Saylilar odatda Navroʻz va diniy bayramlar (Roʻza va Qurbon hayitlari)da va yilning qulay paytlarida tashabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan


Download 6.74 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.74 Kb.
#1582365
Bog'liq
4-mustaqil ish




Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti
Qarshi filiali Telekommunikatsiya va Kasbiy ta’lim fakulteti
Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi
TT_11-22 guruh talabasi Ziyadova Shahnozaning
Akademik yozuv 2 fanidan tayyorlagan

4-MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Xalq sayli

Saylilar odatda Navroʻz va diniy bayramlar (Roʻza va Qurbon hayitlari)da va yilning qulay paytlarida tashabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan. Sayli shaharlarda, registon maydonlarida, chorsu va rastalarda, shahar tashqarisidagi sayilgohlarda, shuningdek, qadamjolarda oʻtkazilib, bir ikki hafta davom etgan. Sayilgohlarda oshxona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan, mevacheva, attorlik, baqqollik doʻkonlari ochilgan. Poyga, uloq, koʻpkari, kurash, chavgon musobaqalari, darvoz, hofiz, sozanda, raqqos, masharaboz, qiziqchilarning chiqishlari, ayiq, ilon oʻyinlari, tuya, qoʻchqor, xoʻroz, it urishtirish, mushakbozlik tomoshalari koʻrsatilgan.


Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng xalq saylilari mazmunan oʻzgarib, koʻproq milliy tus oldi. Umumxalq bayramlari: Mustaqillik kuni, Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunlarida saylilar uyushtirilmoqda. Bahorda oʻtkaziladigan Navroʻz sayli, sumalak sayli, gul sayli, boychechak sayli, chuchmoma sayli, tut sayli, yozning boshida suv sayli, oʻrik sayli, olma sayli, kuz faslida qovun sayli, uzum sayli va boshqa Saylilar mavjud.
Download 6.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling