Turar joy binolari
Turar-joy binolarning kvartira, umumiy va yashash maydonlari, xonalar maydoni, qurilish
Download 392,06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Turar-joy binolarning kvartira, umumiy va yashash maydonlari, xonalar maydoni, qurilish
hajmi, maydoni va qavatlarini hisoblash qoidalari 1. Kvartira maydonini lodjiyalar, balkonlar, verandalar, terassalar, sovuq kladovkalar, tamburlarni hisobga olmay, yashaladigan va yordamchi xonalar maydoni yig‘indisi sifatida aniqlash kerak. 2. Kvartira va yotoqxona yashash yacheykasi yashash maydonini yashaladigan xonalar maydoni yig‘indisi deb hisoblash kerak. 3. Kvartiraning umumiy maydonini undagi xonalar, kladovkalar va ichiga qurilgan shkaflar, hamda quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadigan sovuq kladovkalar va yozgi xonalar maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak: sovuq kladovkalar va oynavand yozgi xonalar uchun — 1,0; oynalanmagan lodjiyalar uchun — 0,5, balkon va terassa uchun — 0,3. 4. Yotoqxona va uy-internatlar umumiy maydonini yashash xonalari, yordamchi xonalar va jamoat xonalari maydoni, hamda 3-band bo‘yicha hisoblanadigan yozgi xonalar maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak. 5. Turar-joy bino kvartiralarining umumiy maydoni shu bino kvartiralarining 3-band bo‘yicha hisoblangan umumiy maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak. 6. Turar-joy bino maydonini tashqi devorning ichki yuzalari oralig‘ida o‘lchangan hamma qavatlar maydoni, hamda yozgi xonalar (lodjiya, balkon) maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak. Zina bo‘lmalari, lift va boshqa shaxtalar maydoni ularning shu qavat sathidagi maydoni hisobi bilan bitta qavat maydoniga qo‘shiladi. Chordoq, xo‘jalik va texnik yerto‘la, xamda zina bo‘lmasi va lift shaxtasi tamburlari maydoni bino maydoniga kiritilmaydi. 7. Turar-joy binolar xonalarining maydonini, pol sathida (plintuslar hisobisiz) devor va pardevorlarning pardozlangan yuzalari orasidagi o‘lchamlari bo‘yicha hisoblash kerak. Pechka va pechka-kamin egallagan maydon xona maydoniga kiritilmaydi. Kvartira ichidagi zina osti maydoni poldan chiqib turgan konstruksiya ostigacha bo‘lgan balandligi 1,6 m va undan ortiq bo‘lsa, o‘sha zina joylashgan xona yuzasiga kiritiladi. Mansarda qavatdagi xona maydonini hisoblashda, qiya shipli shu xonaning balandligi 1.6 m dan kam bo‘lmagan qismining maydoni hisobga olinadi. 8. Ichiga yoki ichki-tutashtirib qurilgan jamoat xonalarining maydoni ShNQ 2.08.02 ga muvofiq hisoblanadi. Balandligi ko‘p qavatli (mnogosvetniy) xonaning maydoni binoni umumiy maydoniga faqat bir qavat chegarasida kiritilishi kerak. 9. Turar-joy binoning qurilish hajmi ±0.00 belgidan yuqori qism (erustki qismi) va bu belgidan quyi qism (er ostki qismi) hajmlari yig‘indisi deb hisoblanadi. Binoning yer ustki va ostki qismi qurilish hajmi shu qismlarning har biridagi pol sathidan boshlab, chegaralovchi yuzalar, shu jumladan qurshab oluvchi konstruksiyalar, oynavon tomlar va boshqalar doirasida aniqlanadi; bunda turtib chiqib turgan me’moriy qismlar va konstruksiya qismlari, yerto‘ladagi kanallar, terassa, balkon, kolonka (portik), o‘tib yuriladigan yo‘llar hajmi va poydevori tayanch (ustuncha)lardan iborat bo‘lgan binolar tagidagi bo‘shliqlar hisobga olinmaydi (sof o‘lchovda). Binoning qurilishi hajmiga isitilmaydigan verandalar, sovuq chordoq, texnik qavat va yerto‘lalar kiritiladi. 10. Bino quriladigan maydon binoni tashqi tomonidan tsokol sathida o‘ralgan gorizontal kesim maydoni, shuningdek turtib chiqib turgan qismlar, binoning ustunlar ustida joylashgan qismi ostidagi maydon, bino ostidan avtomobil o‘tish joylari maydoni deb hisoblanadi. 11. Binoning qavatlar sonini belgilayotganda yer ustidagi qavatlarning hammasi, shu jumladan texnik qavat, mansarda qavat, tsokol qavat, agar yopmasining usti erning tekislangan sathidan 2 m dan balandroq bo‘lsa, hisobga kiritiladi. Bino ostidagi yerto‘la (podpolye) balandligidan qat’iy nazar, hamda balandligi 1,8 m dan kam bo‘lgan qavatlararo har qanday bo‘shliq qavatlar soniga kiritilmaydi. Binoning turli qismlarida qavatlar soni turlicha bo‘lganda, shuningdek bino nishab joyda joylashishi hisobiga qavatlar soni ko‘paysa, qavatlar soni binoning har bir qismi uchun alohida hisoblanadi. Yuqori qavat ustida joylashgan texnik qavat bino etajlar sonini belgilayotganda va liftlar soni hisoblanganda hisobga olinmaydi. 3-ILOVA LexUZ sharhi Majburiy Download 392,06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling