Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Download 223.17 Kb.
bet1/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2-maruza


2-MAVZU. BIZNES FAOLIYATINING TURLARI VA SHAKLLARI
Reja

  1. Biznes faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllarini

  2. Ishlab chiqarish tadbirkorligi

  3. Tijorat tadbirkorligi

  4. Moliyaviy tadbirkorligi

  5. Maslaxat tadbirkorligi



1. Biznes faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllarini
Tadbirkorlik bir qator turlar va shakllarda tashkil etiladi, rasmiylashtiriladi va amalga oshiriladi. Tadbirkorlik turlari va shakllarini aniq ifodalash va tavsiflash ularning har birining o‘rni va roli, yuridik sohasi, yo‘nalishi, turi, doirasi, chegaralarini aniqlash va belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirkorlik turlari va shakllari tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) ning turli tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Tadbirkorlik turlari va shakllari, ularning o‘zaro bog‘liqligi mazmun va shakl kabi dialektik juftlik kategoriyalarining aniq bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday juftlik holatida tadbirkorlik shakliga tadbirkorlik turi mazmun sifatida qarama-qarshi turadi. Mazmun obyektning barcha elementlarining tarkibi, ularning aloqalari va munosabatlari, ob’ektning xossalari, rivojlanish ichki ziddiyatlari va tendentsiyalari birligi, shakl esa mazmunning tashqi ifodalanishi, tipi va strukturasi, elementlarining nisbatan barqaror muayyanligi va o‘zaro ta’siri deb tahriflanadi. Mazkur mazmun va shakl bir-birini taqozo etadi, birgalikda mavjud bo‘ladi va rivojlanadi. SHakl mazmunsiz bo‘lmaganidek, mazmun ham o‘ziga xos bir shaklda namoyon bo‘ladi. Dialektikaning ana shunday xulosalari asosida tadbirkorlik turlari va shakllarining mohiyatini ochishga yondashish maqsadga muvofiq.
Tadbirkorlik turi-bu o‘z elementlari, ularning aloqalari va munosabatlarini mujassamlashtirgan xossalari va xususiyatlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlik yo‘nalishidir.

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling