Turar joy binolari
Download 392.06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. ChIQINDILARNI YO‘QOTISh
7. LIFTLAR
7.1. Yuqori qavat polining sathi yer sathidan 13 m va undan ko‘p bo‘lgan turar joy binolarda liftlar ko‘zda tutilishi kerak; loyihalash topshirig‘i bo‘yicha yuqori qavat polining bundan kam sathida ham liftlar bo‘lishi mumkin. 7.2. Liftlar, maxsus kvartirali qariyalar uyida, ustki qavat polining sathi 8 m va undan ko‘p bo‘lganda, kreslo-aravachalardagi nogiron oilalari bor uylarda — 3 m dan ortiq bo‘lganda ko‘zda tutilishi kerak. Kreslo-aravachalardagi nogironlar uchun maxsus ko‘targichlar o‘rnatilishi mumkin. Izoh: Nogiron oilalar uchun kvartiralar, odatda, birinchi qavatlarda joylashtirilishi kerak. 7.3. Ko‘p kvartirali uy yoki yotoqxonalarning har bir seksiyasiga 13-ilovaga muvofiq liftlar o‘rnatilishi kerak. Qariyalar va kreslo-aravachalardagi nogironlar oilasi uchun turar joy uylarda 630 kg yuk ko‘taradigan liftlar ko‘zda tutilishi kerak. Balandligi 28 m dan yuqori bo‘lgan binolarda passajir liftlarning biri o‘t o‘chirish bo‘limlarini tashishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 7.4. Lift oldidagi maydonchaning eni bemorlarni tez-yordam zambillarida tashishga imkon berishi kerak va 400 kg yuk ko‘taruvchi liftda — 1,5 m; kabina eni 2100 mm li 630 kg li liftda — 1,6 m; kabina eni 1100 mm, uzunligi 2100 mm da — 2,1 m bo‘lishi kerak. Kreslo-aravachalardagi nogironlar yashaydigan uylarda lift o‘rnatishda ShNQ 2.07.02 talablari hisobga olinishi kerak. Lift shaxtalari yashash xonalari bilan yonma-yon joylashmasligi kerak. Liftlarning mashina xonalarini yashash xonalarining bevosita ustida, hamda yonida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. ChIQINDILARNI YO‘QOTISh 8.1. Chiqindilarni yo‘qotish tizimi mahalliy boshqaruv organlari — hokimiyatlar tomonidan belgilanadi va loyihalash topshirig‘ida ko‘rsatiladi. Chiqindilarni yo‘qotish, odatda, turar-joy uylari yaqinida chiqindi konteynerlari maydonchalari qurish yo‘li bilan ko‘zda tutiladi. Chiqindi yig‘uvchi konteynerlar asfaltbeton yoki beton zaminida, ko‘pkvartirali uylarning blok-seksiyasiga yoki uylarga kirish joyiga va kvartiralar derazalariga 20 m dan yaqin bo‘lmagan masofada joylashishi kerak; uyga kirish joyidan uzoqligi 200 m dan oshmasligi kerak (ixtisoslashtirilgan turar joylarda uzoqligi loyihalash topshirig‘ida ko‘rsatiladi). 8.2. Loyihalash topshirig‘i bo‘yicha chiqindi tushirgichlar har qanday qavatli binolarda ham qurilishi mumkin. Chiqindi tushirgich qurilmalari zamonaviy sanitariya-gigiyena va texnik talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. 8.3. Chiqindi tushirgich stvoli havoo‘tkazmaydigan, qurilish konstruksiyalaridan tovush himoyalangan, yashash xonalariga tutashmasligi (yopishmasligi) kerak. Chiqindi tashlash qopqoqlari kvartira derazalaridan ko‘rinmaydigan bo‘lishi va ularning joylanishi yashash muhitning sanitar-gigiyena holatini buzmasligi kerak. Chiqindi tushirgich amaldagi sanitariya me’yorlariga muvofiq stvolini vaqti-vaqti bilan yuvish, tozalash va dezinfeksiya qilib turiladigan moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Chiqindi yig‘uvchi kamera chiqindi tushirgich stvolini bevosita ostida joylashishi unga issiq va sovuq suv ulangan bo‘lishi kerak. Chiqindi yig‘uvchi kamerani yashash xonalari ostida yoki yonida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kameraning balandligi (ichki o‘lcham-da) 1,95 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Kamera tashqariga ochiladigan eshikli, mustaqil, binoga kirishdan yopiq (gluxoy) devor (ekran) bilan ajratilgan chiqishi bo‘lishi kerak va olovbardoshlik darajasi RE160, yong‘in xavfi klassi KO-1s va olov tarqatish chegarasi nol bo‘lgan yong‘inga qarshi pardevorlar va qavatyopma bilan ajratilishi kerak. Download 392.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling