Turar joy binolari
Elektrotexnika qurilmalari
Download 392.06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Elektrotexnika qurilmalari
9.47. Turar joy binolarida elektr yoritish va kuch elektr uskunalari o‘rnatilishi lozim. Turar-joy binolari elektr o‘tkazgichlari ishonchlilik darajasiga ko‘ra quyidagi kategoriyalarga kiritilishi lozim: elektr plitalar hamda issiq suv bilan ta’minlash maqsadida foydalaniladigan elektr suv isitgichlar o‘rnatilgan, balandligi 16-qavatgacha bo‘lgan uy-joy binolari (bir-sakkiz kvartirali uylar bu hisobga kirmaydi), gaz plitalar va o‘tin-ko‘mir yoqiladigan plitalar o‘rnatilgan, balandligi 5 dan 10- qavatgacha bo‘lgan uy-joylar, 50 kishiga mo‘ljallangan umumiy yotoqxonalar II-kategoriyaga mansub; gaz plitalar va o‘tin-ko‘mir yoqiladigan plitalar o‘rnatilgan, balandligi 5-qavatdan oshmaydigan uy-joy binolari, elektr plitalar hamda issiq suv bilan ta’minlash maqsadida ishlatiladigan elektr suv isitgichlar o‘rnatilgan bir — sakkiz kvartirali uylar, 50 kishiga mo‘ljallangan umumiy yotoqxonalar binolari — III-kategoriyaga mansub. 9.48. Elektr uskunalari konstruksiyasi, tayyorlanishi, o‘rnatilish usuli, izolatsiyasining klassi va himoyalanganlik darajasi elektr tarmog‘idagi kuchlanishga hamda atrof muhit-sharoitiga mos kelishi zarur. 9.49. Kvartiradagi va turar-joy yacheykalaridagi guruhlangan elektr tarmoqlari yashirin qilib o‘tkazilishi, buning uchun ular devor ichiga yotqizilgan naylardan viklyuchatellar va rozetkalar devorga o‘yib, botirilgan qilib o‘rnatilishi kerak. Turli kvartiralar orasidagi devorga, yuqori qulaylikka ega obyektlarda esa, bir kvartira doirasida ham bir o‘q bo‘ylab 2 ta viklyuchatel yoki rozetkani yonma-yon o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 9.50. Kvartiralarning hamda umumiy yotoqxonalarning yashash xonalariga xonaning har bir to‘liq va to‘liqmas 6 m maydoniga 6A tokka bittadan rozetkalarni o‘rnatish kerak. I va II zonalardagi kvartiralar umumiy xonasida maishiy konditsionerga mo‘ljallangan 10 (16) A tokka erlangan kontaktli rozetka o‘rnatiladi. Kvartira yo‘laklarida yulaklarning har bir to‘liq va to‘liqmas 10 m maydoniga 6A tokka kamida bittadan rozetkalar joylashtirilishi zarur. Oshxonalarga 6A tokka mo‘ljallangan uchta rozetka, oshxona maydoni 8 m dan katta bo‘lganida esa to‘rtga rozetka va bundan tashqari, erlangan kontaktli, 10 (16)A tokka mo‘ljallangan bitta rozetka o‘rnatilishi lozim. Elektr plitalardan foydalanilganda, 23A tokka mo‘ljallangan va erlangan kontaktli rozetka o‘rnatilishi zarur. Yaxshilangan va yuqori qulaylikka ega binolarda konditsioneri bor xonalarning hammasiga 10 (16)A tokka mo‘ljallangan erlangan kontaktli rozetkalar o‘rnatiladi. 9.51. Yashash xonalaridagi shtepsel rozetkalari vilka chiqarib olingandan keyin ular teshiklarini berkitib qo‘yish imkonini beruvchi himoya moslamalari yoki plastmassa qopqoqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Sanuzellarga, vannaxona va dushxonalarga, yuvinish xonalariga, dusholdi xonalarga, omborxonalarga rozetkalar o‘rnatish mumkin emas, yuvinish xonalari hamda vannaxonalardagi taqsimlovchi transformator orqali ulanadigan rozetkalar bundan mustasno. 9.52. Kvartira dahliziga elektr qo‘ng‘iroq kvartiraga kiriladigan eshik yoniga esa qo‘ng‘iroq tugmachasi o‘rnatilishi lozim. 9.53. Yashash xonalarda, oshxonalarda, dahliz va verandalarda, shuningdek, maydoni 5 m dan katta lodjiyalarda zarur bo‘lganida shipga, lodjiyalarda esa, devorga, osib qo‘yiladigan yoki mahkamlanadigan umumiy yoritish yoritgichlarini o‘rnatishga mo‘ljallangan klemmali kolodkalar yoki mahkamlovchi moslamalar o‘rnatilishi kerak. Maydoni 10 m va undan katta bo‘lgan yashash xonalariga, lampalarni ikki qismlab yoqsa bo‘ladigan ko‘p lampali yoritgichlar o‘rnatish imkoniyatini 2 2 2 2 2 ko‘zda tutish zarur. Kvartiralardagi hojatxonalarda eshik tepasida devorga patron, vannaxonalarda esa, umivalnik tepasiga yoritgich o‘rnatilishi kerak. 9.54. Evakuatsiya vaziyatidagi yoritish 6 qavatli va undan balandroq turar joy binolarida, shuningdek, 50 nafar va bundan ko‘proq kishi istiqomat qiladigan umumiy yotoqxonalarda ko‘zda tutilishi lozim. 9.55. Yuqori qulaylikka ega binolarda evakuatsiya vaziyatidagi yoritish, zinapoyalarni, vestibyullarni, lift xollarini, tabiiy yoritishga ega lift oldi maydonchalarini, uylar podyezdlari va kirishlarini yoritish qorong‘i tushgach avtomat tarzda yoki masofadan dispetcherlik punktidan yoqiladigan va tong otishi bilan o‘chadigan bo‘lishi lozim. Download 392.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling