Turar joy binolari


Ventilatsiya va havoni konditsionerashtirish


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Ventilatsiya va havoni konditsionerashtirish
9.35. Turar-joy binolarda 
8
va 
9-jadvallarga 
ko‘ra havo almashinuv ko‘rsatkichini ta’minlab,
tabiiy qo‘zg‘atishli vetilatsiya ko‘zda tutilishi kerak.
Mikroiqlimni optimal parametrlari vetilatsiya bilan ta’minlana olinmaganda, loyihalash
topshirig‘i bo‘yicha havoni konditsionerlash qo‘llanilishi mumkin
9.36. Favqulodda tutunga qarshi ventilatsiyani ShNQ 2.01.02 va ShNQ 2.04.05 larga muvofiq
loyihalash kerak.
9.37. Toza xonalarga tashqi havoni uyushmagan kirishi va uni iflosroq xonalarga ko‘chishi
ko‘zda tutilishi kerak.
Xonadon va yotoqxona yashash xonalari ventilatsiyasini oshxona, hojatxona, o‘txona, vanna va
dushxonalardan tik tortuvchi kanallar yordamida amalga oshirish kerak.
9.38. Har bir xonadon doirasida:
oshxona va o‘txonadan alohida-alohida kanallar ko‘zda tutilishi kerak;
hojatxona, vanna, dush va gigiyena xonalaridan tortuvni yotiq (gorizontal) havoo‘tkazgichlar
orqali bitta kanalga birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
9.39. Tik tashqariga tortuvchi (vityajnoy) kanallarni bino ustiga atmosferaga chiqquncha yoki
ochiq chordoq bo‘shlig‘igacha tranzit qilib chiqarish kerak.
9.40. 5-qavatgacha (5-qavat ham) turar-joy binolarda, sanuzel va oshxonadan tortuvchi
kanallar har qavat uchun mustaqil alohida bajarilishi kerak.
6 va undan ko‘p qavatli binolarda, yuqori klass qulaylikli binolardan tashqari, har qavatdan bir
turli xonalardan tortuvni quyidagi shartlar bajarilganda yig‘ma tortuv kanaliga ulash yo‘l qo‘yiladi:
tortuvlarni birlashtirish ventilatsiya blokning bitta tiklik chegarasida, balandligi 2 m dan kam
bo‘lmagan yo‘ldosh kanalcha vositasida bajariladi;
yig‘ma kanalga 6-qavatli binolarda faqat pastki uch qavatning tortuvlari, 7-8, 9-10, 11-12, 13-14
va 15-16 qavatli binolarda mos ravishda pastki to‘rt, besh, olti, yetti va sakkiz qavat ulanadi.
9.41. Suvisitgich, qozon va pechkalarning mo‘rilari tortuv kanali o‘rnida qaralmasligi kerak.
9.42. Gaz asboblari turgan xonalarning tortuv kanallarida boshqariladigan (regulirovka)
panjara qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9.43. Yuqorigi ikki qavatdagi, yuqori klass qulaylikka ega kvartiralarda hamma qavatlardagi
sanuzel va oshxonalar tortuv kanalining kirishida (og‘zida) tortuvchi maishiy ventilyatorlar
o‘rnatilishi ko‘zda tutilishi kerak.
O‘txona, gazli suvisitgichli xonalarda, xamda yig‘ma kanalga birlashadigan tortuv kanallari
kirishida ventilyator o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9.44. Turar-joy binolari ichiga qurilgan obyektlarning ventilatsiyasi mustaqil bo‘lishi kerak.
Yong‘inportlash xavfi bor moddalar bo‘lmaydigan va 1,5 karra havoalmashinuvi yetarli bo‘lgan
(notarial idora, yuridik maslahat, jamg‘arma kassalari va sh.o‘.) ichki qurilgan jamoat xonalaridan
tabiiy tortuvni, 
9.40-b
. talablariga rioya qilib, turar-joy binoning tortuv tizimiga birlashtirish
(qo‘shish)ga yo‘l qo‘yiladi.
9.46. 
Turar-joy 
binolarda 
havoni 
konditsionerlash 
odatda, 
mustaqil 
(avtonom)
konditsionerlardan foydalanib bajariladi. 1a va 1b zonalardagi yaxshilangan klass qulaylikli


binolarning 1 — 4 xonali xonadonlarida bitta konditsioner; undan kattaroq xonadonlarda ikkita
konditsioner o‘rnatish ko‘zda tutilishi tavsiya qilinadi.
I va II zonalardagi yuqori klass qulaylikka ega binolarda yashash xonalari mos ravishda 70% va
50% konditsionerlar bilan jihozlanadi.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling