Turar joy binolari


Qariya va nogironlar uy-internatlari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Qariya va nogironlar uy-internatlari
4.8. Uy-internatlar sig‘imi, xonalar maydoni va tarkibi ijtimoiy ta’minot tashkilotlari topshirig‘i
bilan tahminan 50 dan to 200 — 300 o‘rinli (ijtimoiy-iqtisodiy asoslash bo‘yicha) qilib belgilanadi,.
Yashash xonalarini 1 va 2 o‘ringa loyihalash lozim, shu jumladan:
bir o‘rinli — maydoni 10 m , kreslo-aravachadagi nogiron uchun — 14 m ;
ikki o‘rinli — maydoni 16 m , kreslo-aravachadagi nogironlar uchun — 18 m .
Yashash xonalari yashash yacheykalariga (dahliz va sanitariya bo‘lmalari bilan) birlashtiriladi,
ular o‘z navbatida yashash guruhlar yoki bo‘limlarga jamlanadilar. Yashash yacheykasining sig‘imi 2
— 4 o‘rin hisobidan qabul qilinadi.
Izohlar:
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2


1. Doimiy parvarishga muhtoj va yotgulik (yotib qolgan) shaxslar yashash xonalarini ShNQ 2.08.02. bo‘yicha
davolash muassasalari kasalxona va statsionlarlari palatalari uchun me’yorlar bo‘yicha loyihalashtirish lozim.
2. Yashash xonalari qoshida dushi bilan sanitariya bo‘lmalari ko‘zda tutiladi; yashash guruhi (10 — 15 yashovchi)
hisobidan umumiy dush va vanna xonalari ko‘zda tutilishi mumkin.
4.9. Uy-internatlarda:
yashash guruhi yoki bo‘limlari umumiy maishiy xonalari;
butun bino hisobidan xizmat ko‘rsatish xonalari (oshxona va ovqatlanish, madaniy-maishiy va
tibbiy, xizmatchi — xo‘jalik, davolash — mehnat) ko‘zda tutilishi kerak.
Jamoat xonalari maydonlari loyihalash topshirig‘i bo‘yicha 1 yashovchiga 9-10 m hisobidan 
10-
ilovani
 hisobga olgan holda qabul qilinadi.
4.10. Boshi berk yo‘lakka chiquvchi xonalarning umumiy sig‘imi 30 kishidan oshmasligi kerak.
Qariyalar va kreslo — aravachada nogironi bor oilalar uchun ixtisoslashtirilgan kvartiralar
4.11. Qariyalar va kreslo-aravada nogironi bor oilalar uchun kvartirali uylarni amaldagi imtiyozli
ko‘chib kirish ijtimoiy me’yorlariga muvofiq loyihalashtirish kerak. Loyihalash topshirig‘i bo‘yicha
kvartiralar tipi, xonalar maydoni va tarkibi o‘rnatiladi.
Qariyalar va kreslo-aravachada nogironi bor oilalar kvartirasi xonalarini tahminiy tarkibi va
maydoni 
11-ilovada
keltirilgan.
4.12. Bir xonali kvartira yashash xonasining maydoni 16 m , 2 kishiga 18 — 20 m bo‘lishi kerak.
Ikki xonali kvartirada umumiy xona 16 m dan, kreslo-aravachada nogironli kvartirada 18 m dan
kam bo‘lmasligi kerak.
Yotoq xonalari maydoni: bita qariyaga — 10 m , bita nogironga — 14 m , ikki qariya er-xotinga
— 16 m , kreslo-aravachada nogiron er-xotinga — 18 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Oshxona 8 m dan, eni 1,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Nogironlar oilasi kvartirasi
oshxonasining eni 2,2 m dan kam bo‘lmay, oshxona yuzasi o‘rtasida aravacha harakatlanishi uchun
1,4 x 1,4 m li joy (zona) ko‘zda tutilishi kerak.
Kreslo-aravachada nogironli kvartira dahlizining eni 1,8 m dan, ichki yo‘laklar eni — 1,35 m dan,
eshiklar eni 0,9 m dan kam bo‘lmasligi kerak;
Nogironlar oilasi kvartirasida yozgi xonalarning eni 1,6 m, yuzasi 8 m dan kam bo‘lmasligi
kerak.
Kreslo-aravachada nogironi bor oilalar kvartirasi dahlizida kreslo-aravacha saqlanadigan joy
(0,9 x 1,5 m) ko‘zda tutilishi kerak.
4.13. Kvartiralar sanitariya-texnika jihozlari 
9.6-b
.ga muvofiq, hojatxona birlashtirilgan
sanitariya bo‘lmalari xonalari o‘lchamlari 
3.12-b
.ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Nogiron yotoq xonasi qoshidagi sanuzel kamida 2,2 x 2,2 m qilib loyihalanadi, jihozlari ShNQ
2.07.02 bo‘yicha qabul qilinadi, kirishlar yotoq xonasidan va ichki yo‘lakdan (yoki dahlizdan) ko‘zda
tutiladi.
4.14. Qariyalar va nogironlar oilalari uchun mo‘ljallangan kvartirali uylarda jamoat xizmat
ko‘rsatish xonalari loyihalash topshirig‘i bo‘yicha 1-yashovchiga 1,5 — 2,5 m hisobidan qabul qilinadi;
ichkariga qurilgan xizmat ko‘rsatish xonalarining tahminiy tarkibi 
12-ilovada
keltirilgan.
Izoh: Nogironlarni uyda yoki jamoat bo‘lib ishlashi uchun ustaxonalar loyihalash topshirig‘i bo‘yicha ko‘zda
tutiladi.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling