I-mavzu. Statistika fanining predmeti va uslubi
Download 18.96 Kb.
|
статистика 2-amaliy mashgulot
I-MAVZU. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI Amaliy mashg’ulot savollari Statistika fanmi yoki metodmi? Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi. Statistik to‘plam boshqa to‘plamlardan nimasi bilan farq qiladi? Statistik to'plam - bu umumiy bog'liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodisalarning yig'indisidir. Masalan, korxonalar soni, aksiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h. k. To' plamlar bir jinsli (o'xshash, bir xii bo'lgan) va turli jinsli bO'lishi mumkin. O'rganilayotgan obyektning belgilari to'plamning hamma birliklari uchun umumiy bo'lsa, to'plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o'rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug'ulla16 nuvchi va shug'ullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu yerda ikkita yangi to'plam paydo bo'ladi. Bu to'plamlarga kirgan har bir korxona to'plam birligi hisoblanadi. To'plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bo'lmasligi mumkin. Masalan. ish haqi nuqtayi nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bo'lgan ayol ishchilar to'plami bir jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan, aniqrog'i, tug' ilish masalasidan qarasak, bu to'plam bir hil emas. chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug'a olmaydi. Testlar Download 18.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling