Turar joy binolari


 TURAR JOY UYLARI VA ULARNING TARKIBIY QISMLARI


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

3. TURAR JOY UYLARI VA ULARNING TARKIBIY QISMLARI
Turar — joy uylarning tiplari
3.1. Turar-joy uylar quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi:
bir oilali (bir kvartirali), yer uchastkalarida alohida turuvchi;
juftlangan, 2 va undan ko‘p kvartirali, har biridan kvartira qoshidagi yer uchastkasiga bevosita
chiqiladi;
ko‘pkvartirali (bir- va ko‘pseksiyali, galereyali, seksiyali-galereyali, seksiyali-yo‘lakli (koridor).
Turar-joy uylar tiplarining tavsifi 
1A-ilovada 
berilgan.
Turar-joy uylari va kvartiralar tiplari, kvartiralar xonalarining xo‘jalik — xizmat ko‘rsatish
(yordamchi) xonalar tarkibi va yuzalari aniq qurilish sharoiti uchun ushbu me’yorlar va ijtimoiy-
demografik talablar bo‘yicha loyihalash topshirig‘i bilan belgilanadi (o‘rnatiladi).
3.2. Birxonadonli va juftlangan yer uchastkali xususiy turar joy uylarni loyihalashda ShNK
2.07.01 ga muvofiq istiqomatgoh qarorgohlarini shakllantirish talablari va parametrlari (yo‘lning
qatnov qismi chetidan qoldiriladigan joy, uylar oralig‘i, uy va xo‘jalik qurilmalari oralig‘i, yo‘l
qo‘yiladigan qavatlar soni insolatsiya va b.) hisobga olinishi kerak.
3.3. Kamqavatli xususiy bir xonadonli uylar, yashash va xo‘jalik xonalar bloklarini kichik ochiq
hovli atrofida joylashtirib loyihalashtirish mumkin; xonalararo ochiq va yarim ochiq bog‘lovlar
(bostirma, galereya (yo‘lak)) qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Turar joy uyning tarhiy tuzilishini, juftlab (yopishtirib) yoki ustiga yashash va yordamchi
xonalar qurish hisobiga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi; bu holda zilzila va yong‘in xavfsizligi talablari,
sanitariya-gigiyena me’yorlari hisobga olinishi; qo‘shni turar joy uyning insolatsiya rejimi
yomonlashmasligi kerak.
Uchastkalarda yordamchi xonalar va inshootlarni loyihalashda ShNK 2.07.01 va ushbu ShNQ
(3,15 va 3,16-b.b.) talablarini hisobga olish kerak.
Izohlar: 1. Bir xonadonli xususiy quriladigan uylar loyihasi, shu jumladan xonalar bloklarini qo‘yish( dostroyka)
loyihasi xususiy turar-joy qurilish me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlanadi va kelishiladi.
2. Xizmat ko‘rsatuvchi kichik korxonalar bloki, xususiy tadbirkorlik ustaxonalarini yopishtirib (juftlab) qurish
loyihalari amaldagi me’yorlarga (ShNK 2.07.01 va ShNQ 2.08.02) muvofiq bo‘lishi va o‘rnatilgan tartibda kelishilishi kerak.
3.4. Juda zich aholili shahar qurilishi uchun bloklangan kam qavatli turar-joylarni o‘zaro bog‘liq
turar-joy guruhlar ko‘rinishida loyihalash, ushbu me’yorlar va ShNK 2.07.01 talablarini hisob olib
amalga oshirilishi kerak; bu holda ochiq hovlilarning yuzasi 3-xonali xonadon uchun — 30 m ; 6-
xonali xonadonlar uchun — 60 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.5. Ko‘pxonadonli turar-joy uylar ushbu me’yorlar qoidalariga muvofiq va ShNK 2.07.01
shaharsozlik loyihasi talablariga muvofiq loyihalashtirilishi kerak. Turar-joy uylarni kompozitsion-
tarhiy (hajmiy-tarhiy) yechimlari energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik tamoyillarini
hisobga olishi, yashash uchun qulay sharoitlarni, ko‘kalamzorlashtirilgan yondosh maydonlar bilan
bog‘liqlikni ta’minlashi kerak. Hovli bo‘shliqlarining aeratsiyasi uchun qurilish bo‘lmagan maydonlar,
ikki yoqlama ochiq piyoda va avtomobil o‘tish yo‘laklari ko‘zda tutilishi mumkin. Bu xolda yashash
hovlilar tranzitdan ajratilgan bo‘lishi kerak. Ko‘pxonadonli uylarning 1-qavatlaridan shaharsozlik
loyihasiga muvofiq xonadonlarga tegishli yer uchastkalariga chiqish joylarini (20 — 50 m ) ko‘zda
tutishga yo‘l qo‘yiladi.
3.6. Transport harakati serqatnov magistral va katta ko‘chalar bo‘ylab joylashtiriladigan,
“magistral” va “aksentli” deb ataladigan turar-joy uylarni, shovqin, chang, qizishdan tarhiy,
konstruktiv choralar (usullar) bilan himoyalanishni ta’minlaydigan qilib loyihalash kerak. Bu holda
yashash xonalari va asosiy yozgi xonalarni (ayvonlar) magistralga qaratilishini (chiqishini) cheklab,
ularni obodonlashtirilgan ko‘kalamzor yashash hovlilarga ochilishini ta’minlash kerak.
Izohlar: 1. Xonadonlarning magistralga o‘girilgan yashash xonalari “shovqindan himoyalovchi” maxsus
konstruksiyali derazalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
2
2
2


2. Turar-joylarni magistrallarning salbiy ta’siridan himoyalash ekranlar, to‘sqich, tavaqali darchalar, qalin himoya
ko‘kalamzorlash (mahalliy sharoitlar bo‘yicha) hisobiga amalga oshiriladi.
3. Magistral va ko‘chalar qatnov qismidan turar-joy uygacha masofa ShNK 2.07.01 bo‘yicha qabul qilinadi

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling