Turar joy binolari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Oqovalashtirish
9.21. Ichki maishiy oqovalashtirish tizimi o‘rnatilgan hamma sanitariya texnik asboblardan
(unitaz, vanna, dush, yuz-qo‘l yuvgich, bide va b.) chiqadigan oqova suvlarni kyetkazish uchun
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
9.22. Konstruksiyasida gidravlik yopqich (zatvor) bo‘lmagan sanitariya-texnik asboblarni (dush
poddonlari, kir yuvish mashinalarining mag‘zava chiqish joyi va b.) chiqish joyiga asboblarning
ostiga gidravlik yopqichlar o‘rnatilishi kerak.
9.23. Oqova suvlarni kyetkazish o‘z oqimi bilan ketadigan yopiq quvurlar bo‘yicha, ifloslanib
tiqilib qolish ehtimolini maksimal kamaytiradigan qilib o‘rnatib, amalga oshirilishi kerak. Boshqa-
boshqa xonadonlarda joylashgan sanitariya asboblarini umumiy tarmoq quvurga ulashga yo‘l
qo‘yilmaydi.
9.24. Ichki oqovalashtirish tarmog‘ini yashash xonalari, namlik bo‘lishi mumkin bo‘lmagan
xonalar, hamda oshxona va vestibyullarning shipi osti bo‘ylab, devor va pol ichi bilan o‘tkazishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
9.25. Uyning ichki o‘z oqimili oqovalashtirish tarmog‘i ventilatsiyasini (qishloqdagi 1-qavatli
uylardan tashqari) tortadigan (vityajnoy) qismi bino tomidan yuqoriga ochiq havoga chiqarilgan uy
oqovalashtirish mo‘risi orqali amalga oshirish kerak. Quvurlarning havo tortadigan mo‘ri qismini
ochiladigan deraza va balkonlardan kamida 6 m masofada, tortuvchi ventilatsiya bloklarining
uchidan(ogolovok) kamida 1 m masofada joylashtirish kerak.
Oqovalashtirish mo‘rilarini ventilatsiya kanali va shaxtalari ichidan o‘tkazish man qilinadi.
Oqovalashtirish mo‘rilarini chordoq bo‘shlig‘ida to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9.26. Yashash qismi oqovasini, magazinlar, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish
korxonalari oqovasi bilan (bino tashqarisida joylashgan birinchi oqovalashtirish qudug‘igacha)
birlashtirish man qilinadi.
9.27. Yuqori klass qulaylikli xonadonlarda ichki oqova tarmog‘ini montaj-shaxta, kanal va
to‘rtburchak quvurlarda (koroblarda) berkitib o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Isitish
9.28. Isitish tizimlari binoning yashash xonalarida havoni hisobiy haroratini 
8
va 
9-jadvallarga
ko‘ra ta’minlashi kerak.
9.29. Turar-joy binolarda bug‘li isitish tizimi va gaz bilan isitiladigan kaminlar qo‘llashga yo‘l
qo‘yilmaydi. Suvli isitish tizimi qo‘llanilganda, quvurdan yasalgan isitish qismlarni qurilish
konstruksiyasi (qavatyopma, devor, pardevor)ichiga o‘rnatish tavsiya etilmaydi.
9.30. Isitish asboblari yuzasidagi harorat 105°S dan, qariya va nogironlar xonalarida esa 95°S
dan oshmasligi kerak.
9.31. Isitish radiator va konvektorlari ochiq, odatda, tashqi devorlarda, ko‘pincha deraza ostida
joylashtiriladi.
Mahalliy issiqlik manbaidan ishlaydigan isitish tizimida isitish asboblarini ichki devorlarga
o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.


9.32. Pechkali isitish 2 qavatdan ko‘p bo‘lmagan turar joy binolarda va 25 o‘rindan ko‘p
bo‘lmagan 1-qavatli yotoqxonalarda yo‘l qo‘yiladi.
Pechkali isitiladigan xonalarda havo haroratining 1 sutka davomida o‘zgarishi ± 3°S dan
oshmasligi kerak
9.33. Har bir xonadonda qattiq yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonini qo‘llash ikki qavatgacha
(2-qavat ham) turar-joy binolarda, gazsimonida esa to‘qqiz qavatgacha (9-qavat ham) yo‘l qo‘yiladi.
9.34. Elektr energiyasi bilan isitishda, Davshaxtexnazorat talablariga mos, zavodda ishlangan
elektr isitish asboblaridan foydalanish ko‘zda tutilishi kerak. Isitish uchun elektr energiyani sarflash
elektr ta’minot tashkilotlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling