Turar joy binolari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

9. MUHANDISLIK JIHOZLARI
Umumiy qoidalar
9.1. Yashash xonalarida mikroiqlimning eng muvofiq va yo‘l qo‘yiladigan parametrlari
(o‘lchamlari) va havo almashinuvi miqdorini 
8-jadval
bo‘yicha qabul qilish kerak.
Yilning sovuq davrida turli xonalarda havoning hisobiy harorati va havoalmashinuvi soni 
9-
jadval 
bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
8-jadval
Parametrlar
(o‘lchamlar)
Yil davri
Hisobiy harorat,
°S
Nisbiy
namlik, %
Havo harakati
tezligi,
≤ m/sek
Havoalmashinuv
miqdori
Eng muvofiq
Sovuq
Iliq
21-22
(22-23)
26-27
30 — 60
30 — 45
0,15
0,2
1m pol yuzasiga 4m /soat
-
Yo‘l qo‘yiladigan
Sovuq
Iliq
20/21
-
65 gacha
-
0,2
-
1m pol yuzasiga 3m /soat
-
Izohlar:
1. Qavs ichidagi qiymatlar yolg‘iz qariyalar va nogironi bor oilalar uyiga tegishli.
2. Chiziqlar, ushbu ko‘rsatkich me’yorlanmasligini bildiradi.
3. Bittadan ortiq tashqi devorli xonalar uchun sovuq davrdagi haroratni 1°S ga yuqori olish kerak.
9-jadval
Xonalar
Havoning hisobiy
harorati, °S
Havoalmashinuvi soni (marta)
Ichkariga tortish
Tashqariga tortish
Kvartira yoki yotoqxonalardagi yashash xonasi
8 Jadv. q.
Yotoqxonalardagi jamoat va ma’muriyat xonalari
20
-
1
Xonadan i yotoqxonalar oshxonasi
elektr plitali
gaz plitali
18
-
-
60 m /soat
90 m /soat 
Vannaxona
25
-
25 m /soat 
Alohida hojatxona
8
-
25 m /soat 
Birlashgan sanuzel
25
-
50 m /soat 
Umumiy dushxona
25
-
5,0
Umumiy yuvinish xonasi
18
-
0,5
2
3
2
3
3
3
3
3
3


Kiyimni tozalash va dazmollash uchun garderob
xonasi
18
-
1,5
Vestibyul, umumiy yo‘lak, zina bo‘lmasi
16
-
-
Kir yuvish xonasi
15
Hisob bo‘yicha, lekin 4 dan
kam emas
7,0
Yotoqxonalarda dazmollash, quritish xonasi
15
Hisob bo‘yicha, lekin 2 dan
kam emas
3,0
Yotoqxonalarda shaxsiy buyum, sport inventari,
ho‘jalikdagi kirlarni saqlash kladovkalari
14
-
0,5
O‘txona
16
-
3,0
Liftlarning mashina xonasi
10
-
Hisob bo‘yicha, lekin
0,5 dan kam emas
Izoh: 1A, 1B, 1V, va II ost zonalardagi binolarning zina bo‘lmalarida, hamda kvartirali isitiladigan uylarda havo
harorati me’yorlanmaydi.
9.2. Muhandislik ta’minoti tizimini qurishda ishlatiladigan uskuna, buyum va materiallarga
turarjoy binolarda ishlatilishi uchun O‘zR Sog‘liqni saqlash Vazirligining ruxsati bo‘lishi va amaldagi
standart va texnik shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
9.3. Muhandislik jihozlari tizimi yong‘inportlash xavfsizligini, ko‘zdan kechirib turish, tozalash
va ta’mirlash imkonini ta’minlagan holda, ShNQ 2.04.05, ShNQ 2.04.08, ShNQ 2.04.17, ShNQ 2.04.20
va ShNQ 2.04.18 larga muvofiq loyihalash kerak. Tizim ishlashidan hosil bo‘lgan shovqin turar-joy
uylar uchun yo‘l qo‘yilgan darajadan oshmasligi kerak. Qo‘shimcha shovqin chiqaradigan uskunalar
alohida mustaqil tayanch konstruksiyalarga o‘rnatilishi kerak.
Muhandislik tizimini elektromexanik va elektron uskunalari tabiiy yoritiladigan va favqulodda
suv bosmaydigan xonalarda joylashishi kerak. Ushbu uskunalarni texnik tagxonalarda
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shovqin va vibratsiya manbalari bo‘lgan, nasosxonalar, ventkameralar, issiqlik punktlari
yashash xonalari bilan yonma-yon, ustida va ostida joylashmasligi kerak.
Yaxshilangan va yuqori klass qulaylikka ega obyektlarda yuqorida qayd etilgan xonalar turar
joy binoni hajmidan tashqarida umuman boshqa joyda joylashishi kerak.
9.4. Turar-joy uylari ichiga qurilgan jamoat va xo‘jalik xonalarida 
6.1
va 
6.3-b
.ga muvofiq,
shuningdek bolalar maktabgacha tashkilotlarida 
6.2-b
.ga muvofiq gaz uskunalarini o‘rnatishga yo‘l
qo‘yilmaydi, alohida chiqishi bo‘lgan, alohida ajratilgan xonada joylashtirilgan, isitish uchun
mo‘ljallangan, avtomatlashgan gaz apparat va qozonlar bundan istisnodir. Ushbu isitish tizimiga
issiq suv ta’minoti uchun suv isitgichlarini ulashga yo‘l qo‘yiladi.
9.5. Oqovalashtirilgan hududlarda quriladigan binolarda ichki suv ta’minoti va oqova tizimi
ko‘zda tutilishi kerak. Ichki oqovalashtirish tizimi mavjud bo‘lmaganda, binoga vodoprovod olib
kirishga yo‘l qo‘yilmaydi va tashqi vodoprovod kolonkalari, tashqaridagi hojatxonalar ko‘zda tutilishi
kerak.
9.6. Oqovalashtirilgan kvartirali uylarda quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim:
5-6 xonali kvartiralarda: vannali sanitar xonasi, yuz-qo‘l yuvgich va unitazi bilan va sanitar xona
unitaz, yuz-qo‘l yuvgich va dushi bilan;
2 — 4 xonalilarda: hojatxona unitaz va yuz-qo‘l yuvgich bilan va vanna xona vanna va yuz-qo‘l
yuvgich bilan;
bir xonali va kichik o‘lchamli 2-xonali kvartiralarda: birlashtirilgan sanitar xonasi unitaz, yuz-qo‘l
yuvgich, vanna bilan, qariyalar uchun ixtisoslashgan uylarda qayd etilgan sanitariya jihozlariga
qo‘shimcha loyihalash topshirig‘i bo‘yicha oyoq vannasi ko‘zda tutilishi kerak.
Yaxshilangan va yuqori klass qulaylikka ega kvartiralar loyihalash topshirig‘i va 
14-ilovaga
muvofiq sanitariya — texnika asboblari bilan jihozlanishi mumkin.


Kreslo-aravachadagi nogironi bor oilaga mo‘ljallangan kvartiralarda sanitariya bo‘lmasi unitaz,
yuz-qo‘l yuvgich va devorga mahkamlangan maxsus qaytarma (otkidnoy) o‘tirgichli dush xamda
trap (ko‘chma zina) ni o‘z ichiga olishi kerak.
9.7. Oqovalashtirilgan yotoqxona sanitariya-gigiyena xonalarining uskunalari quyidagi
hisobdan qabul qilinishi kerak:
yolg‘izlarga: 1 unitaz, 1 dush (yoki vanna), 1 yuz-qo‘lyuvgich 4 — 6 odamga;
kichik oilaga: 1 unitaz, 1 dush (yoki vanna), 1 yuz-qo‘l yuvgich — 2-3 odamga;.
Qariya va nogironlar uy-internatlardagi yashash xonalari qoshida birlashgan sanitariya
bo‘lmalari (unitaz, yuz-qo‘l yuvgich, dush, oyoq vannasi) ko‘zda tutiladi. Vannali vanna xonasi 10 — 15
yashovchidan iborat guruhga ko‘zda tutiladi.
Izoh: Yaxshilangan va yuqori qulaylikka ega yotoqxona va uy-internatlarda sanitariya texnika uskunalari to‘plami
loyihalash topshirig‘i bo‘yiga o‘rnatiladi.
9.8. Turar-joy uylar elektr energiyasi, gaz, sovuq va issiq suv sarfini hisoblash asboblari bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling