I. Nazariy savollar: Davlat etaloniga qaysi etalonlar kiradi


Download 1.48 Mb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1565672
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-laboratoriya ishi Raxmatov

ariza beruvchi — davlat sinovlarini o‘tkazishda manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
o‘lchash vositasining turi — bitta prinsipning o‘zida ishlashga asoslangan, bir xil konstruksiyaga ega bo‘lgan hamda bitta texnik hujjatning o‘zi bo‘yicha tayyorlangan, bitta maqsad uchun belgilangan o‘lchash vositalarining majmuiga beriladigan umumlashtirilgan ta’rif;
o‘lchash vositalarining namunasi — ma’lum cheklashlar bilan barcha jihatdan shu turga muvofiq bo‘lgan o‘lchash vositasining aniq nusxasi;
o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish — ushbu turdagi o‘lchash vositalarining bir yoki bir nechta namunalarida o‘tkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik o‘lchash vositalarining turini tasdiqlagan holda muvofiqlikni baholash to‘g‘risida hisobot berish tartib-taomili;
o‘lchash vositalarini sinash dasturi — o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish ishlarining hajmini, turlarini va ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
4. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doirada O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan tasdiqlangan turdagi o‘lchash vositalarini qo‘llashga ruxsat beriladi.
5. Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va O‘zbekiton Respublikasi hududida to‘p holida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan o‘lchash vositalari va zarur bo‘lganda, yagona nusxadagi o‘lchash vositalariga nisbatan (ariza beruvchining xohishiga ko‘ra) keyinchalik ularning turi tasdiqlangan va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turi reyestrga kiritilgan holda o‘lchash vositalarining davlat sinovlari o‘tkaziladi.
6. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
7. O‘lchash vositalarining davlat sinovlari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. O‘lchash vositalari davlat sinovlarining har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda bajariladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling