MASHQLAR
4.53- chizmada berilgan detallarning ko‘rinishlaridan birini chizmachilik daftaringizga ko'chiring va pog‘onali qirqimni bajaring.
4.54- chizmadagi detal ko‘rinishlaridan birini chizmachilik daftaringizga ko‘chiring va siniq qirqimni bajaring.
Kesimlar. Kesim — narsaning shaklini unga perpendikular qilib o‘tkazilgan tekislik orqali aniqlash usuli. Bunda detal tekislik bilan kesilganda hosil bo'lgan yuza kesim deyiladi. Kesimlar standartga muvofiq bajarilib, shartli tasvir hisoblanadi. Kesimlardan ko‘proq val, o‘q, shatun kabi detallarning shaklini va ulardagi o‘yiq chuqurcha, bo‘rtiq kabilarning geometriyasini aniqlashda foydala- niladi. Detaining bunday elementlarining o‘qlari orqali detal o‘qiga perpendikular qilib kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Shunda detaining ko‘ndalang kesimi hosil bo‘ladi.
4.55- chizmadagi valning ko‘rinishini uning yaqqol tasviriga qarab o‘yiq, teshik va chuqurchalarini aniqlash mumkin. Agar valning yaqqol tasviri berilmagan bo‘lsa, ba’zi elementlarining
110
4.55- chizma.
shaklini, chuqurligini aniqlash qiyin bo‘ladi. Masalan, segment
shponka uchun o‘yilgan ariqchaning eni, chuqurligi, prizmatik
shponka uchun tayyorlangan ariqchaning shakli, detaining o‘ng
tomonidagi aylana bilan tasvirlangan qismining shakli noaniq. Ularga
kesimlar qo‘Uanilsa, hammasi ravshanlashadi (4.55- chizma, A-A,
Do'stlaringiz bilan baham: |