102 . “Dutorini sayratgan, Dilimizni yayratgan, Zebi opaga salo-o-m!” Ushbu xalq qo‘shig‘i qaysi hikoyada keltirilgan?
A) “Po‘st dumbali moshkichiri”
B) “Bozor"
C) “Oltin baldoq”
D) “O‘ris bolaning oyisi”
103 . Qissaning qaysi hikoyasida insonning Ona oldidagi burchi hech qachon to‘lab bo‘lmaydigan qarz ekani ta’sirchan ifodalangan?
A) “Alla”
B) “Oq marmar, qora marmar”
C) “Iltijo”
D) “Havas”
104 “Shishani zargarga berdim to‘tiyo bo'lgaymi deb,
Chin ko‘ngilni yorga berdim oshno bo‘lgaymi deb... ” Ushbu misralar qaysi hikoyada berilgan?
A) “Xo‘ja”
B) “Oy quyoshdan nur oladi”
C) “Pistachi”
D) “Usta”
105. “Dadam hammasiga oyim aybdordek yana tizzasiga mushtladi. - Hech kim unga unaqa qilasan, deb o'rgatgan emas! Bu ablahning o‘zi davlatni odamlarga yomon ko‘rsatib yuribdi. Shunga aqling yetadimi, yo‘qmi!”
Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?
A) “Xo'ja”
B) “Oy quyoshdan nur oladi”
C) “Pistachi”
D) “Usta”
106 .Qissasidagi qaysi hikoyada “Onajon, sizni toabad unutmaymiz”, “Onajon, qildingiz bizga jon fido, e-voh, taqdir sizdan ayladi judo”, “Onajon, xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi” degan iltijolar bayon qilingan?
A) “Alla”
B) “Oq marmar, qora marmar”
C) “Iltijo”
D) “Havas”
107 . “Bog’ aro-odab boraman, Gulshan aro-o-olab boraman... ” Ushbu qo‘shiqni aytadigan qahramon kim?
A) “Usta” hikoyasidagi Abdujabbor
B)“Usta” hikoyasidagi Xolposh xola
C) “Xo'ja” hikoyasida Zebi xola
D) “O’ris bolaning oyisi” hikoyasida Zebi xola
108 .“U chaqqonlik bilan ikkinchi Pallani yopdi-da, qovoqni suvga qo'yib yubordi. Suv yuzasida “og‘iz-burni”dan olov chiqarayotgan «kalla» qalqib- qalqib suzib ketdi. Jo‘raboshining niyatini endi tushundim”.
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida berilgan?
A) “Po'st dumbali moshkichiri”
B) “Bozor”
C) “Oltin baldoq”
D) “O'ris bolaning oyisi”
Do'stlaringiz bilan baham: |