Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari
Download 223.17 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O‘rta korxona
- 4. Yirik korxona
2. Kichik korxona - mulkchilik shaklidan qathiyy nazar, o‘rtacha yillik
ishlovchilari soni quyidagi miqdorgacha bo‘lgan korxonalar: sanoatda - 100 kishigacha; qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishigacha; savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohalarida -25 kishigacha. 3. O‘rta korxona - mulkchilik shaklidan qathiy nazar, o‘rtacha yillik ishlovchilari soni quyidagi miqdorgacha bo‘lgan korxonalar: sanoatda - 200 kishigacha; qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida - 100 kishigacha; savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohalarida -50 kishigacha. 4. Yirik korxona - mulkchilik shaklidan qathiy nazar, o‘rtacha yillik ishlovchilari soni o‘rta korxonalar uchun belgilangan miqdordan ortiq bo‘lgan korxonalar. Shuni aytib o‘tish lozimki, tadbirkorlikning bu turlari orasida son jihatidan kichik tadbirkorlik yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki kichik tadbirkorlikka uchta tadbirkorlik sub’ekti: yakka tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar kiradi. O‘zbekistonda mavjud korxonalarning 90 foizidan ko‘prog‘ini mikrofirmalar va kichik korxonalar tashkil etadi. Tadbirkorlik shakllarini tasniflash va tahlil qilishda qo‘yilgan maqsadga muvofiq turlicha yondashish mumkin. Amaliyotda tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari keng tarqalgan va ko‘proq qo‘llaniladi. Shuning uchun ham buerda tadbirkorlikning tashkily-huquqiy shakllari tahlil predmeti sifatida olindi. Tadbirkorlikning tashkiliy shakli deganda tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) ning tarkibiy qismlari va elementlari, ular o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning barqaror bir holati, ya’ni tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmasi tushiniladi. Tadbirkorlikning huquqiy shakli deganda esa tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) ning yuridik ko‘rinishi bo‘lib, yuridik belgilarining o‘ziga xos muayyan bir tartibda ifodalanish usuli, ya’ni tadbirkorlikning yuridik tuzilmasi tushiniladi. Tadbirkorlikning tashkiliy va huquqiy shakllari o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini taqozo etadi, to‘ldiradi va amaliyotda birgalikda qo‘llaniladi. Demak, ular birgalikda yaxlit bir tizimni aks ettiradilar. Download 223.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling