Turar joy binolari
IXTISOSLAShTIRILGAN TURAR JOYLAR
Download 392,06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
4. IXTISOSLAShTIRILGAN TURAR JOYLAR
Yotoqxonalar 4.1. O‘quvchi, talaba, yolg‘iz va kichikilalilarni vaqtincha yashash uchun yotoqxonalarni 2- jadvaldagi ko‘rsatkichlarga muvofiq loyihalash lozim. 2-jadval. Yotoqxonalar tipi Binolar sig‘imi, o‘rin 1 yashovchiga yashash maydoni, m /od. Sig‘imi, o‘rin xonada yashash yacheykasida I — o‘rta maxsus — akademlitsey va kasb-hunar kollej talablari uchun 100 — 600 6-7 (I a va Ig ostmintaqalar uchun-8) 2-3 4 — 12 (20 gacha mumkin) II — OO‘Yu talabalari, aspirantlari, ishchi va xizmatchilar uchun 100 — 1000 7-8 (I a va Ig ostmintaqalar uchun-9) 1-2 (3) 2 — 6 (8 — 10 gacha mumkin) III — kichik oilalilar uchun (bolali) 50 — 400 shuning o‘zi 2-3 2-3 (kvartira tipida) * Yashash yacheykasi yashash xonalar va yordamchi xonalar (dahliz, hojatxona, oshxonalar) ni o‘z ichiga oladi. Izoh: Yotoqxonalar va yashash yacheykalari sig‘imi loyihalash topshirig‘ida mahalliy sharoitlarga qarab belgilanadi. Oqovalashtirilmagan hududlarda yotoqxonalar sig‘imi 50 o‘rindan oshmasligi kerak. 4.2. Yashash xonalari 2-jadvalda ko‘rsatilgan maydon ko‘rsatkichlari bilan 3 kishigacha yashashi hisobidan loyihalanishi lozim. Xonalar o‘tilmaydigan (neproxodnoy) bo‘lib, eni 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Har bir yashovchiga, yuzasi kamida 0,5 m li, devor ichiga qurilgan shkaf (yashash xonasi yoki dahlizda) ko‘zda tutilishi kerak. Bir kishilik xona yuzasi 8 m dan, I a va I g ostmintaqada — 9 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Bir bolali ota-onalarning vaqtincha yashashi uchun xona yuzasi 20 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yashash xonalari yordamchi xonalari (dahliz, dushli hojatxona, oshxona yoki taxmonsimon oshxona) bo‘lgan yashash yacheykalariga jamlanadi. Kichik oilalarning vaqtincha yashashi uchun kvartira tipidagi — bir xonali kvartiralar ko‘zda tutiladi. Sanitariya-gigiyena jihozlari 9.7-bandni hisobga olgan holda ko‘zda tutilishi kerak. 3 va undan ortiq kishiga mo‘ljallangan yashash yacheykalarida yuz-qo‘l yuvgichli hojatxona va dush; 2 kishilikda esa, birlashtirilgan sanuzel ko‘zda tutilishi lozim. Izoh: Qavatda sanitariya bo‘lmasi umumiy bo‘lganida, ayollar sanitariya bo‘lmasida shaxsiy gigiyena kabinasi — 3 m (bide, unitaz, qo‘lyuvgich) ko‘zda tutilishi kerak 4.3. Barcha tipdagi yotoqxonalarning birinchi qavatida loyihalash topshirig‘i bo‘yicha, kreslo- aravachalardagi nogironlar uchun yashash yacheykalari ko‘zda tutilishi lozim. Kreslo-aravachadagi 1 nogiron uchun yashash xonasi 14 m dan, 2 kishiga — 18 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Kreslo- aravachalardagi nogironlar xonalari jihozlarini amaldagi me’yorlar (ShNQ 2.07.02) bo‘yicha qabul qilish lozim. 4.4. Barcha tipdagi yotoqxona (I tipdan tashqari) yashash yacheykalarida, maydoni kamida 5 m li; yashovchilar soni 7 va ortiq bo‘lsa — 1 kishiga 0,9 m hisobidan oshxona va taxmonsimon oshxonalar ko‘zda tutilishi lozim. 25 tagacha yashovchilar uchun umumiy oshxona bo‘lishi mumkin. O‘quv binosi oshxonasida ovqatlanish tashkil qilingan o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan yotoqxonalarda oshxona o‘rniga yashash guruhiga kub xonalari (5 m ) ko‘zda tutiladi. 2 * 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 4.5. O‘rta-maxsus o‘quv yurtlari-akademlitsey va kasb-hunar kollej o‘quvchilari uchun I tip yotoqxonalarda 50 kishilik yashash guruhi tarkibida yashash yacheykalarini xonalarning quyidagi tarkibi bilan to‘plashni (tuzish) ko‘zda tutish lozim: tarbiyachi xonasi (8 m ), dam olish va o‘quv mashg‘ulotlari xonasi (30 m dan 2 ta), kiyim yuvish, quritish va dazmollash xonasi (8 m ), oshxona- kubxona(5 m ), sanab o‘tilgan xonalarning jami maydoni 1 kishiga 1,6 m hisobidan qabul qilinishi kerak. Loyihalash topshirig‘i bo‘yicha ish kiyimi va poyafzalini saqlash uchun qo‘shimcha xona (8 — 10 m ) ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi. Bir qavatda joylashgan yashash guruhi xonalari boshqa yashovchilar uchun o‘tiladigan bo‘lmasligi kerak; bunda har bir yashash guruhi uchun ikkita evakuatsiya chiqishi ko‘zda tutilishi kerak. Oqovalashtirilgan hududlarda sanitariya bo‘lmalari va dush xonalarini birinchi qavatda ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi. 4.6. Yolg‘izlar uchun yotoqxonalarda yozgi xonalar har bir qavatda, odatda, jamoat xonalari qoshida yoki xollarda, (tahminan 1 yashovchiga 1 m hisobidan) ko‘zda tutilishi kerak. Kichik oilalar yotoqxonalarida yozgi xonalar yashash yacheykalar qoshida ko‘zda tutiladi (1 yashovchiga 2 m hisobidan, lekin 5 m dan kam emas). 4.7. Jamoatchilik xonalari (dam olish va muloqot, o‘quv mashg‘ulotlari va ommaviy tadbirlar uchun, medpunkt, izolyator), odatda, binoning erustki qavatlarida joylashishi kerak. Yerto‘la va tsokol qavatlarda ShNQ 2.08.02 ga muvofiq, kirsaqlash, asbob-uskunalar, sport anjomlari kladovkalari, ta’mirlash ustaxonalari, xo‘jalik va texnik, hamda ba’zi jamoat xonalarini joylashtirish mumkin. Jamoat xonalarining tarkibi va maydonlari 3-jadval bo‘yicha solishtirma hisobiy ko‘rsatkichlarni (1 kishiga m ) va 9-ilova ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatiladi. 3-jadval Maxsus turarjoy tipi Maydon, m , 1 kishiga, yashovchilar sonida, kishi 50 100 200 300 — 500 600 — 800 Yotoqxona o‘quvchilar uchun talabalar, aspirantlar ishchi va xizmatchilar 2,6 2,6 2,3 2,5 2,5 2,2 2,5 2,5 2,2 2,5 2,5 2,0 2,5 2,3 1,8 Kichik oilalar yotoq-xonasi 1,5 1,3 1,2 1,1 - Izohlar: 1. O‘quv yurtlari yotoqxonasi jamoat xonalari maydonining me’yori tarkibida yashash guruhining jamoat xonalari va butun binodagi jamoat xonalari hisobga olingan. 2. Bolali oilalar vaqtincha yashaydigan yotoqxonalarda vestibyulda aravachalar saqlash va bolalarni qisqa muddat bo‘lishlari uchun xona (sanitariya bo‘lmasi bilan, kamida 15 m ) ko‘zda tutish tavsiya qilinadi. Download 392,06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling