun keldi. Sovetlar davrida ommaviy axborot vositalari tomonidan hamisha ham xolisona yoritilmagan voqea-hodisalarning mohiyatini xolisona yoritish davr talabiga aylandi. Mamlakatimiz ziyolilari va siyosiy kuchlari ham shu tahlikali kunlarda milliy manfaatlar asosida siyosiy jarayonlarning asl sabablarini ochib tashlash, o‘z xalqining g‘ururi va qadr-qimmatini himoya qilish kabi keskin muammolarni oshkora muhokamaga qo‘ya boshladilar.
SHunday qilib, “Qayta qurish” sovetlar davrida jamiyatning asosini tashkil etgan sotsialistik tuzum ijtimoiy-iqtisodiy hayotni ob’ektiv rivojlantirishga qodir emasligini ko‘rsatdi. Ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi hozirgi davr jamiyati markscha klassik nazariyaga sig‘ishmaydigan ijtimoiy prinsiplar elementlarining chatishib ketishidan iborat bo‘lishi mumkinligini namoyon qildi. Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan xalqlar ongida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar Markazni jiddiy tashvishga sola boshladi. Yillar davomida qilingan mehnatga yarasha haq olmaslik, milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usining poymol qilinishi, boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi qalbida ham og‘ir asoratlar qoldirdi. Ayniqsa, Osiyoning bir qator mamlakatlari (Janubiy Koreya, Indoneziya, Singapur, Tayvan, Gonkong va boshqalar)da sodir bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar sovetlar tuzumiga ishonchsizlikni kuchaytira boshladi. Bundan tashqari, Afg‘oniston xalqining o‘z erkini saqlab qolin uchun boshlagan urush harakatlari, Eronda xalq revolyusiyasining g‘alabasi O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ularning qalblarida mustaqillikka intilish kayfiyatlari tobora kuchayib bordi.



Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling