Turar joy binolari
Download 392,06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. ENERGIYA TEJAMKORLIK VA ENERGIYA SAMARADORLIK
Aloqa va signalizatsiya
9.56. Turar joy binolari simli eshittirish (radiotranslatsiya) tarmoqlari, telefon va antennali televideniye tarmoqlari bilan jihozlanishi kerak. Qariyalar hamda nogironlar oilalari istiqomat qiladigan kvartiralarda, umumiy yotoqxona binosidagi hojatxona, vanna-xona va boshqa sanitariya-gigiyena xonalaridan tashqari hamma xonalarda, 10 qavatli va bundan baland turar joy binolari kvartiralarda yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in haqida xabar berish uskunalarini o‘rnatish ko‘zda tutilishi lozim. Turar-joy binolari loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, soatlashtirish, qo‘riqlash va avtomatik yong‘in signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi mumkin. 9.57. Yong‘inga qarshi qurilmalarni avtomatik boshqarish temir shkaflarini birinchi qavatda elektr shchit xonasida joylashtirish kerak. 9.58. Har bir uyda telefon apparati o‘rnatish, va axborot uzatish tizimiga ulanish uchun texnik imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutish lozim. 9.59. Qariyalar hamda nogironlarga mo‘ljallangan uy-internatlarda xizmat ko‘rsatish xodimlarini chaqirish uchun signalizatsiya tizimini ko‘zda tutish lozim. 9.60. Yaxshilangan va yuqori qulaylikka ega uch qavatli va undan balandroq uy-joy binolariga domofonlar (qulflash-so‘zlashish qurilmalari) o‘rnatiladi. 9.61. Yaxshilangan va yuqori qulaylikka ega binolar qo‘riqlash signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanadi. 9.62. 50 nafardan ko‘proq kishi yashaydigan umumiy yotoqxonalarga elektr soatli qurilmalar o‘rnatish ko‘zda tutilishi lozim. 10. ENERGIYA TEJAMKORLIK VA ENERGIYA SAMARADORLIK 10.1. Bino shunday tarzda loyihalanishi va qurilishi kerakki, uni ekspluatatsiya qilishda, xonalardagi mikroiqlim ko‘rsatkichlariga va boshqa yashash sharoitlariga o‘rnatilgan talablarni ta’minlashda energetik resurslarning tejamli (samarali) sarflanishiga erishilsin. 10.2. Binoning energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim: to‘suvchi konstruksiyalarning issiqlik o‘tkazishga keltirilgan qarshiligi, havo o‘tkazuvchanligi va issiqbardoshligi ShNQ 2.01.04 bilan o‘rnatilgandan past bo‘lmasligi kerak; isitish, ventilatsiya, havoni konditsionerlash va issiq suv ta’minoti muhandislik tizimlari va uskunasi energiya tejamkor, avtomatik va qo‘l bilan boshqarilishga ega, va ShNQ 2.04.05, ShNQ 2.04.16 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. binoning muhandislik tizimlari, markazlashgan ta’minotda, issiqlik energiyasi, sovuq va issiq suv, elektr energiyasi va gaz sarfini hisoblash asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak; isitish, ventilatsiya va konditsionerlashga nisbiy solishtirma energiya sarflari ShNQ 2.01.18 da o‘rnatilgandan yuqori bo‘lmasligi kerak; 10.3. Binoning optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishish va isitish va konditsionerlashga nisbiy solishtirma energiya sarflarini qisqartirish maqsadida quyidagilarni qo‘llash tavsiya etiladi: qurilish hajmi birligiga to‘g‘ri keladigan tashqi to‘sish konstruksiyalarining mumkin bo‘lgan eng kam yuzasiga ega binolarning eng ixcham hajmiy-tarhiy yechimini. Binolar ixchamligi yo‘l qo‘yilgan darajada korpus kengligini oshirish va qavatlar sonini ko‘paytirish hisobiga, tabiiy yoritish va shamollatish talablaridan kelib chiqib, xonalarni maqsadga muvofiq blokirovka qilish hisobiga erishiladi; bino va uning xonalarini sovuq shamol va quyosh radiatsiyasi oqimlarining afzalroq (eng ko‘p) yo‘nalishlarini hisobga olib, qutb tomonlariga nisbatan yo‘naltirishni (oriyentatsiya); yuqori FIK (KPD) ega, mos nomenklatura qatoriga tegishli samarali muhandislik uskunasi; chiqib ketayotgan havo va oqova suvlarni utilizatsiya qilish (qayta qo‘llash), energiyaning qayta tiklanuvchan manbalaridan (quyosh, shamol va b.) foydalanish. 10.4. Yangi qurilayotgan binolarni loyihalashtirishda ularning energiya samaradorligi va seysmik xavfsizligini kompleks ta’minlash maqsadida to‘suvchi konstruksiyalar materiallarini ShNQ 2.01.03 va ShNQ 2.01.04 talablari va tavsiyalariga muvofiq, ular massasini anchaga kamaytirish, qishda issiqlikni himoyalash va yozgi issiq sharoitda issiqlikka chidamlilik yuqori ko‘rsatkichlari ta’minlanishini hisobga olib tanlash tavsiya etiladi. 10.5. Binoning energiya samaradorligini me’yoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha nazorat qilish maqsadida o‘z ichiga binoning energetik pasportini olgan “Energiya samaradorlik” bo‘limini loyiha hujjatlari tarkibiga kiritish kerak. “Energiya samaradorlik” bo‘limi ShNK 1.03.01 ga muvofiq ishlab chiqiladi. 1-ILOVA Download 392,06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling