Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to‘g‘ri o‘qish talab qilinadi


Download 1.94 Mb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1577243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
80cd54aa5448583fe9186b8d0e4ddf0d CHIZMACHILIK - 1



KIRIS Н


Chizmachilik aniq texnik fail hisoblanib, insonlarda o‘z vaqtida ish bajarish, ya’ni aniqlik, talabchanlik, hamisha toza- likka rioya qilish hissini tarbiyalaydi. Наг qanday chizma aniq chizishni talab qiiadi. Standart talablariga rioya qilib chizilgan chizma o‘ziga xos san’at hisoblanib, kishilarda estetik zavq uyg'otadi.
Insonlar chizmalar yordamida bir-birlarining texnik fikrlarini anglashga harakat qiladilar, ularni birovga tushuntirmoqchi bo‘Iib, chizmalar chizishadi. Demak, har ikkala vaziyatda ham chizma insonlar orasida texnik fikrlarni anglashga vositachi rolini o‘ynar ekan. Hozirgi ishlab chiqarishda chizmalar bilan ishlash- ning asosiy uchta yo‘nalishini ta'kidlab o‘tish mumkin:
tayyor chizmalar asosicla detal, buyum va boshqalarni yasash.
Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to‘g‘ri o‘qish talab qilinadi;
tavyorlangan detal, buyum va boshqalarni asliga qarab eskiz- larini chizish. Bunda ilgari tayyorlangan chizmalar asosida yasalgan detal, buyum va boshqalarni tuzatish yoki birovning texnik fikriga o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keladi;
hali yaratilmagan detal, buyum va boshqalar chizmasini chizish. Bunda inson o‘zining fazoviy tasawur qilish qobiliyatini ishga solish bilan mutloq yangi ko‘rinishdagi mashinalarni yaratishga yoki bor narsalarga o‘zgartirish kiritishga intiladi. Insonning bu harakati yuqori malakali konstruktor bo‘lishni talab etadi.
Sanoatda har bir ishlab chiqariladigan detal, buyum va boshqalar chizmalar vositasida nazorat qilinadi. Detaining zagotovka holatidan tayyor mahsulot bo‘lgunga qadar davrida ,,chizma-detal“ yonma-yon bo'ladi.
Chizmachilik fanining maqsad va vazifalari. Ushbu o‘quv qo‘llanmani yozishdan asosiy maqsad, o‘z sohasini na^ariy va amaliy jihatdan mukammal bilgan malakali o‘qituvchilar tayyorlashga ko‘mak berishdir. 0‘quv qo'Uanmaning asosiy vazifasi konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYAT) da ko‘rsatiigan shartli belgilardan foydalanib, chizmani o‘qish va tuzish (chizish) uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni


3




egallashga, bo‘lajak o‘qituvchiga pedagogik amaliyot davrida zarur bo‘ladigan chizmachilik madaniyatini egallashga yordam berishdan iboratdir.
Fanni o‘zlashtirish natijasida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo’lish nazarda tutiladi:

  • chiziq turlari, o'lchamlar, masshtablar uchun belgilangan Davlat standarti talablarini;

  • geometrik yasash usullaridan erkin foydalanishni;

  • proeksiyalash usullarini;

  • kompleks chizma hosil qilish, asosiy ko‘rinishlarni to‘g‘ri joylashtirishni;

  • fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlay olish va ular orasida- gi munosabatlarni aniqlay olishni;

  • detal (buyum) ning to‘g‘ri burchakli proeksiyalarini to‘g‘ri tasvirlay olishni;

  • detaining aksonometrik proeksiyasini bajara olishni;

  • detaining eskizini, texnik rasmini va ishchi chizmasini bajara olishni;

  • yig‘ish chizmalarini o‘qish va ularni tuza olishni;

  • sxemalar va ularning turlarini o‘qiy olishni;

  • qurilish chizmalarini o‘qiy olishni.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling