Turar joy binolari


Ovqat tayyorlash uchun uskunalar


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Ovqat tayyorlash uchun uskunalar
9.9. Qattiq yonilg‘idagi plitalar 2 qavatgacha (2-chi qavat ham), gaz yonilg‘ida — 10 qavatgacha
(10-chi qavat ham) turar-joy uylarda yo‘l qo‘yiladi. 5-qavat va undan yuqori turar-joy uylarda
gazsimon yonilg‘idagi plitalar alangani nazorat qilish avtomatikasi bilan jihozlanishi lozim. 10-
qavatdan yuqori turar-joy uylar, yotoqxonalar, qariyalar va nogironi bor oilalar uylari oshxonalarida
(nechta qavatligidan qat’iy nazar) elektr plitalar o‘rnatilishi lozim.
Har bir oshxonani idish-tovoq yuvgich bilan jihozlash kerak.
9.10. Oshxonadagi gaz va elektr plitalari konforkalarining soni: bir xonali kvartiralarda kamida 2
ta, ikki-oltixonalida — to‘rtta, yanada kattaroq kvartiralarda — oltita qabul qilinishi kerak.
Yotoqxona oshxonalarida: I tip yotoqxonalarda — 50 odam yashovchi guruhga bitta to‘rt
konforkali plita; II tipda — har bir yashov yacheykasidagi (bo‘lma) 2 ta odam uchun bir-ikki
konforkali plita; III tipda — har bir oila yacheykasiga bitta uch konforkali plita ko‘zda tutilishi kerak.
9.11. Kvartiraga qarashli uchastkadagi yozgi oshxona oqovalashtirilgan bo‘lsa, uni plita va idish-
tovoq yuvgich bilan jihozlash tavsiya qilinadi.
Sovuq va issiq suv ta’minoti
9.12. Oqovalashtirilmagan hududlarda istiqomat qiluvchilarni suv bilan ta’minlash, uydan 100
m dan olis bo‘lmagan masofada joylashgan suv olish kolonkalardan ko‘zda tutiladi. Issiq suv
plitalarda, o‘choqlarda, quyoshdan isitish qurilmalarida tayyorlanadi.
Oqovalashtirilgan hududlardagi binolarda ichimlik-xo‘jalik va yong‘inga qarshi suv ta’minoti,
hamda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimidan yoki zavodda ishlangan mahalliy suv
issitgichlardan issiq suv ta’minoti ko‘zda tutilishi kerak.
12 va undan ko‘p qavatli turar joy uylarda, yotoqxonalarda esa, qurilish hajmi 5000 m3 va
undan ortiq binolarda yong‘inga qarshi suv ta’minoti qurish kerak. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti
tizimi bino fasadiga chiqarilgan o‘t o‘chirish mashinalarini ulash uchun diametri 80 mm li
birlashtiruvchi golovkali patrubkalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
9.13. Qattiq yonilg‘idagi mahalliy suvisitgichlar ikki qavatgacha, gazli suvisitgichlar — besh
qavatdan oshmagan turar-joy binolarda yo‘l qo‘yiladi. Elektrsuvisitgichlar qavatlar soni bilan
chegaralanmaydi, lekin elektr ta’minoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.
9.14. Xo‘jalik va maishiy ehtiyojga beriladigan sovuq va issiq suv sifati O’zDST 950 — 2000 ga
muvofiq bo‘lishi kerak. Issiq suvni olish joyidagi haroratni 50°C dan past va 75°S ortiq bo‘lmagan
holda ushlab turish kerak.
9.15. Issiq suv ta’minoti tizimida suvni uzatish uchun alohida issiq va sovuq suv ulagichlar bilan
smesitellarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Sanitar jihoz oldidagi suv bosimi bir
sekunddagi hisobiy sarfga yetadigan bo‘lishi va 0,6 MPa dan oshmasligi kerak. Qariyalar uchun
vannalardagi va invalidlar uchun sanuzellardagi smesitellar, 50°S dan ortiq temperaturadagi issiq
suv kelishining oldini oladigan termostatik regulyator bilan bo‘lishi kerak


9.16. Suv ta’minoti tizimining (vodoprovod) har bir kvartiraga, xo‘jalik blokiga, saunaga, hamda
yuvgich bachkalari va joydagi suvisitgich kolonkalariga tarmoqlangan joylarida yopadigan armatura
o‘rnatish ko‘zda tutilishi kerak.
9.17. Ichki suv ta’minoti tizimida bino perimetrining har 60 — 70 m da bittadan tashqi
devordagi tuynuklarda o‘rnatiladigan suv sepish jo‘mragi ko‘zda tutilishi yo‘l qo‘yiladi. Suv ta’minoti
rejimli bo‘lgan hududlarda suv sepish jo‘mraklari o‘rnatilmaydi.
9.18. Vanna va dushxonalarda yoz vaqtida o‘chirib qo‘yish imkonini beruvchi sxema bo‘yicha
sochiq quritgich o‘rnatilishi ko‘zda tutilishi kerak.
9.19. Avtomat kir yuvish mashinasini sovuq va issiq suv, hamda oqova quvurlariga ulash uchun
ularda probkalar bilan yopib qo‘yiladigan shtutserlar ko‘zda tutilishi kerak.
9.20. Vanna va dush poddonlarining metal korpuslari suv quvurlari bilan metal o‘tkazgichlar
vositasida tutashtirilishi kerak.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling