Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini tabaqalash va tasniflash, bir tomondan, ularni birlashtiradigan umumiy, ikkinchi tomondan esa, ularni bir-biridan ajratib turadigan muhim tashkiliy va yuridik belgilari (xususiyatlari)ga asoslanishi lozim. Umumiylik darajada tadbirkorlikning quyidagi to‘rt umumiy tashkiliy-huquqiy shakllarini ajratish mumkin:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
xususiy tadbirkorlik;
jamoa tadbirklorligi;
qo‘shma tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni tadbirkorlikning, tadbirkorning shaxsiy mehnatiga asoslanishi, oddiy tashkiliy tuzilishi va boshqaruvi hisoblanadi. Boshqa shakllaridan ajratib turadigan muhim belgilari uning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasligi
1-rasm. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari
Xususiy tadbirkorlikning o‘ziga xos muhim belgilari uning mulkdori ham, tashkil
etuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yagona jismoniy shaxs bo‘lishi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilishi, yollanma mehnatdan foydalanishidir. Jamoa tadbirkorligida mulkdorlar va ishtirokchilar ko‘proq bo‘lib, ular jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs ham bo‘lishi hamda unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi. Qo‘shma tadbirkorlik bir necha davlat fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari (kompaniyalari, firmalari) tomonidan kiritiladigan qo‘shma mulk, foydani taqsimlash va boshqaruvda qatnashish bo‘yicha kelishuvga asoslanadi, unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarining quyi darajalardagi ko‘rinishlari uning mos ravishda xususiy, ayrim, alohida shakllari bo‘lib hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik, uning xususiyatlari va turlari. Tadbirkorlikning eng oddiy tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib yakka tartibdagi tadbirkorlik (yakka tadbirkorlik) hisoblanadi. Yakka tadbirkorlik - bu yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishidir.
Yakka tadbirkorlikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
xususiy mulkka asoslanadi;
tadbirkoming shaxsiy mehnatiga asoslanadi;
yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik faoliyati mehnat stajiga kiritiladi (tadbirkorlik faoliyati tadbirkoming asosiy ishi hisoblansa va ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lab borilgan taqdirda).
Yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullangan shaxs yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi va soliq organida hisobga qo‘yilishi shart.
Yakka tadbirkorlik quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
1. shaxsiy tadbirkorlik;
2. birgalikdagi tadbirkorlik:
oilaviy tadbirkorlik;
dehqon xo‘jaligi (yuridik shaxs bo‘lmagan);
oddiy shirkat.
Do'stlaringiz bilan baham: |