I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


-rasm. Korxona faoliyati va rivojlanishining SWOT-tahlili


Download 0.56 Mb.
bet10/11
Sana29.10.2020
Hajmi0.56 Mb.
#137937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
korxonalarda inqiroz


8.2-rasm. Korxona faoliyati va rivojlanishining SWOT-tahlili

Afzallik va Kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam beradi. Bunday deyilganda korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin bo‘lgan har qanday turli ko‘rsatkichlar va kattaliklar tushuniladi. Masalan, korxona darajasida bu ilg‘or yoki eng yangi texnologiyalar va «nou-xau»lar, ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlarining tegishli tayyorgarligi, boshqarish va rag‘batlantirish usullarini ishlab chiqish yoki zamonaviylashtirish.

Korxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda jismoniy aktivlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari, tovar-moddiy boyliklar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari), bozordagi imiji (obro‘-e’tibor, maqsadli bozorda korxonaning obro‘si) va mehnat resurslari (oliy va o‘rta boshqaruv xodimlari, malakali ishchilar) kabi ko‘rsatkichlar audit qilinishi mumkin.

Korxonaning kamchiliklariga qandaydir resurslar va imkoniyatlarning etishmasligi kirishi mumkin, ayniqsa, raqobatchilar bilan taqqoslaganda kuchli namoyon bo‘ladigan kamchiliklar. Korxonaning imkoniyatlarini korxona uchun umumiy va muayyan tovar bozoriga nisbatan olib qaraladigan ixtisoslashgan holda tasavvur qilish mumkin.


Tayanch so‘zlar: marketing-miks, strategik marketing, 4”P” , 5”P” , mahsulot, narxtaqsimlash, globalizm tamoyili, zamonaviy marketing innovatsiyalashuvi, integratsiyalashuv, bozor tadqiqotlari, portfelli strategiya, bozor o’sishining sur’atlari, investitsion vaziyat, strategik vaziyat,

o’sish strategiyasi,raqobatchilar strategiyasi,cabinet tadqiqoti, dala tadqiqoti, imitatsion modellashtirish, bozor imkoniyati,SWOT, CAP, CTEP,
Mustahkamlash uchun savollar


  1. Marketing strategiyasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Korxona nima uchun marketing strategiyasini yaratishi kerak?

  3. Marketing-miks mohiyatani izohlab bering va u qanday qilib marketing maqsad va strategiyalarini tanlashda ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

  4. Portfelli strategiyalarning instrumental strategiyalardan farqlanishi nimalardan iborat?

  5. BKG tahlili qanday maqsadni ko‘zlaydi?

  6. Marketing strategiyasini samarali joriy etishda qaysi omillar eng katta ta’sir ko‘rsatadi?

  7. Maqsadli bozorni aniqlash uchun qanday yondoshuvlar ma’lum?

  8. Nima uchun «diversifikatsiya strategiyasi»ni ko‘p firmalar afzal ko‘radi? Diversifikatsiyalashgan firmalardan misol keltiring.

  9. Tasavvur qiling, siz «Kiyim», «Poyabzal» va «Mebel» do‘konlarining boshlig‘i (menejeri)siz. Har bir do‘kon uchun alohida yuqori va past daromadli iste’molchilarga mo‘ljallangan jozibali strategayalarni yarating. Javobni isbotlang.



9. KORXONALARNI MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH JARAYONINI REJALASHTIRISH VA STRATEGIYA
9.1.Biznes-reja haqida tushuncha

Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish biznes-reja ishlab chiqish jarayonidan iborat bo‘ladi. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, biznes-reja faoliyatning barcha turdagi rejalarini - strategik va operativ rejalar, umumiy, xususiy va alohida rejalar, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalarni o‘z ichiga oladigan rejalar majmuyidir.



Bizne-reja tadbirkorlik subyektining o‘sib borish istiqbollarini ta’minlash, bozordagi mavqeyini ko‘tarish, yangi mahsulotni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish, yuksak natijalarga erishish yo‘llarini aniqlash va tanlashga xizmat qiladi. U tadbirkorga quyidagi masalalarda yordam beradi:

  • tadbirkorlik faoliyatining aniq yo‘nalishi va turlari, maqsadli bozori va uyerda o‘rnini aniqlash;

  • qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini belgilash hamda ularni ro‘yobga chiqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;

  • mo‘ljallangan maqsad va vazifalarni amalga oshiradigan xodimlar, ularning salohiyati va taqdirlash tartibini aniqlash;

  • ishlab chiqariladigan tovar (yaratiladigan xizmat) turlarini tanlash hamda taklif tarkibini belgilash;

  • ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash;

  • talab va bozorni o‘rganish, reklama va taqdimotlar o‘tkazish, mahsulot sotishni tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilash;

  • maqsadga erishish uchun kerakli moddiy-moliyaviy resurslarni

  • baholash;

  • uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularga tayyor bo‘lish;

  • o‘z ishining borishini nazorat qilib borish.

Tadbirkor biznes-rejadan ko‘proq bozordagi vaziyatni baholash va unga mos strategiyani aniqlash, investorlarni topish va jalb etish uchun foydalanadi. Shuning uchun sifatli tuzilgan biznes-reja tadbir­korlik faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Biznes-rejaning muayyan vaqt mobaynida amal qilishi va bajarilishi investorlar va boshqa hamkorlar uchun juda muhimdir. Bizne-reja tadbirkorning biznes maqsadlarini belgilash va shu yo‘nalishda rivojlanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. U biznesni butunsikl davomida yo‘naltirib turadi, tahlil qilib borish va kerakli o‘zgartirishlar kiritib borish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Biznes-reja tuzishning maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • korxona imkoniyatlarini va bozor talabiga mos ravishda uning xo‘jalik faoliyatini yaqin va uzoq muddatlarga rejalashtrish;

  • ko‘zda tutilgan natijalarga erishishning reallik darajasini aniqlash;

  • yangi ishni tashkil etish yoki mavjud ishni qayta tashkil etishning maqsadga muvofiqligini isbotlab berish;

  • mavjud yoki bo‘lajak xodimlarni mo‘ljallangan ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligiga ishontirish.

Bizne-reja tashqi foydalanuvchilar uchun ham muhim hujjat hisob­lanadi. Ular tadbirkorning biznes-rejasi bilan tanishib. ishning istiqbolli, tadbirkorning esa ishonchli ekanligini baholashlari va undan so‘ng bir qarorga kelishlari mumkin. Shuning uchun ularning tadbirkorni moliyaviy va strategik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlari bizne-reja va uning tayyorlanishiga ham bog‘liqdir.

Kreditorlar, investorlar, hamkorlar uchun bizne-reja quyidagi aniq maqsadlarga xizmat qiladi:

  • biznes (ish,g‘oya)ning realligi va istiqbolligiga ishonch hosil qi­-
    lish;

  • mazkur ishdan manfaat ko‘rishga ishontirish;

  • beriladigan (qo‘yiladigan) mablag‘lar nima uchun va qanday ishlatilishini aniq bilish;

  • kreditlarning qaytarilishiga ishontirish;

  • kreditlarning qachon va qanday qaytarilishini bilish;

  • tadbirkorning ishonchli hamkor ekanligini tushunish.

Biznes-reja funksiyalari quyidagilar:

  • korxona faoliyatini rejalashtirishni samarali amalga oshirish va yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash, kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish, natijalarni aniqlash va tahlil qilish;

  • korxona strategiyasini ishlab chiqish bazasini yaratish – korxona faoliyatini boshlash, kerakli resurslar bilan ta’minlash, amalga oshirish, yangi yo‘nalishlarni aniqlash, tashkil etish, boshqarish;

  • pul mablag‘larini jalb qilish;

  • ishga o‘z sarmoyasi yoki texnologiyasi bilan ishtirok etishni istaydigan hamkorlarni jalb etish.

Biznes-rejaning asosiy va umumiy vazifasi korxona faoliyati va uning istiqbolini aniq, asosli, yaxlit tarzda ifodalab berish hisoblanadi. Shu bilan birga, uning alohida vazifalari ham mavjud. Ular quyidagilar:

  • korxona faoliyatining aniq sohalari va yo‘nalishlari, mo‘ljallangan bozori va unda korxona o‘rnini aniqlash;

  • korxona faoliyatining uzoq va qisqa muddatlardagi maqsadlari, ularga erishish strategiyasi, taktikasi va mas’ul xodimlarni belgilash;

  • ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan tovarlar (xizmatlar)ni tanlash, ularning turlari va ko‘rsatkichlarini baholash;

  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash va baholash;

  • o‘ylangan ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan resurslar va shart-sharoitlarni aniqlash, ular bilan ta’minlash imkoniyatlarini ba­holash;

  • marketing va menejment sohasida kompleks tadbirlarni belgilash;

  • kelajakda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy ta’sirini pasaytirish choralarini ko‘rish;

  • hamkorlar topishga ko‘maklashish ularni mazkur ishga qiziqtirish va unga ishtirok etishga ko‘ndirish.

Biznes-reja tuzishga ham uning tarkibi, strukturasi ham korxona faoliyatining xususiyatlari va rejaning maqsadlari, kreditorlar, investorlar, hamkorlarning shaxsiy talablariga muvofiq har xil bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari biznes-reja ichki foydalanuvchi va xodim­lar yoki tashqi foydalanuvchi kreditorlar, investorlar, hamkorlarga mo‘ljallanishiga qarab ham farq qiladi. Ammo biznes rejaning shakli va tuzilishidan qat’iy nazar unda aks ettiriladigan shunday masalalar borki, ular har qanday biznes rejada bo‘lishi shart. Bunda masalalar biznes-rejaning asosiy mazmunini tashkil etadi va ularga quyidagilar kiradi:

  • korxona qanday ish bilan shug‘ullanadi?

  • uning maqsadi nima?

  • belgilangan maqsadga erishish uchun qanday strategiya va taktika tanlab olinadi?

  • korxona faoliyati uchun qancha moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar kerak?

  • ulardan qancha muddatga va qanday foydalaniladi?

  • chetdan olingan qarzlar va investitsiyalar qachon va qanday qaytariladi?

Biznes rejaning strukturasi, alohida qismlari va ularning mazmuni umumiy ko‘rinishda quyida keltirilgan

1. Biznes rejaning sarvarag‘i. Sarvaraqda tadbirkorning ismi-sharifi, manzili, telefon va telefaks raqamlari, loyiha nomi va maqsadi, rejadagi ma’lumotlarning maxfiyligi,reja tuzilgan vaqt va tuzuvchilar ism-shariflari aks etadi.

2. Tadbirkorlik faoliyati konsepsiyasi. Bu bo‘limda tadbirkorlik g‘oyasi va strategik maqsadi, yo‘nalishi va faoliyat turi, taklif etiladigan tovar (xizmat) va uning turlari, maqsadli bozor, uning sig‘imi, istiqbollari va egallash mumkin bo‘lgan qismi, unda talab, narx va raqobat, taklif etiladigan tovar (xizmat)ning bozordagi o‘xshashlaridan farqiy ustunligi va, umuman, raqobatbardoshligi, boshqa bozorlarga cliiqish imkoniyatlari, tarmoqning o‘sish sur’atlari va istiqbollari, tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishining iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga aloqadorligi, ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan tashkiliy tuzilma hamda moddiy, moliyaviy, mehnat, intellektual resurslar, ular bilan ta’minlash manbalari va imkoniyatlari, maqsadga erishish strategiyasi va ishning foydaliligi qisqa va umumiy tarzda ifoda etiladi.

3.Tadbirkorning faoliyati va kelajakdagi rejalari. Mazkur bo‘limda tadbirkorning o‘tmish faoliyati. kelgusidagi rejalari, faoliyat turlari va savdo belgisi, mahsulot turlari va ularning markasi, ularni sotish imkoni­yatlari, biznesning asosiy maqsadlari, investorlari va rahbarlari, oldingi yutuqlari va hozirgi kuchli tomonlari, oldingi muammolari va hozirgi zaif tomonlari, tadbirkor(korxona) muvaffaqiyatining asosiy omillari, texnikaviy rivojlanish va qayta jihozlash tadbirlari, foydalanayotgan texnologiyalari, moliyaviy hisob yurtish uslubiyoti, buxgalteriya hisobining foydalanilayotgan tizimi, mulkni sug‘urtalash, xavfsizlik tizimi, korxona joylashgan hududi bo‘yicha ishlab chiqarish majmuasining tavsifnomasi, korxona o‘rnashgan joyning ijobiy va salbiy jihatlari o‘z aksini topadi.

4.Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat) tur­lari. Bu bo‘limda mahsulot va xizmatlar turi, sotilgan mahsulot turlari bo‘yicha tannarxi va foyda, mahsulot iste’molchilari, mulkdorning patentlari va huquqlari, strategik imkoniyatlari, mahsulotni yangilash, turlarini kengaytirish yoki modernizatsiya qilish rejalari, yangi mah­sulot ishlab chiqish prognozlari, sotish tizimida mo‘ljallanayotgan o‘zgarishlar va ularning sabablari aks ettiriladi.

5. Tarmoq ishining tahlili. Unda tarmoqning hajmi va o‘sish darajasi, raqobat, ishlab turgan korxonalarning tarmoqqa kirishi va undan chiqib ketishiga to‘siqlar, tarmoqda innovatsiya va texnologiyalarni modernizatsiya qilishning roli, qonunchilik bilan tartibga solish, iqtisodiy tamoyillar, keyingi bir necha yilda tarmoqda mahsulot sotish haj­mi, keyingi yillarda tarmoqda paydo bo‘lgan yangi mahsulotlar, asosiy raqiblar, ularning mazkur bozordagi roli va sotish hajmining o‘sish sur’atlari, kuchli va zaif tomonlari, asosiy raqibning moliyaviy ahvoli, haridorlar har bir guruhining tavsifi tahlil qilinadi.

6. Marketing rejasi va strategiyasi. Mazkur bo‘limda mo‘ljallangan iste’molchilar tavsifi va ta’rifi, bozor segmentlari, hajmi va o‘sishi, ra­qiblar, ularning kuchli va zaif tomonlari, haridorlar, ularning mahsulot to‘g‘risidagi fikrlari va uni sotib olish sabablari, segmentlar bo‘yicha sotish va foyda hajmi. tadbirkorning hozirgi va taxmin qilayotgan bozor ulushi, sotishdan keyingi va kafolatli xizmat ko‘rsatish, narx va kredit siyosati, reklama strategiyasi, mahsulotning sifati va tashqi ko‘rinishi, uni etkazib berish va sotish usullari savdo‘sotiqni rag‘batlantirish tizimi, qoilanilayotgan marketing strategiyasi va marketing harajatlari, ularning samaradorligi bayon qilinadi.

7. Tadbirkorning ishlab chiqarish rejasi. Bu yerda ishlab chiqarish va harajatlarning joriy va rejalashtirilayotgan darajalari, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot sifatini nazorat qilish tartibi, xomashyoga bo‘lgan ehtiyoj, uning manbalari, sotib olish tartibi va harajatlari, turli materiallarni etkazib berish manbalari va shart-sharoitlari, binolarga bo‘lgan ehtiyoj va ularning mavjudligi yoki olish imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi va unda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar, kerakli uskunalar ro‘yxati, ular bilan ta’minlanishi va bo‘lajak harajatlar, ishlab chiqarish-texnologik jarayonsikl va bosqichlari, ularni amalga oshirish muddatlari, xodimlarning mavjudligi va ularning malakasi, savdo korxonasi uchun esa savdo‘sotiq jarayonlari, tovar olish manbalari, tovarlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi, tovar zahiralarini boshqarish tizimi va boshqa masalalar o‘z aksini topadi.

Bu bo‘limda korxonaning tashkiliy tarkibi va unda kutilayotgan o‘zgarishlar, korxonaning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllari, sheriklar, hamkorlar va aksiyadorlar, rahbarlar, egalik qiluvchilar va menejerlar, ularning tavsifi va har birining roli, vazifalari, maoshlari, taqdirlash shakllari, boshqaruv qarorlari qabul qilish tartibi va boshqalar bayon etiladi.



  1. Xavf-xatarni baholash va sug‘urtalash. Bu bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatarlar ro‘yxati tuzilib, ularning har biri keltirishi mumkin bo‘lgan zarar baholanadi. Ikkinchi qismida esa xavf-xatarlarni oldini olish va ularning zararlarini kamaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, sug‘urtalash dasturi aks ettiriladi.

  2. Moliyaviy reja. Bu reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tadbirkorning o‘tgan va hozirgi davrdagi moliyaviy ahvoli, oxirgi uch yildagi foyda va zararlari, balanslari va moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar, kelgusi uch yilga prognoz qilinayotgan foyda va zararlar, balanslar, zararsizlik nuqtasi, pul oqimlari. hozirgi va prognoz qilinayotgan moliyaviy, koeffitsientlar va ularning tarmoq o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili, moliyaviy resurslarga umumiy ehtiyoji, ularni olish va shakllantirish manbalari, chetdan olish kerak bo‘lgan mablag‘ mulkdori ularni olish shartlari, qarzni qaytarish grafigi (taqvimi), investitsiyaning foydaliligini baholash, prognoz qilinayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi va ularni asoslovchi hujjatlar, moliyaviy-buxgalteriya hisob yuritish tizimi va boshqalar.

  3. Ta’sirchanlik tahlili. Bu yerda moliyaviy prognozlarning o‘sish darajasi, voqealarning eng yaxshi rivojlanib borishi, eng ko‘p ehtimol qilingan ssenariysi, eng yomon ssenariysi ko‘rib chiqiladi. Loyiha va strategiya uchun asos bo‘lgan takliflarni o‘zgartirish yo‘li bilan tadbirkor (korxona) uchun kelgusidagi voqealarning ma’qul va noma’qul oqibatlari baholanadi va har bir variantida ishning (loyihaning) foydaliligi aniqlanadi.

  4. Biznes rejaga ilovalar va izohlar. Biznes rejaga ilova qilinadigan va izohlanadigan asosiy hujjatlar quyidagilar: bozor tahlili, mahsulot xususiyatnomasi (spetsifikatsiyasi) va suratlari, reklama materiallari, tashkiliy tarkib chizmasi, moliyaviy hisob-kitoblar va hisobotlar. shartnomalar, soliq to‘lashga oid ma’lumotnomalar, kreditorlar, xom ashyo etkazib beruvchilar va boshqalarning kafolat xatlari, kredit operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotlar, korxona (tadbirkor) ning huquqiy hujjatlari va boshqalar.

Biznes-rejada ishning texnik bayonidan ko‘ra iqtisodiy mamiqiga ko‘proq e’tibor berish kerak. Bizne-reja potensial kreditorlar, investorlar, hamkorlarni shu ishga ishtirok etib, foyda olishlariga ishontira olishi zarur. Aks holda u o‘z vazifasini bajara olmagan hisoblanadi. Shuning uchun biznes rejadagi takliflar, istiqbol, tavakkal, natijalar, imkoniyatlar to‘g‘ri, aniq, haqiqiy, real baholanishi va aks ettirilishi, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, raqamlar, faktlar yetarli darajada asoslangan, aniq, ishonchli bo‘lishi lozim. Rejada jiddiy o‘ylab koTilmagan takliflar va noreal, noaniq da’volar bo‘lmasligi kerak.

Ichki foydalanish uchun bizne-reja va ayniqsa uning moliyaviy-byudjet qismi (sarmoyani sarflash smetasi) tashqi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan biznes rejaga qaraganda birmuncha mufassalroq tuzilishi lozim.


    1. Inqirozga qarshi boshqaruvda strategiyaning o‘rni

Nima sababdan ilgari moliyaviy barqaror bo‘lgan korxona to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qoladi? Nazariya ko‘rsatib amaliyot tasdiqlaydiki, zamonaviy sharoitda to‘lov intizomini buzish oqibatda korxona strategiyasini bozor holatining rivojlanish tendensiyasiga mos emasligini ko‘rsatatdi.

Bundan 30 yil avval korxonani boshqarishning strategik prinsiplari mavjud bo‘lmagan. Faqatgina 60-70 yillar atrofida boshqaruvning yangi uslublari va u bilan “strategik boshqaruv” atmasi paydo bo‘ldi. Bu birinchi bo‘lib, biznesning tashqi muhitida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi.

Xozirgi payitda, bozorda yashab qolish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun barcha korxonalar vaqti-vaqti bilan o‘z xo‘jalik faoliyatlarida o‘zgarishlarni amalga oshirib turishlari lozim. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi quyidagilarga imkon beradi:


  • Korxona tashqi o‘zgarishlarga qaysi usul bilan qarshi tura olishi mumkin (tez-tez, gohida va amalda oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar).

  • O‘rnatilgan maqsadlarga erishish va hayot qobiliyatini saqlab qolish uchun oldindan qanday tadbirlarni ishlab chiqish lozim.

Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi xususiy va davlat korxonalarini qo‘shib hisoblaganda barcha rejalashtirilgan, tashkillashtirilgan va strategiya amal qiladigan sohadagi nazorat qilinadigan holatlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, ijtimoiy-iqtisodiy tizimga kiruvchi hamma tarkib va madaniyatni o‘z ichiga oladi. Tashqi va ichki o‘zgarishlar korxona o‘z maqsadiga etishishiga qaysi sohada havf solayotgan bo‘lsa, shunga mos ravishda inqirozga qarshi strategiya tanlanadi.

Likvidlik inqirozi davrida korxonaning eng oddiy vazifasi sarflarni qisqartirish hisoblanadi. Inqirozgacha bo‘lgan jarayonda ko‘plab milliy korxonalarda personalni bo‘shatish kuzatilgan. Haqiqattan ham, inqirozli sharoitlarda hodimlarni bo‘shatish zarur. Aks holda, natija yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Menejerning harakati bunda suzuvchi va aqlga asoslangan bo‘lishi lozim. Chunki, inqirozli sharoitda ishchilarni bo‘shatishdan boshqa variantlar ham bor, ya’ni ish haqini ham vaqtinchalik qisqartirib turish mumkin. Bu ham xarajatlarni qisqartirish hisoblanadi.

Strategiya – bu korxonani atrof-muhitga samarali moslashish prinsipi hisoblanadi. Inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida strategiya 3 bosqichda ishlab chiqiladi.

Korxona faoliyatining inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi – bu aniq, kompleks va o‘z vaqtida korxona holatini tashxislashdir.

Inqirozga qarshi rejalashtirishning ikkinchi bosqichi – korxona maqsadlar tizimini va missiyasini to‘g‘rilash (eskisini qayta ko‘rib chiqib agar zarur bo‘lsa o‘zgartirish kiritish).

Agar missiya – bu korxonani kelajakda qanday bo‘lishini oldindan ko‘rish bo‘lsa, maqsadlar tizimi (qisqa va uzoq muddatli) – maqsaddan kelib chiqib hohlangan natijalar hisoblanadi.

Inqirozga qarshi rejalashtirishning uchinchi bosqichi – korxonani iqtisodiy inqirozdan chiqarishni muqobil strategik variantlarini shakllantirish va strategiyalar tanlovi hisoblanadi.

Shu bilan strategik rejalashtirish jarayoni tugaydi va tanlangan strategiyani amalga oshirish taktikasini aniqlash jarayoni boshlanadi (operativ rejalashtirish), shundan so‘ng, inqirozga qarshi strategiyani amalga oshiriladi, baholanadi va natijalar nazorat qilinadi.

Iqtisodiy inqirozdan chiqishning taktik (operativ) chora-tadbirlariga xarajatlarni qisqartirish, bo‘limlarni yopish, hodimlar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirish, faol marketing tadqiqotlari, mahsulot narxini oshirish, ichki zahiralardan foydalanish, modernizatsiya, joriy zararlarni aniqlash, ichki zahiralarni aniqlash, mutaxassislarni jalb qilish, kreditlar olish, tartibni mustahkamlash kabilar kiradi.

Strategik va operativ rejalashtirish birgalikda qo‘llaniladi, ularni birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Taktik rejalashtirish tanlangan strategiya doirasida amalga oshiriladi. Iqtisodiy inqirozdan chiqishning tezkor tadbirlarini strategik maqsadlarsiz amalga oshirish qisqa muddat ichida moliyaviy holatni yaxshilashi mumkin, lekin inqirozli vaziyatni vujudga keltirgan tub sabablarni bartaraf eta olmaydi.

Taktik rejalashtirishning birinchi bosqichi – bu tanlangan inqirozga qarshi strategiyani amalga oshirish hisoblanib, bunda menejerlar quyidagilarni amalga oshirishi zarur:


  • Inqirozga qarshi ishlab chiqilgan strategiya va maqsadni, ularning o‘zaro bog‘liqligini qat’iy tushuntirish.

  • Inqirozga qarshi strategiyani amalga oshirish jarayonida yangi strategiya va maqsadlar haqidagi tushunchalarni hamkorlarni keng jalb qilish maqsadida etkazish.

  • Amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi strategiyaga bog‘liq ravishda resurslarni keltirish.

  • Tashkiliy tarkib bo‘yicha qaror ishlab chiqish.

Yangi strategiyani amalga oshirishda barcha qarshiliklarni o‘rganib chiqish va ularni bartaraf etish lozim. Bundan tashqari strategiyaga bir qancha omillar ham ta’sir qilishi mumkin.

Taktik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi – bu strategiya bajarilishini nazorat qilish va baholashdir.

Agarda korxona o‘z vaqtida tashqi havf-hatar paydo bo‘lishini seza olsa va unga qarshi samarali ta’sirni ishlab chiqish uchun yetarlicha vaqtni boshqara olsa u doimiy ravishda barcha muammolarni likvidatsiya qilib borishi mumkin. Lekin inqirozli vaziyatlarda o‘zgarishlarni chegaralangan muddatlarda amalga oshirish lozim. Shu sababli inqirogzga qarshi strategiyani rejalashtirishda ishlar paralleligini vaqtdan yutish maqsadida maksimallashtirish lozim.

Bunday holda inqirozga qarshi strategiyaning yo‘nalishi va bosh mexanizmlarining traektoriyasi (umumiqtisodiy rivojlanish strategiyasi doirasida) barqaror iqtisodiy o‘sish va jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:



  • Zamonaviy menejment vositalari va usullaridan foydalanish.

  • Korxonaning ichki rivojlanish jarayonlarini faollashtirish.

  • Tashkilotning boshqaruv va hujjat aylanish tizimlari reglamentlarini barpo etish.

  • Inqirozga qarshi strategiyani samarali amalga oshishini ta’minlovchi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlarini monitoringi va nazorat tizimlarini tashkil etish.

  • Korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishiga yo‘naltirilgan rivojlanish dasturini ishlab chiqish.

  • Zarur hollarda kompleks tahlilni o‘tkazish va strategiyani korrektirovka qilish.

  • Strategiyani amalga oshirish doirasida ma’naviy va moddiy rag‘batlarni ishlab chiqish.

  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ishlab chiqishda ijtimoiy mezonlardan foydalanish hamda ijtimoiy oqibatlarni hisobga olish.

  • Rivojlanishda innovatsion strategiyaning ustunligi.

  • Faoliyatning foydaliroq yo‘nalishlarini rivojlantirish ustunligi.

  • Korporativ madaniyatni mustahkamlash maqsadida guruhbozlik va subyektivlik qiziqishlariga barham berish.

Inqirozga qarshi boshqaruvni samarali amalga oshirish tanlangan boshqaruv tizimiga, boshqaruv madaniyatiga, menejerlar kvalifikatsiyasiga hamda boshqa ko‘plab omillarga va sharoitlarga bog‘liq.
9.3. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini takomillashtirish

Xalqaro ekspertlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 2010 yilda ham davom etishini va uning havfi hali beri to‘liq bartaraf etilmaganligini aytib o‘tmoqdalar. Bu haqda Respublika Prezidenti Islom Karimov o‘z ma’ruzalarida xalqaro ekspert va tahlilchilarning fikriga suyangan holda: Avvalo, shuni aytish kerakki, ularning tahlil va xulosalariga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga og‘ir ta’siri tobora pasayib boradi va 2010 yilda asta sekin o‘sishi kuzatiladi1 deb xulosa berdilar. Lekin ma’ruza davomida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini yana qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan havf-xatar va risklarni ham sanab o‘tdilar. Darhaqiqat, korxonalardan muntazam inqiroz bilan kurashishni to‘xtatmaslik va bartaraf etishning barcha choralarini yanada takomillashtirib borish talab etiladi.

Bozor iqtisodiyoti korxonalarning bozordagi harakatlari havfsizligini kafolatlamaydi. Shu sababdan ko‘pincha, sog‘lom faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarni birdaniga bozor qonunlariga bas kela olmasdan inqirozga uchrashlarini kuzatish mumkin. Masalan, AQSHda yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta korxonalarning 50%i bir yil ichida o‘z faoliyatini tugatadi; lekin, shtatlarning bankrotlik to‘g‘risidagi Qonunchilik tan olgan korxonalar o‘rtacha jami korxonalarni 1%ini tashkil etadi.2 Bu holat inqirozga qarshi boshqaruv har bir korxona va tashkilotlarda muntazam amalda bo‘lishi zarur ekanligini ko‘rsatadi.

Lekin, inqirozga qarshi boshqaruvning samarali shaklini korxonalarda qanday tashkil etiladi, buning birorta metodikasi bormi degan savol tug‘iladi. Bu o‘rinda aytish joizki, inqirozga qarshi boshqaruvning yagona andozasi ishlab chiqilmagan. Bunga bir qancha omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Eng asosiysi, inqiroz har bir korxonada tarmoq xususiyati, geografik joylashuvi hamda tashqi va ichki muhitining o‘ziga xosligi bilan har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Hattoki, ikkita bir xil sharoitlarga ega bo‘lgan korxonalarda ham inqirozni barataraf etish turli rejalar orqali amalga oshishi mumkin. Bu jarayon korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan menejer va rahbarlarning qarshiliklarni qanday qabul qila olishlariga bog‘liq. Ammo ko‘p hollarda inqirozga olib keluvchi sabablar inqirozning xususiyatini ko‘rsatib beradiki, bu korxonadagi inqirozni bartaraf etilishida muhim o‘rin tutadi.

Korxonani inqirozga olib keluvchi sabablarni korxonaning ta’sir doirasiga mos holda ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:


  • Korxonaga bog‘liq bo‘lmagan yoki korxona ahamiyatsiz darajada ta’sir eta oladigan tashqi omillar guruhi;

  • Korxona faoliyati natijasida vujudga keladigan ichki omillar.

O‘tkazilgan tadqiqotlardan, Farg‘ona viloyati sanoat korxonalarida iqtisodiy inqirozlar avval ichki omillar natijasida shakllanganligini va keyinchalik tashqi omillarni jonlantirganligini ko‘rish mumkin. Bu holatda o‘ziga xos muammolar zanjiri quyidagi tartibda shakllangan:

Birinchidan, sanoat korxonalarida hodimlar malakasi bilan bog‘liq muammolar vujudga kelgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida yirik sanoat korxonalarining iqtisodiy nochor ahvolga tushishi natijasida, tabiiy ravishda ko‘plab malakali ishchilarni ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda nisbatan kichik korxonalar tashkil topgan. Ularga iloji boricha pastroq ish haqi olishga rozi bo‘ladigan ishchi va hodimlar yollangan. Shu bilan birgalikda, avval tajribali hodimlar sanoat korxonalaridan ancha uzoqda yashaganlar va yirik korxonalar uchun ularni uyidan olib kelish katta muammo tug‘dirmagan. Kichik turdagi sanoat korxonalari uchun ishchilarni tashib kelish imkoniyati bo‘lmagani uchun ham ular yosh va tajribasiz ishchilarni yollashga majbur bo‘lganlar. Natijada, ishlab chiqarishni boshqarish va rivojlantirishda yangi hodimlarga malaka etishmagan bo‘lsa, asosiy ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan ishchilarning mehnat unumdorligi ish ko‘nikmasining yetarli emasligi oqibatida tushib ketgan;

Ikkinchidan, davlat mulkchiligining qisqarishi va ko‘plab korxonalarni xususiylashtirilishi sharoitida mulkdorlar dastlabki davrda o‘z mulklarini samarali boshqara olmadilar, bil’aks sanoat mahsulotlari, ayniqsa, engil sanoat mahsulotlarining sifati ham tushib bordi, ham zamon talablaridan ortda qoldi. Buni yanada jonlanishiga ishlab chiqarish jihozlarining ommaviy ravishda ma’nan va jismonan eskirishi kabi ichki omillar sabab bo‘lgan;

Uchinchidan, yuqoridagi holatlar korxonalarni mahalliy va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini tushirib yubordi. Natijada sanoat korxonalarining iqtisodiy inqiroziga ichki omillar “rag‘bati” oqibatida tashqi omillar zarba berdi;

To‘rtinchidan, nochor korxonalarda ushbu muammolarni bartaraf etish uchun muayyan inqirozga qarshi strategiya va taktika tanlanmagan. Ko‘plab sanoat korxonalarining rahbarlari iqtisodiy inqirozdan qutulishda hukumat yordamini kutganlar. Bundan tashqari, Respublikamizda Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ishlab turishiga qaramasdan hali ham ba’zi korxonalar o‘z strategiya va taktikalarini u bilan to‘laqonli kurashishga qarata olganlari yo‘q. Chunki, tadbirkorlarda hali ham inqiroz bilan qanday kurashish yoki uning alomatlarini baholash uchun malaka yetarli darajada emas.

Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, bugungi kunda viloyat sanoat korxonalarini inqirozdan chiqarish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilgan. Bu kelajakda sanoat rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilsa ajab emas. Birgina, Farg‘ona viloyatining o‘zida inqirozga qarshi choralar dasturiga asosan 2009-2012 yillarda 40 ta korxona sog‘lomlashtirish dasturiga tushgan, bundan tashqari, yana 9 ta korxona 2010 yilda tijorat banklari balansiga berish ko‘zda tutilgan.

Lekin, korxonalarni uzoq yillar davomida barqaror faoliyat ko‘rsatishi davlat dasturlarining o‘zi bilan amalga oshmaydi. Chunki, davlat dasturlari korxonalarni oyoqqa turgizish va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida muddatli amalga oshirilmoqda. Xususiy korxonalarni kelajakda qanday faoliyat ko‘rsatishi u tanlagan strategiya va taktika asosida amalga oshadi. Sanoat korxonasida davlatning muddatli, maqsadli dasturlari bilan birga barqaror rivojlanishning shartlaridan yana biri inqirozga qarshi boshqaruvning ichki mexanizmlarini ishga solishga va samarali faoliyat yuritishga undaydigan har bir korxona uchun alohida o‘zi tomonidan inqirozga qarshi ichki strategiya va taktikani ishlab chiqishdir.

Bugungi kunda, viloyatda inqirozga uchragan sanoat korxonalari uchun inqirozdan chiqish, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish bilan bog‘liq. Inqirozdan chiqish jarayonini rejalashtirish esa inqirozga qarshi boshqaruvning strategiyasi va taktikasi asosida amalga oshadi. Ko‘plab iqtisodchilar inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi uzoq muddatli sog‘lomlashtirish rejasi va taktika esa operativ reja deb ta’riflaydilar. Masalani bu tomondan ko‘rish, viloyat korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini mavjuddek qilib ko‘rsatadi. Lekin, bu o‘rindagi muammo viloyat sanoat korxonalarida inqirozga qarshi strategik sog‘lomlashtirish rejalarini biznes-reja kabi aks etayotganligidadir. Bu esa inqirozga qarshi boshqaruv samaradorligini tabiiy holatda pasaytiradi va o‘tmaslashtiradi.

Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi birgina iqtisodiy jihatdan nochor va to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lgan korxonalarda mavjud bo‘lmaydi. Chunki, raqobatli bozorda faoliyat yuritayotgan har bir korxona muntazam inqiroz bilan barqarorlik o‘rtasida ish yuritadi. Bu inqiroz barcha korxona uchun yaqin va unga qarshi doimo chora bo‘lishini talab qiladi. Mazkur chora barqaror korxonalarni tashqi, ichki muhitdagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchan bo‘lishini va immunitetini kuchaytiradi.

SHu sababli, inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish aniq rejalar asosida amalga oshirilishi lozim. Viloyat sanoat korxonalari uchun inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini amalga oshirish bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi (9.1- rasm).



Rasmda inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi moliyavyi jihatdan barqaror va nochor korxonalar uchun berilgan. Unga ko‘ra, strategiyani ishlab chiqish jami 9 bosqichdan iborat.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling