Turar joy binolari
Download 392.06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI Shaharsozlik normalari va qoidalari ShNQ 2.08.01-2019 TURAR JOY BINOLARI 1. QO‘LLANISh SOHASI Ushbu me’yorlar yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan turar joy binolarini, shu jumladan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, birxonadonli va birlashtirilgan (juftlangan) uylar, 16- qavatgacha bo‘lgan ko‘p xonadonli uylar (16 qavat ham), maxsus turar-joylarni loyihalash va qurishga tatbiq qilinadi Ushbu me’yorlar binolarga ko‘chib kirish va egalik qilish shartlariga, shuningdek inventar va ko‘chma (ko‘chirib yuriladigan) binolarni loyihalashga tatbiq qilinmaydi. Turar-joy binolarini loyihalashda, ushbu me’yorlar talablari bilan bir qatorda, qayd etilgan ilovalarga muvofiq amaldagi me’yoriy hujjatlar ham hisobga olinishi kerak; sanitariya-gigiyena, yong‘inga qarshi va funksional-tipologik talablar va turar joyni shakllantirish parametrlari, zilzilabardoshlik, mikroiqlim qulaylikni, energiya tejamkorlik va energiya samaradorlikni ta’minlash talablari, zamonaviy muhandislik jihozlarini qo‘llash talablari kompleks xolda hisobga olinishi kerak. Ushbu me’yorlar tabiiy iqlim sharoitlari xususiyatlarini va turar joy turlariga aholining maishiy ehtiyojini shuningdek nogironlarning hayotiy faoliyati sharoitlarini hisobga oladi. Ushbu me’yorlar matnida havola qilinayotgan me’yoriy hujjatlar 1-ilovada keltirilgan. Havola qilinayotgan me’yoriy hujjatlar amaldagilar qatoridan chiqarilganda, ular o‘rniga kiritilgan me’yorlarga amal qilmoq lozim. Mazkur me’yorlarning 1A-ilovada keltirilgan termin va atamalar, shuningdek, 1-ilovada keltirilgan me’yoriy hujjatlarda qabul qilingan boshqa termin va atamalardan foydalanilgan. Turar-joy uylar, yotoqxonalar, qariyalar va nogironlar internat uylarining qavatlar sonini, yashash va umumiy yuzalarini, qurilish hajmini hisoblab chiqish qoidalari 2-ilovada keltirilgan. Ushbu me’yorlarda majburiy talablar bilan bir qatorda tavsiyaviy qoidalar ham keltirilgan bo‘lib, unda turar-joyning qulayligi bo‘yicha asosiy sinflari (klasslari) aniqlangan: “oddiy (me’yoriy)”, “yaxshilangan” va “yuqori”; turar joy qulayligi sinfi bo‘yicha xususiyatlari va parametrlari 3-ilovada keltirilgan. SanPin 0146-04 sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq keluvchi turar joy qulaylik darajasi “oddiy (me’yoriy)” sinfiga mos keladigan me’yoriy parametrlarga rioya qilish majburiy bo‘lib; “yaxshilangan” va “yuqori” klass qulaylikli turar-joy parametrlari xususiy qurilish uchun tavsiyaviydir. Download 392.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling